N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi


Ajratib-qayta o‘rnatiladiganmayda shchitli qolip



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə9/39
tarix18.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#132899
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
iiiiillllaa

Ajratib-qayta o‘rnatiladiganmayda shchitli qolip kichik o‘lchovli yuzasi 3 m gacha va massasi 50 kg gacha bo‘lgan elementlar to‘plamidan tashkil topadi, bu esa ularni qo‘lda o‘rnatish va qismlarga ajratish imkonini beradi. Qolip elementlardan yirik panellarni va bloklarni yig‘ish mumkin. Ularni qismlarga ajratmay kran yordamida montaj va demontaj qilish mumkin. Qolip unifikatsiyalashgan bo‘lib, turli xil doimiy, o‘zgaruvchan va qaytariluvchi o‘lchovlarga ega monolit konstruksiyalar uchun qo‘llanilishi mumkin. Unifikatsiyalashmagan kichik hajmdagi konstruksiyalarni betonlash uchun bu qolipni ishlatish juda ham maqsadga muvofiqdir.
Yirik shchitli qoliplar - biriktiruvchi elementlar va katta o‘lchamdagi shchitlardan tashkil topgan. Qolip shchitlari barcha texnologik og‘irliklarni qo‘shimcha ko‘taruvchi va ushlab turuvchi elementlar o‘rnatilmagan holda qabul qiladi. Bu qoliplar, uzun devorlarni, ora yopmalarni va tunnellarni betonlashda qo‘llaniladi. SHchit o‘lchami betonlanayotgan konstruksiya o‘lchamiga teng: devor uchun - xona balandligi va eni, ora yopma uchun - ora yopma uzunligi va eniga teng. Katta maydondagi yopmalarni betonlaganda, bir smena davomida betonni konstruksiyaga joylashtirish va zichlash mumkin bo‘lmasa, yopma xaritalarga bo‘linadi. Xaritani o‘lchamlari texnologik reglament asosida berilib, ularni chegara qismlarida keyingi xaritalar bilan yaxshi bog‘lanishi uchun yacheykasi 10x10 mm qalinligi 2...4 mm li metall to‘r o‘rnatiladi. Yirik shchitli qoliplarni devorlari va pardadevorlari monolit, ora yopmalari yig‘ma bo‘lgan binolarda qo‘llash tavsiya etiladi. Yig‘ma ajratib-ko‘chiriladigan yirik shchitli qoliplar ko‘ndalang kesim yuzasi o‘zgaruvchan konstruksiyalarni betonlashda ham qo‘llaniladi (siloslar, tutun quvurlari, gradirnyalar).
Blokli qolip - bu xajmdor-ko‘chiriladigan qolip, oraliq tom yopmasini barpo etmasdan bino yacheykasini konturi bo‘ylab, uchta yoki to‘rtta devorni bir vaqtni o‘zida barpo etishga mo‘ljallangandir. Qolip alohida bloklardan montaj qilinadi va ular orasidagi masofa barpo etiladigan devorlarni qalinligiga teng.
Ichki va tashqi devorlari monolit yuk ko‘taruvchi va yopmalari yig‘ma bo‘lgan binolarga kombinatsiyalashgan variant: tashqi devor yuzalariga - yirik shchitli qolip, ichki yuza va devorlar uchun - blokli, vertikal ko‘chiriladigan va chiqarib olinadigan qolip tavsiya etiladi.
Blok-forma fazoviy berk bloklardan tashkil topgan bo‘lib: bo‘laklarlarga bo‘linmaydigan va bikir, bo‘laklarga bo‘linadigan yoki suriladiganlarga (ochiladigan) bo‘linadi. Blok-formalar hajmi uncha katta bo‘lmagan berk konstruksiyalarni vertikal va gorizontal yuzalarni betonlash uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari - devorlarni hajmdor elementlarini, lift shaxtalarni, aloxida turuvchi poydevorlarni, ustunlarni betonlashda xam foydalaniladi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin