H a sh a ro t la r — Insecta sinfi Xashorotlarning nerv sistemasi boshqa xamma bo`g`imoyoqlilarnikiga o`xshash qorin nerv zanjiri tipida tuzilgan. Markaziy nerv sistemasi xalqum usti nerv tugunlaridan xosil bo`lgan bosh miyadan , xalqumosti va qorin nerv xamda nerv tugunlaridan iborat.
Xashorotlarning bosh miyasi prototserebum , deytrotserebrum va tritotserebum deb ataladigan uchta bo`limdan iborat. Bosh miya uchta bosh segmentlari gangliylarining qo`shilishidan xosil bo`ladi.
Prototserebumning ikki yonida ko`zlarini boshqaradigan bir juft ko`rish bo`laklari joylashgan. Deytrotserebrum mo`ylavlarini idora qiladi. Uning ostki qismi maxsus xidlov bo`laklarini osil qiladi. Bosh miyaning uchinchi bo`limi tritotserebrumdan yuqori labga nervlar chiqadi. Xalqumosti nerv tuguni mandibula , maksilla va pstki lab bo`g`imlariga mos keluvchi uch juft gangliylarning birga qo`shilishidan xosil xosil bo`ladi. Undan yuqori va pastki lablarga uch juft nervlar chiqadi.
Xashororlarning murakkab xulq – atvori prototserebrumdagi zamburug`simon manabilan bog`liq. Bosh miyaning bu qismi jamoa bo`lib yashovchi arilar , termitlar va chumolilarga ayniqsa kuchli rivojlangan. Xatto bir turning xar xil tabaqalariga tegishli bo`lgan individlar bosh miyasining zamburug`simon o`simtasi turli darajada rivojlangan.Masalan. Xayotiy faoliyati xilma –xil va murakkab bo`lgan ishchi chumolilarda zamburug`simon tana boshqa individlarga nisbatan kuchli rivojlangan.(9-rasim) Qorin nerv zanjiri 3 ta ko`krak va 8 tagacha qorin nerv tugunlaridan iborat. Ko`pchilik xashorotlarda ayrim qorin nerv tugunlari birga qo`shilib ketganligi sababli ularning soni ancha qisqaradi. Bazan qorin va ko`krak gangliylari birga qo`shilib , yaxlit ko`krak nerv massasini xosil qilqdi, natijada qorin bo`limida faqat nervlarning o`zi saqlanib qoladi. Odatta lichenkalarning qorin nerv tugunlari soni voyaga yetgan xashorotlarga nisbatan ko`p bo`ladi. Masalan , asalari lichenkasida qorin nerv tuguni 10 ta , voyaga etganida esa 6 ta bo`ladi. Xasharotlar markaziy nerv sistemasining bosh va xalqumosti nerv markazlarida neyrosekretor xujayralar joylashgan. Xujayralarning neyrosekretor aksonlar orqali gemolimfaga oqib keladi. Rivojlanish , moddalar almashinishi, tullash jarayonlariga tasir ko`rsatadigan bezlar faoliyatini neyrosekretorlar idora qiladi. N e rv s istemasi va sezgi o rg a n la r i . Hasharotlarning nerv sistemasi umurtqasiz hayvonlar orasida eng yuqori darajada tuzilgan. Oliy darajada rivojlangan hasharotlarning bosh miyasi oldingi, o'rta va orqa bo'limlarga ajratiladi. Sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Ko‘rish organlari bir oddiy ko‘zchalar va bir ju f t fasetkali murakkab ko'zdan iborat. Oddiy ko‘zlar Yorug‘likni sezadi, lekin narsalarning tasvirini aniqlay olmaydi. Fasetkali ko‘zlar bir necha mingtagacha ommatidalardan iborat bo‘lib, mozaik ko'rish xususiyatiga ega. Nerv sistemasi boshqa bo'gimoyoqlilarnikiga o'xshash bo'lib, halqum atroti nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Boshdagi juda ko'p nerv hujayralari qo'shilib, bosh miyani hosil qiladi. Bosh miyadan hamma sezgi organlariga nervlar chiqadi. Murakkab fe'l-atvorga ega bo'lgan arilar va chumolilarning bosh miyasi va nerv tugunlari boshqa hasharotlarnikiga nisbatan kuchli rivojlangan. Hasharotlarning murakkab xulq-atvori va sezgi organlarining rivojlanganligi nerv sistemasi bilan bog'liq.