Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Korreksion faoliyat yo‘nalishlarining o‘zaro uyg‘unligi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

7. Korreksion faoliyat yo‘nalishlarining o‘zaro uyg‘unligi.
Mazkur
tamoyil 
ijtimoiy ahamiyatli omillarni yagona nuqtada birlashtirish, barcha imkoniyatlarni 
o‘quvchi xulqidagi nuqsonlarni bartaraf qilishga safarbar etish orqali pedagogik 
jarayonning samaradorligini oshiradi. Zero, korreksiyalash vaqtida o‘qituvchi 
o‘quvchilar jamoasi hamda ota-onalarning tarbiyaviy ta’sirini, jamoatchilik fikrini 
o‘zaro uyg‘unlashtiradi. Buning natijasida ulkan pedagogik ta’sir maydoni 
yaratiladiki, bu maydonda o‘quvchining xulqidagi nuqsonlarni samarali bartaraf 
etish mumkin bo‘ladi. 
Me’yordan xulqiy og‘ish nuqsonlari mavjud o‘quvchilar bilan ishlash 
muayyan bosqichlarda amalga oshiriladi. Ular (34-rasm). 
Shunday qilib, global axborotlashuv, marginallik (“marginalis” – chekkada 
turadigan; turli madaniyatlar qorishmasi)ning keskin rivojlanayotganligi, ijtimoiy 
tarmoqlardagi muloqotga nisbatan qat’iy ijtimoiy-axloqiy talablarning 
belgilanmaganligi, “ommaviy madaniyat” ta’sir ko‘lamining kengayishi umumiy 
o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari orasida me’yordan xulqiy og‘ish 
ko‘rinishlarining faol kuzatilishiga sabab bo‘lmoqda. Me’yordan xulqiy og‘ishning 
asosiy turlari (jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va pedagogik)ning xususiyatlarini 
o‘rganish, ularni tashxislash hamda korreksiyalash “Pedagogik diagnostika va 
korreksiya” fanining tadqiqot predmeti sanaladi. Korreksiyalash jarayonida ustuvor 
tamoyillarning aniqlanishi, pedagogik shartlarning inobatga olinishi kutilgan 
natijani qo‘lga kiritish imkonini beradi.
1-bosqich
4-bosqich
3-bosqich
2-bosqich
5-bosqich
Korreksion-rivojlantiruvchi tadbirlar 
(“Individual 
 
rivojlanish dasturi” asosida pedagogik tuzatishni amalga oshirish)
Asosiy b
osq
ichl
ar
 
Pedagogik tashxislash
(pedagogik kuzatish, anketa, test, ota-
onalar va o‘quvchi bilan suhbat asosida birlamchi tashxislash)

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin