N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi


Shamol tarzi (rejimi) va chang to‘zon



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə29/39
tarix18.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#132899
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
iiiiillllaa

Shamol tarzi (rejimi) va chang to‘zon. Nam iqlimli xududlarda shamol konstruksiyalarning qurishini tezlashtiradi.
Qurg‘oqchil xududlarda shamol gruntning ustki qatlamlarini yemirib, grunt zarrachalarni ko‘chirib chang-to‘zon ko‘taradi. SHamol ta’siridan ko‘tarilgan chang, grunt zarralari, qor qurilish maydonini, konstruksiyalar yuzasini, mashina uzellari, detallarini qoplaydi. Grunt, qor ko‘chkilarini oldini olishga, konstruksiyalar, transport kommunikatsiyasi yuzalarini tozalashga qo‘shimcha sarflar qilishga to‘g‘ri keladi. Kuchli shamollar qurilish mashinalaridan foydalanishni, ochiq havoda ishlarni bajarishni qiyinlashtiradi, konstruksiyalarni qo‘shimcha maxkamlashni talab etadi.
Grunt sharoitlari. Murakkab geologik va gidrogeologik sharoit gruntlarning fizik, mexanik tavsiflarini dastavval yaxshilashni, maxsus suvdan himoyalash choralarini olib borishni va chuqur joylashgan va yer osti bino va inshootlarni barpo etishning alohida usullarini qo‘llashni talab etadi. Bular qurilish ishlarini murakkablashtiradi, qurilish narxini va mehnat sarfini, ish davomiyligini oshiradi. Asos, poydevorlarni va injener kommunikatsiyalarini qurishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar bino va inshotlarning deformatsiyalarning jiddiy oshishiga, xatto ularning buzilishiga olib keladi.
Zilzilaviy (seysmik) faollik. Zilzilaviy faol xududlarda qurilish qo‘shimcha maxsus chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi: binoning “kub” shaklligini ta’minlash; devor va pardadevorlarda ochiq joylarni kamaytirish; binoning ustuvorligini oshirish maqsadida qo‘shimcha armaturalash va bog‘lovchilarni o‘rnatish; konstruksiyalar birikkan(tutashuv) choklari, tugunlarni nazoratini jiddiy kuchaytirish; bino va inshootlarni barpo etish jarayonida qo‘shimcha vaqtinchalik maxkamlash.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin