ko’rsatkichlarini aniqlash maqsadida tajribalar ham o’tkaziladi. Shunda hisoblar va
tajribalar faqat statik bo’lib kolmay, balki dinamik ham bo’lishi kerak, ya’ni
ARТning muvozanat rejimda ishlashini tekshirish bilan bir qatorda o’tkinchi
jarayonlarni ham hisoblash va tajriba o’tkazib tekshirish lozim.
ARТning dinamik xossalarini o’rganish uchun unga kiruvchi barcha
elementlar dinamik xossalari nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. Elementlarni
bunday qarash dinamik bo’g’in yoki, oddiyroq aytganda, bo’g’in tushunchasiga
olib keladi. ARТning biror tenglama bilan ifodalanadigan qismi dinamik bo’g’in
deb ataladi. Fizikaviy elementlarning hammasi uncha ko’p bo’lmagan tipik
dinamik bo’g’inlar bilan almashtirilishi mumkin. Chiziqli bo’g’inlardagi va
tizimlardagi o’tkinchi jarayonlar chiziqli differensial tenglamalar bilan ifodalanadi.
Тizimning tenglamasi alohida bo’g’inlar tenglamasidan tashkil topadi.
Hozir chiziqli tizimlar va chiziqlantiriladigan tizimlarni tadqiq etish hamda
hisoblash usullari yetarli darajada to’liq ishlab chiqilgan; mazkur bobda ana shu
usullarga alohida e’tibor beriladi.
Dostları ilə paylaş: