Havo xarorati._Havo haroratining nomaqbul ta’siridan foydalanidigan qurilish materiallarining fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari o‘zgaradi: gruntlarda (muzlash, qurib qolish); beton va qorishmalarda (bog‘lovchilarning gidratatsiya reaktsiyasi); yog‘och (qurib qolishi, tob tashlashi); ayrim polimerlarda, bo‘yoqlarda, bitum materiallarda, germetiklar, asbestosement buyumlarda (darz ketish va uvalanish xolatlarining ortishi) va boshqalar. Havoning yuqori (past) haroratlari va uning sutkadagi o‘zgarishi konstruksiyalarda deformatsiyalar paydo bo‘lishiga, birikish choklarining germetikligining buzilishiga, qurilish mashinalarining ish unumdorligi va ishonchli ishlashining pasayishiga olib keladi. Odamlarning ish qobiliyati 6...30% gacha kamayib, ochiq havoda bo‘lishi cheklanadi. Quyosh radiatsiyasi va insolyatsiya.Quruq-issiq iqlimli xududlarda qurilish konstruksiyalarining yuzasi 800gacha qizishi mumkin, bu ularda kimyoviy va struktura o‘zgarishlariga sabab bo‘lib, ularning eskirishini tezlashtiradi. Qurilish mashinalaridan foydalanishda qiyinchiliklar to‘g‘iladi. Qish kunlari quyosh gorizontdan past ko‘tarilishi sababli konstruksiyalarning vertikal va gorizontal yuzalari bir tekis yoritilmaydi va isimaydi. Quyosh radiatsiyasi va insolyatsiyasining haddan tashqari ortishi va kamayishi odamga noxush biologik ta’sir ko‘rsatib, uning ochiq havoda bo‘lish vaqtini chegaralaydi. Yog‘ingarchilik va havoning namligi.Quruq-issiq iqlim sharoitda uzoq muddat yog‘ingarchilik bo‘lmasligi natijasida gruntning ustki qatlamini qotib qolishi, yorilishi, changlarning paydo bo‘lishiga va ko‘payishiga olib kelib, yog‘ingarchilikning haddan tashqari ko‘p bo‘lishi natijasida gruntning namligi, deformatsiyasi (cho‘kishi, ko‘pchishi) ortadi. Yog‘ingarchilikning ziyod bo‘lishi qurilish ishlarini ochiq havoda olib borishga to‘sqinlik qilib, nol sikldagi ishlarni bajarishni qiyinlashtiradi. Qor qoplami qurilish maydonini,ish o‘rnini hamda materiallar va konstruksiyalarni qordan tozalash kabi qo‘shimcha ishlarni yuzaga keltiradi. Havo namligining past (quruq) bo‘lishi qurilish materiallari, konstruksiyalaridagi namlikni tez va notekis yo‘qolishiga olib kelib, bu ularda darzlar va tob tashlashlar paydo qiladi. SHu sababdan beton, suvoq, g‘isht terish va bo‘yoq kabi xo‘l ishlarni bajarish murakkablashadi. Havo namligining ortishi natijasida g‘ovak material va konstruksiyalarning teplotexnik xususiyatlari o‘zgaradi, ularda shishish va qayishish holatlari yuz beradi; metallarda zanglash tezlashadi. CHangsimon materiallarni saqlash qiyinlashadi. Havoning yuqori namligida sutkadagi haroratning keskin o‘zgarishi konstruksiya yuzasida va uning ichki qismida kondensat (terlash) hosil bo‘lishiga olib kelib, ularda namlikning ortishi natijasida, ularni quritish sarflari ortadi. Havo namligining sovuq xaroratda ortishi kondensatning muzlashga olib kelib, bu konstruksiyalarda ichki zo‘riqishlar hosil qiladi, bu esa konstruksiyalarning buzilishini tezlashtiradi. Quruq va o‘ta nam havo odamga noxush ta’sir etib - ortiqcha terlash, chanqash va charchash kabi holatlar ro‘y berib, bu odamning ish qobiliyatini 7 - 40% ga pasaytirishi mumkin.