Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

12.3-jadval
Benzinga qo‘shiladigan yuqori oktanli komponentlar 
Nomlanishi
Tajriba 
usulida 
oktan 
soni
Motor 
usulida
oktan 
soni 
Butan fraksiyasi
94 
89 
Izobutan fraksiyasi 
101 
97 
Izopentan fraksiyasi 
93 
90 
Pentamilyanovaya fraksiya 
90 
87 
Gazli benzin (30
0
C.....103
0
C) 
89 
86 
Izooktilen
100 
88 
Polimer benzin
100 
85 
Alkilat
92 
90 
Alkil benzin (alkilatning keng fraksiyasi) 
90-94 
88-92 
Toluol
115 
103 
Piro benzol 
102 
88 
Alkil benzol 
107 
100 
Texnik izooktan 
100 
100 
C
5
-C
6
fraksiyasi izomerlash mahsulotlari (izomerizat) 
81-87 
79-85 
Bu 
holni 
bazaviy 
benzinlarni 
aromatik 
uglevodorodlar 
bilan 
aralashtirganda hisobga olish kerak. Hozirgi vaqtda har xil markadagi tovar 
benzinlarini olishda quyidagi retseptlar qo‘llaniladi: 
Benzin A – 80. A-80 benzinini etillanmagan holda olishda uning tarkibi 
o‘zgartiriladi, ya’ni katalitik jarayonlardan olingan komponentlar miqdori 
oshiriladi yoki platforming benzinidan foydalaniladi. 
Benzin AI-93 - qattiq rejimdagi platforming benzini bazasida olinadi. 
Fraktsion tarkibiga qo‘yiladigan talabni bajarish uchun unga oz miqdorda
alkillash
 
va izomerlash mahsulotlari, to‘g‘ri haydalgan benzin fraksiyalari 
qo‘shiladi. 
AI-98 benzini. Etillanmagan AI-93 benziniga etil suyuqlini qo‘shish bilan 
AI-98 benzini olinadi. AI-98 benzinini etillanmagan holda olish uchun ko‘p 


161 
miqdorda alkilat, izomerizat va boshqa yuqori oktanli komponentlar kerak 
bo‘ladi. 
Fraktsion tarkibi va to‘yingan bug‘ bosimiga ko‘ra barcha avtomobil 
benzinlari yozgi va qishgiga bo‘linadi. Qishgi benzinlar 1 oktyabrdan 1 
aprelgacha bo‘lgan vaqtda shimol va shimoliy sharqiy o‘rta klimatik zonalarda 
ishlatishga mo‘ljallangan. Ular sovuq dvigatelni qizdirmasdan – 30
0
C gacha 
bo‘lgan haroratda o‘t oldirish xossasiga ega va ta’minlash sistemasida 30
0

haroratgacha gazli tiqinlar hosil qilmaydi. Yozgi benzinlar 1 apreldan 1 
oktyabrgacha bo‘lgan vaqtda janub va janubiy – g‘arbiy o‘rta klimatik zonalarda 
qo‘llanishga mo‘ljallangan. Yozgi benzinlardan foydalanganda havo harorati 45 
– 50
0
C dan oshgandagina ta’minlash sistemasida bug‘ tiqinlari hosil qilishi 
mumkin, sovuq dvigatelni -10 
0
C da o‘t oldirishi mumkin. Neftni qayta ishlash 
zavodlarida qishgi benzin navlarini tayyorlash uchun maxsus engil qaynovchi 
komponentlardan foydalaniladi (butan – butilen, gazli benzin, texnik izopentan). 
O‘t oldirish xususiyatini yaxshilash uchun benzinga butan aralashmasini 
qo‘shish yaxshi samara beradi, biroq bunda bug‘li tiqinlar hosil qilishi ortadi. 
Shuning uchun tovar benzinlarini tayyorlashda butanlarning miqdori 10% dan 
oshmasligi kerak. Qishgi tovar benzinlarga gazli benzinni qo‘shish uning o‘t 
oldirish xususiyatini texnik izopentanga nisbatan yaxshiroq samara beradi. 
Avtomobil benzinlarining barcha komponentlarining kislotaliligi odatda 0,1-
0,3 /10 mldan yuqori bo‘lmaydi. Bu tovar benzinlariga qo‘yilgan norma (3mg 
/100 ml) dan past hisoblanadi. Benzinlarni neft bazalarida uzoq saqlaganda 
ularni kislotaliligi ortadi, ammo ularni hatto uzoq saqlaganda ham ruxsat etilgan 
me’yordan oshmaydi. Tovar benzinlarning kislotaliligi ularga kislotali 
oksidlanishga qarshi qo`ndirmalarni (masalan daraxtdan olingan smolali
oksidlanishga qarshi) qo‘shganda ortadi. Korrozion agressivlik jihatdan 
benzinga fenolli oksidlanishga qarshi qo`ndirmalar qo‘shilganda kislotalilikni 
ortishi xavfli emas. Bu benzinlarning kislotaliligi saqlash vaqtida bir muncha 
pasayadi. Tovar benzinlarini induktsion vaqtini talab darajasigacha etkazish 
uchun termik va katalitik kreking komponentlarini oksidlanishga qarshi 


162 
qo`ndirmalar bilan barqarorlashtiriladi. Ular quyidagilar: 0,13% gacha daraxtli-
smolali oksidlanishga qarshi, FU-16 0,05% va p-oksidi fenilamin 0,01% 
yordamida. Yuqorida sanalgan oksidlanishga qarshi qo`ndirmalarni benzinga 
aromatik uglevodorodlardagi eritmalar ham kiritish kerak. Oksidlanishga qarshi 
qo`ndirmalarni benzinga kiritish ularni saqlash muddatlarini o‘zgartirish 
imkonini beradi. Benzin tarkibidagi oltingugurtning miqdori 0,1 – 0,05% dan 
oshmasligi 
kerak. 
Kelajakda 
tovar 
benzinlari 
tarkibida 
platforming 
komponentlari miqdori oshishi bilan oltingugurtning miqdori kamayishi 
kutiladi. 
Bu yoqilg‘ilar tovush tezligigacha va tovush tezligidan yuqori dvigatelar 
yoqilg‘ilariga bo‘linadi. Yoqilg‘ilarni bunday bo‘lish ularni foydalanishdagi 
harorat sharoitlarining farqiga bog‘liq, chunki bu dvigatellar har xil harorat 
sharoitlarida ishlaydi. Tovush tezligidan yuqori uchuvchi samolyotlarda yoqilg‘i 
samolyot konstruktsiyasining aerodinamik qizishi hisobiga qiziydi. Tovush 
tezligidan 2 marta ortiq tezlikda uchadigan samolyotlarda yoqilg‘i 150-180
0

gacha qizishi mumkin.
Hozirgi vaqtda tovush tezligigacha bo‘lgan aviatsiya uchun uch markada 
(T-1, TS-1 va RT) va tovush tezligidan yuqori bo‘lgan aviatsiya uchun ikki 
markada (T-8 va T-6) gi yoqilg‘i ishlab chiqariladi. 
T-1 yoqilg‘isi - kam oltingugurtli neftlardan olingan 150-280
0
C da 
qaynovchi kerosin fraksiyasi. Bunday neftlardan kristallanish harorati - 60
0

bo‘lgan va oxirgi qaynash harorati 280
0
C bo‘lgan yoqilg‘i olish mumkin. 
TS-1 yoqilg‘isi - oltingugurtli neftlardan olingan yoqilg‘i. T-1 
yoqilg‘isidan fraktsion tarkibining engilligi bilan farq qiladi. Oltingugurtli 
neftlar tarkibida, kam oltingugurtli neftlarga nisbatan parafin uglevodorodlari 
miqdori ko‘p bo‘ladi. Oltingugurtli neftlardan olingan yoqilg‘ini kristalanish 
haroratini -60 
0
C ga tushirish uchun fraksiyani oxirgi qaynash haroratini 250
0

qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
RT-yoqilg‘isini barcha neftlardan gidrotozalash jarayonini qo‘llangan 
holda olish mumkin. To‘g‘ri haydalgan va gidrotozalangan komponentlarni 


163 
aralashtirib ham olish mumkin. Yoqilg‘i yuqori termik barqarorligi, oltingugurt 
miqdorini kamligi va tarkibida ekspluatatsion xossalarini yaxshilovchi 
qo`ndirmalari borligi bilan ajralib turadi (12.4-jadval). 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin