173
MAVZU
17.
QIZAMIQNING
EPIDEMIOLOGIYASI,
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
1. Mashg’ulotning maqsadi: qizamiq kasalligida epidemik jarayonning
rivojlanish mexanizmini va namoyon bo’lishini tahlil qilish asosida epidemiologik
nazoratni tashkil etish.
2. O’qish joyi va vaqti: mashg’ulot epidemiologiya kafedrasida o’tkaziladi.
Amaliy mashg’ulot 6 soat, mustaqil ish 2 soat.
3. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishi kerak:
3.1. kasallikning umumiy tavsifi, tavsifiy ahamiyati
va aholining kasallanish
darajasini;
3.2. epidemik jarayon omillari va rivojlanish mexanizmini;
3.3. epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar
tizimini;
3.4. epidemiologik diagnoz va uning o’ziga xos xususiyatlarini;
3.5. epidemiologik nazoratni tashkil etishni.
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar:
4.1. epidemik jarayonning omillarini tahlil qila bilish;
4.2. epidemik jarayonni rivojlanish mexanizmini tahlil qila bilish;
4.3. epidemik jarayonni yuzaga chiqaruvchi omillarni
va shart-sharoitlarni
ocha bilish.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
5.1. kirish, mashg’ulotning maqsadini tuShunib olish;
5.2. talabalarda shu mavzu yuzasidan mavjud bo’lgan bazis bilimni aniqlash;
5.3. axborot uchun tavsiya etilgan materiallarni muhokama qilish;
5.4. qizamiq epidemiologiyasiga taalluqli savollarni muhokama qilish;
5.5. kasallikning epidemik avj olish xususiyatlarini o’rganish.
6. Talabalarning mustaqil ishi:
6.1. operativ epidemiologik tahlil bilan tanishish;
6.2. qizamiq profilaktikasining joriy yil uchun rejasi bilan tanishish;
6.3. buyruq va uslubiy qo’llanmalar bilan tanishish;
6.4. masalalar yechish.
Dostları ilə paylaş: