O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash


 BOZOR QIYMATIDAN FARQLANUVCHI BAZALAR



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə41/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

8.3. BOZOR QIYMATIDAN FARQLANUVCHI BAZALAR 
ASOSIDA HISOBOT TUZISH JARAYONIDAGI 
KO‘RSATMALAR
Baholashni amalga oshirishda va bozor qiymatidan farqlanuvchi
bazalar asosida hisobot tuzishda baholovchi quyidagi ko‘rsatmalarni
bajarishi
1
:
– noto‘g‘ri talqin etilishi ehtimollarini bartaraf etish, bozor
qiymatidan chetga chiqadigan barcha taxminlarning bayon etilishini
o‘z ichiga olgan holda, yanglishishga olib kelmaydigan shaklda
qiymat bahosi to‘g‘risida xabar berishi;
– qiymat hisob-kitobining baholashni amalga oshirish vazifasiga
muvofiq bo‘lgan ma’lumotlar va shart-sharoitlarga asoslanishini
kafolatlashi;
– qiymat hisob-kitobining maqbul uslub va jarayonlarga
asoslanishini kafolatlashi;
– hisobotni o‘qiydiganlar va unga suyanuvchilar undagi
ma’lumotlar, asoslar, tahlil va xulosalarni to‘liq tushunishlari uchun
yetarli ma’lumot taqdim etishi.
1
O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti «Bozor
qiymatidan farqlanuvchi baholash bazasi» (3-sonli MBMS). 2006-yil 14-iyun.



128
Baholovchi, agar qiymat bahosining bozor qiymatidan


farqlanuvchi bazaga asoslanganligi va u haqda hisobot tuzish
to‘g‘risida so‘z borayotgan bo‘lsa, u holda uni bozor qiymatining
ifodasi deb hisoblashga oqilona asoslarning yo‘qligini kafolatlashi
lozim.
8.4. BOZOR QIYMATIDAN FARQLANUVCHI BAHOLASH 
BAZALARINI QO‘LLASHNING IZOHIY GURUHLANISHI
Bozor qiymatidan farqlanuvchi baholash bazalarining
qo‘llanilishiga izoh beradigan bo‘lsak, uni uchta asosiy guruhga
ajratilgan holda ko‘rishimiz mumkin
1
:
birinchi guruhda qiymat o‘ziga xos tomonning aktivlarga
egalik qilishdan olinadigan foydani aks ettiradi. Ushbu qiymat
bunday tomon uchun o‘ziga xos hisoblanadi. Biroq ayrim hollarda
u aktivlarning sotilishidan olinishi muayyan bo‘lgan summaning
aynan o‘zi bo‘lishi mumkin, mazkur qiymat o‘z mohiyatiga ko‘ra
taxminiy ayirboshlashga majburiy jalb etilmaydigan aktivlarga
egalik qilishdan olinadigan foydani aks ettiradi;
ikkinchi guruhda qiymat aktivlarni ayirboshlash uchun ikki
o‘ziga xos tomon o‘rtasida oqilona kelishilgan narxdan iborat.
Tomonlar bog‘liq bo‘lmasliklari va erkin bitimda (kelishuvda)
muzokaralar olib borishlari mumkin, aktivning nisbatan keng bozorga
taklif etilishi majburiy emas, kelishilgan narx esa umumiy bozorni
emas, balki tomonlarni jalb etish uchun egalik qilishdan olingan
muayyan ustunliklarni (yoki noqulayliklarni) aks ettiradigan narx
bo‘lishi mumkin;
uchinchi guruhda qiymat nizom yoki shartnomada bayon
etilgan ta’rifga muvofiq belgilanadi.
Mazkur bozor qiymatidan farqlanuvchi baholash bazalariga
ko‘ra birinchi guruh «investitsiya qiymati» va «foydalanishdagi
1
O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti «Bozor
qiymatidan farqlanuvchi baholash bazasi» (3-sonli MBMS). 2006-yil 14-iyun.



129
qiymati»ni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi guruh esa «adolatli qiymat»


yoki «maxsus qiymat»ni o‘zida qamraydi.
Buning o‘ziga xos tomoni shundaki, qiymat va bozor qiymati
o‘rtasidagi farqlar xaridor yoki sotuvchilarni bozorga kirish
maqsadida rag‘batlantiradi.
Bozor qiymati – bu, odatda, talab etiladigan baza bo‘lsa-da,
biroq bozorni tahlil qilish va tushunish boshqa baholash bazalarini
ham talab qiladi.
«Adolatli qiymat»ni bozor qiymatidan farqlash lozim. U har bir
tomon mazkur bitimdan (kelishuvdan) oladigan tegishli ustunlik yoki
noqulayliklarni e’tiborga oluvchi ikki maxsus tomon uchun adolatli
hisoblangan narxning nominal bahosini talab etadi. Bozor qiymati
ushbu mezonlarga javob berishi mumkin bo‘lsa-da, ammo bu har
doim ham ro‘y berishi majburiy emas. Mazkur ikki tomonning
maxsus qo‘shma xatti-harakatlari ular o‘rtasida adolatli hisoblangan
narxning nisbatan keng bozordagi maqbul bo‘lishi mumkin bo‘lgan
narxdan yuqori ekanligini bildirganda, korporativ bitimlarda
(kelishuvlarda) majburiy choralar ko‘riladigan bo‘lsa, ko‘pincha
«adolatli qiymat» ishlatiladi. Boshqacha qilib aytganda, «maxsus
qiymat» olinishi mumkin. Bozor qiymati maxsus qiymatning ushbu
unsurining e’tiborga olinmasligini talab qilsa ham, lekin u «adolatli
qiymat»ning nominal bahosining bir qismi bo‘lib hisoblanadi.
Maxsus qiymat ikki manfaatlar summasiga qaraganda, agar ular
yakka sotilganda, yuqoriroq qiymatdagi aktivlarni yaratuvchi ikki
manfaatlarning birlashishidan hosil bo‘ladi. Qo‘shimcha aktiv yoki
aktivlarga ega maxsus tomonda aktivning jismoniy, funksional yoki
iqtisodiy xususiyatlari o‘ziga xos qiymatga ega bo‘lganda bu narsa
hosil bo‘lishi mumkin.
Umumiy foydalanishdagi bunday atamalarning namunalari
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin