Mavzu: Umurtqasiz hayvonlarning nerv sistemasining tuzilishi


Boshoyoqli molluskallar - Cephalopoda sinfi



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə8/14
tarix15.03.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#124119
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
umidjon zologiya

Boshoyoqli molluskallar - Cephalopoda sinfi
Nerv sistemasi. Boshoyoqlilarning markaziy nerv sistemasi juda murakkab tuzilgan. Nerv gangliylari birlashib, juda yirik halqum atrofi nerv massasini hosil qiladi. Birmuncha tuban boshoyoqlilarning markaziy nerv sistemasi uchta kaltanerv yoyini xosil qiladi. Nerv xujayralari esa yonbosh nervlilarniki kabi nerv yoylari ustida joylashgan. Boshoyoqlilarning ko‘zlari juda murakkabtuzilgan. Ko'zi pufak shaklida bo'lib, ko'z chuqurchasi ichida joylashgan. Ko‘z chuqurchasining orqa qismida to‘rsimon parda; oldingi qismida qorachiq, uning qarama-qarshisida ko‘z gavhari joylashgan. Boshoyoqlilarning ko‘zi gavharni to'r qavatiga yaqinlashtirilishi yoki undan uzoqlashuvi orqali akkomadatsiya qilinadi. Boshoyoqlilarning refleksi juda murakkab va xilma-xil bo'ladi. Ular avlodi to'g'risida g‘amxo‘rlik qiladi.
Asosiy qisim:
4.Qisqichbqasimonlar nerv sistemasi
Umumuy nerv sistemasi va sezgi org an la ri. Nerv sistemasi halqali chuvalchanglar singari bosh miyani hosil qiluvchi halqumosti nerv tugunlari va qorin nerv zanjiridan iborat. Har bir nerv tuguni tananing alohida bo‘limlarini boshqaradi. Masalan. halqumusti nerv tugunidan ko‘zlarga va mo‘ylovlarga, halqumosti nerv tugunidan ichki organlar va yurish oyoqlariga nervlar chiqadi. Qisqichbaqaning bosh qismidagi antenna va antennulalari sezgi va hid bilish organlar vazifasini bajaradi. Kalta mo‘ylovlar asosida muvozanat organi joylashgan. Boshi ikki yonida bir ju ft murakkab fasetkali ko'zlari bor. Bu ko'zlar juda ko'p mayda ko‘zchalardan iborat. Har bir ko'zcha buyumning faqat bir qismini ko'radi. Birgalikda buyumning yaxlit tasvirini hosil qiladi. Aksariyat bo’g’imoyoqlilar ko’ndalang-targ’il muskullari faoliyati tufayli juda ham harakatchan bo’ladi va faol usulda ozuqasini topadi. Bunday faollik ularning nerv sistemasi va sezuv organlarining rivojlanganlik darajasini ko’rsatadi.
Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarning nerv sistemasiga o’xshash bir juft halqum usti nerv tuguni (bosh miya), halqumni o’rab oluvchi konnektivalar va qorin nerv zanjiridan iborat. Bosh miya uch bo’limdan, ya’ni oldingi (protoserebrum), o’rta (deytoserebrum) va keyingi (tritoserebrum) bo’limlardan iborat. Bo`g`imoyoqlilar tipi jabra bilan nafas oluvchilar, traxeyalilar, xelitseralilar va trilobitasimonlr kenja tiplariga bo`linadi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin