168
XIII- BОB. KOKSLASH JARAYONI, ISITILMAYDIGAN
KAMERALARDA SEKIN-ASTA KOKSLASH JARAYONI
13.1.Kokslash jarayoni haqida umumiy tushuncha. Kokslash jarayonining
maqsadi. Isitilmaydigan kameralarda sekin-asta kokslash jarayoni
Og‘ir neft qoldiqlarini
krekinglashda qattiq koks, suyuq mahsulotlar va
uglevodorod gazlari hosil bo‘ladi. Kokslashni bir marta yoki suyuq mahsulotni
reaktsiya zonasiga qaytarish bilan amalga oshirish mumkin.
Bunda chiqadigan
gaz, koks va engil distillyatlar miqdori xom-ashyoga ko‘ra hisoblanganda ortadi.
Bosim ostida olib boriladigan termokreking jarayonidan kokslashni
farqi, termokrekingda hosil bo‘lgan og‘ir suyuq kreking – qoldiq tizimdan
chiqarilib
turiladi, kokslashda esa retsirkulyat sifatida reaktsiyaning eng og‘ir
mahsulotidan foydalaniladi. Sanoatda kokslash jarayoni 3 turga bo‘linadi:
davriy; yarim uzluksiz; uzluksiz.
Davriy kokslash jarayoni gorizontal ko‘rinishdagi uzunligi 10-12 m va
diametri 2-4,5 m gacha bo‘lgan kokslash kublarida o‘tkaziladi. Xom-ashyo
kubga yuklanadi va kub ostida joylashtirilgan forsunka moslamasi yordamida
asta-sekin qizdiriladi. Taxminan 300
0
C haroratli distillyat bug‘lari
aralashishi
boshlanadi, ular kondensatsiya va sovutish tizimiga tushadi. Kubni qizdirish
450
0
C dan yuqori issiqlik ta’sirida bug‘ fazada ajratish qisqaradi va to‘xtaydi.
Jarayon tugashi va kub tubida hosil bo‘lgan koksni toblash uchun tubdagi
harorat 700-750
0
C gacha ko‘tariladi va u 1-3 soat davomida saqlab turiladi.
Kubni sovutishdan so‘ng koks tushirish lyuki orqali chiqariladi.
Kubning ish
sikli 21dan 33gacha soatni tashkil etadi. Bitta tubdan 3-5 tonna koks olish
mumkin. Davriy kokslash jarayoni qurilmasining kamchiligi ishlab chiqarish
quvvati pastligi va ko‘p metall sarfini talab etadi.
Yarim uzluksiz kokslash jarayonlari keramik pechlar va qizdirilmaydigan
kokslash kameralarida o‘tkaziladi. Kokslash kublaridan
farqi quvurli pechda
169
ma’lum xom-ashyo to‘xtovsiz qizdirib turiladi. Kokslash mahsulotlari bug‘lari
rektifikatsion
kolonnaga
kiritiladi.
Kokslash
harorati
boshlanishida
maksimumga (maxsimum 1300
0
C) etadi, so‘ngra xom-ashyo koks qatlami hosil
bo‘lishga sarflanadi va kokslash harorati ancha pasayadi. Hosil qilinadigan koks
pirogini ruxsat etilgan qalinligi 130dan 200mm gachani tashkil etadi. Xom-
ashyo uzatish davomiyligi 2-2,5 soat
-1
. So‘ngra koks pirogi 1,5-2 soat davomida
quritiladi. Koks mexanik itargichlar yordamida bo‘shatiladi. Odatda
qo‘llaniladigan pechlar uzunligi 9m, eni 3m va balandligi 1,65m. Bunda koks
pirogi 4 tonna atrofidagi massaga ega bo‘ladi va xom-ashyoga nisbatan 15-
20%ni tashkil etadi. Kokslashning
asosiy xom-ashyolari, bular, kam
oltingugurtli atmosfera va vakuum qoldiqlari, slanetsli smola, og‘ir neftlar va
gilsonitlar hisoblanadi. Bu turdagi xom-ashyolar egiluvchan koks beradilar.
Dostları ilə paylaş: