CHALAXORDALILAR TIPI. Asosiy nerv stvoli ikkita – orqa va qorin tomonida joylashgan . Qorin nerv stvoli ancha kuchsiz rivojlangan bo`lib , faqat tanasining keying gavda qismida rivojlangan . Orqa nerv stvoli esa tanasining keying qismidan boshlanib , xartumga kirib boradi. Bu nerv stvoli tananing yoqacha qismida epiteliy yuzasida joylashgan , birmuncha ixtisoslashgan naysimon shakilda bo`ladi. Bunday nerv nayini umurtqali xayvonlarning orqa miyasi bilan qiyoslash mumkin. Bunday markaziy nerv sistemasi bilan bir qatorda terida juda ko`p nerv chigallariga xam bo`ladi.
XULOSA Xulosa qilib shuni aytish joizki: Umurtqasiz xayvonlarning nerv sistemalari avval oddiy tasirlanish ko`rinishida yuzaga kela boshlagan va ular asta sekin evolyutsiya jarayonida takomillashib brogan. Dastlab nerv xujayralari bo`shliqchililar tipi gidrazooalilar sinfida paydo bo`lib tanada tarqoq xolda joylashgan tashqi tasirlarga javob reaktsiyasini qaytargan .
Yassi chuvalchanglar tipida esa nerv xujayralari tananing oldingi bo`limida to`planinb nerv gangliylarini xosil qilgan va ulardan tananing barcha qisimlariga hervlar chiqib ortogon tipidagi nerv sistemasini xosil qilgan.
To`garak chuvalchanglar tipida markaziy nerv sistemasi xalqumni o`rab turgan nerv sistemasi , undan tana bo`ylab oldinga va orqaga ketadigan oltita nerv stvollaridan iborar. Shunday tarzda xar bir tipga mansub nerv sistemalari paydo bo`la boshlagan. Ayrim tiplarga xos sinflarda o`ziga xos nerv sistemalari xam shakillangan. Masalan
Maluskalar tipida qorinoyoqlilarda uch juft nerv tugunlari ish bajarsa ikki pallalilar sinfida besh juft nerv tugunlari tanadagi organlar ishini boshqarib turadi ,yanu xar bir sifga xos xususiy o`zgarishlar xam yuz bergan. Bo`g`im oyoqlilar va xasharotlar sinfida esa nerv sistemasi bir qanch murakkabliklarga uchragan bo`lib bosh xamda qorin nerv zanjiri tipidan iborat bo`lgan. Xasharotlarda boshmiyarli xosil bo`lgan ular uchta bosh segmentlari gangliylarining qo`shilishidan xosil bo`lgan.Hashorotlarning ayrim turlarida jumladan chumolilar., arilarda turli murakkab xati xarakatlar kuzatiladi.