O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə119/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Yuqish mexanizmi. A gepatit fekal-oral mexanizm bilan tarqaladi, bu
jarayon suv, oziq-ovqat va maishiy yo’llar bilan amalga oshadi. Ko’p hollarda suv
yo’li asosiy yuqish yo’li bo’lib xizmat qiladi. Suv omili doimiy yoki epizodik
tarzda ta’sir etib, o’tkir va surunkali suv epidemiyalariga (yoki epidemik
chaqnashlarga) sabab bo’ladi. Suv yo’lining yuqori faolligi Shu bilan izohlanadiki,
hatto vodoprovod bosh inshootlarida suvni tozalash va zararsizlantirish sanitariya
me’yorlari, qoidalariga rioya etilib bajarilganida ham A gepatitga nisbatan suvning
epidemiologik xavfsizligini kafolatlay olmaydi. Buning ustiga vodoprovod
tarmoqlari va markazlashmagan suv manbalarida sanitar-texnik holatning
qoniqarsizligi suvning doimiy ravishda ikkilamchi mikrob ifloslanishi xavfini
tug’dirib turadi. A gepatit tarqalishida suv yo’li bilan berilishining surunkali
faolligi etakchi rol o’ynaydi hamda bu hol aholi ichimlik suv bilan qoniqarsiz
ta’minlangan, oqava suvlarni va chiqindilarni zararsizlantirish yomon



162
tashkillashtirilgan hududlarda kasallikning endemikligini va kasallanishning yuqori


ko’rsatkichlarda bo’lishini ta’minlaydi. Suv ta’minotida, kanalizatsiya holatida,
kommunal qulayliklar darajasida jiddiy kamchiliklar mavjud bo’lgan Markaziy
Osiyo mintaqasida bu yaqqol namoyon bo’lmoqda. Suv tanqisligi va sifatining
pastligi A gepatit virusi berilishining maishiy yo’li faollashuviga ko’maklashadi.
Bu yo’l ayniqsa, shaxsiy gigiyena qoidalariga yetarlicha amal qilmaydigan bolalar
o’rtasida faoldir. Oziq-ovqat yo’li bilan zararlanish o’tkir va aksariyat hollarda
surunkali tusda amalga oshadi. Bu yo’l bilan yuqishda termik ishlov berilmaydigan
turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlari - meva-chevalar, sabzavotlar, ko’katlar, poliz
mahsulotlari, sharbatlar, non hamda konditerlik mahsulotlari va hokazolar
yuqtirish omillari bo’lib xizmat qilishadi. Bunda ovqatni tayyorlashda, meva-
sabzavotlarni, idishlarni yuvishda ishlatiladigan ifloslangan suv, ovqat
tayyorlashda qatnashayotgan zararlangan kishining qo’llari yuqtirishning oraliq
omillari bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Moyillik. A gepatitga aholi moyilligi umumiy. Og’rib o’tganlarda paydo
bo’luvchi immunitet umrbod saqlanib qoladi. Bu hol kasallik epidemik jarayoni
ko’rinishlari o’ziga xosligiga ta’sir etuvchi omillardan biridir.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin