O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə11/11
tarix23.10.2017
ölçüsü1,01 Mb.
#11877
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

МАЪЛУМОТНОМА

Полванов Собиржон Алимович


Туғилган йили: Туғилган жойи:

09.07.1985 Хоразм вилояти,Хонқа тумани



Миллати: Партиявийлиги:

ўзбек партиясиз



Маълумоти: Тамомлаган:

олий (магистр) 2008 йил Урганч давлат университети(кундизги)



Маълумоти бўйича мутахассислиги: агрономия магистри

Илмий даражаси: Илмий унвони:

йўқ йук



Қайси чет тилларини билади: Агрономия

рус тили


Давлат мукофотлари билан тақдирланганми(қанақа, санаси):

йўқ


Халқ депутатими, республика, вилоят, шаҳар ва туман Кенгаши депутатими ёки бошқа сайланадиган органлар аъзосими: (тўлиқ кўрсатилиши лозим)

йўқ
МЕҲНАТ ФАОЛИЯТИ


2002-2008 йй. - Урганч давлат университети талабаси

2009-2012 йй. - Урганч туман «Ғойбу» қишлоқ хўжалик касб-ҳунар коллежида ишлаб

чиқариш таълим устаси.

2012-дан ҳ.в. –Урганч Давлат университетида асистент ўқитувчи



A N N O T A TS I Ya.
Ma’ruza matnida “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” fanining tarixi, kelib chiqishi va uning inson uchun ahamiyati keltirilgan. Xayotiy faoliyat fanining diqqat markazida qo’yilgan maqsad bu insonni jamiyat taraqqiyotidagi roli.

Ma’ruzalar matnida to’qimachilik, paxta-ipak ishlab chiqarish jarayonida, yengil sanoatda mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli bilan. Xayotiy faoliyat xavfsizligi - bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Insonning hamma aktiv harakati - mehnat jarayonida, dam olishda, uyda hamda sportdagi faoliyatini tashkil qiladi.

Unda mehnat muhofazasiga qisqacha kirish, mehnat qonunchiligi, mehnat gigienasi va sanoat sanitariyasi, tsexlarini yoritish, shovqin va titrash, elektr havfsizligi, og’ir ko’p mehnatni mexanizatsiyalash, korxona xududini obodlantirish, yong’in havfsizligini tahminlash va boshqa dolzarb muammolar o’rganiladi.

Ma’ruzalar matni oliy texnik o’quv yurtlari bakalavrlari mo’ljallangan bo’lib, unda mustaqil, bitiruv ishlarini bajarish uchun bo’ladigan muhlumotlar berilgan.

«O’zbekiston Respublikasi inson xukuklari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning mahnaviy yangilanishi, ijtimoiy yunaltirilgan bozor iktisodiyotini shakllantirishni, jaxon xamjamiyatiga kushilishni tahminlaydigan demokratik xukukiy davlat va ochik fukarolik jamiyati kurmokda».Albatta, bunday jamiyatda insonning xayot xavfsizligini, uning manfaatlarini ximoyasi va insonning xayot xavfsizligini, uning manfaatlarini ximoyasi va insonning mexnat jarayonidagi xavfsizligi, sixat-salomatligi va ish kobiliyati saklanishining tahminlanishi bosh vazifa kilib belgilanadi.

Ma’lumki, inson dunyoga kelar ekan yaxshi yashashni, uzining mahnaviy, moddiy va ijtimoiy extiyojlarini mumkin kadar tulikrok kondirishni xoxlaydi. Mexnat, sof va xalol mexnat ushbu maksadni amalga oshiruvchi asosiy vosita xisoblanadi. Bu yerda uz-uzidan shunday savol tugiladi:

- «Inson yashashi uchun ishlashi kerakmi yoki ishlash uchun yashash kerakmi?» Albatta, xech bir inson mexnat tufayli baxtsiz xodisaga yulikishni, jaroxatlanishni, kasallanishni, kolaversa, xayotdan kuz yumishni istamaydi. Vaxolanki, insonning mexnat faoliyati davrida yuzaga keladigan turli xil kurinishdagi xavfli va zararli omillar uning xayotiga, sogligiga, ish kobiliyatiga tahsir etishi xamda baxtsiz xodisalarni keltirib chiqarishi mumkin. SHu sababli xam, bir mutaxassis kolaversa xar bir ishchi va fukaro xayotdagi, ishlab chiqarish jarayonidagi barcha xavfli va zararli faktorlarni bilishi, ularning kelib chikish sabablarini urganishi, ushbu sabablarni bartaraf etish kobiliyatiga ega bulishi zarur.

Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy vazifasi aynan ushbu masalalar yechimiga karatilgandir.

Ushbu ukuv kullanma fan buyicha davlat tahlim standarti va namunaviy dastur asosida tayyorlangan bulib,unda mexnatning muxofaza kilishning nazariy, xukukiy va tashkiliy asoslari, mexnatni muxofaza kilish buyicha davlat siysati, ishlab chiqarish sharoitidagi sanitar-gigienik talablar, xavfsizlik texnikasi asoslari, yengil xavfsizligi xamda ishlab chiqarishda jaroxatlanganlarga birinchi tibbiy yordam kursatish kabi masalalar yoritilgan.

TAYACH KONSPEKT.

Mavzu: ELEKTR XAVFSIZLIGI ASOSLARI. ELEKTR XAVFSIZLIGI. ELEKTR SHIKASTLANISH.

1. Elektr tokining tahsiri turlari.

Xozirgi paytda insoniyat hayotini toksiz tasavvur qilish juda qiyin. U ishlab chiqarishda, transportda, maishiy hayotda va hayotning barcha jabxalarida keng qo’llaniladi. SHu bilan birga elektr toki tufayli jarohatlanish xavfi ham osha bormoqda.

O’.z. Respublika va dunyo olimlarining tadqiqot qilishlaricha, elektr bilan jarohatlanishda quyidagi faktorlar tahsir qilar ekan: tok kuchi, kuchlanish, tukning turi va chastotasi, tokning tanadan o’tish yo’li, tokning tahsir qilish vaqti hamda odam tanasining shaxsiy xususiyatlari.

Tok kuchi. Odam tanasidan o’tayotgan tok kuchi qiymati elektr toki bilan jarohatlanishda hal qiluvchi rolg’ o’ynaydi. Quyidagi A - jadvalda tok kuchi qiymatlari va ularning organizmga reaktsiyasi keltirilgan.


* - yurak fibrillyatsiyasining chegarasi.

Kishi tanasidan o’tayotgan tok qiymati.



bu yerda: Rodam - odam tanasining qarshiligi, Om;

Uzanjir - zanjirdagi kuchlanish, V.

Kuchlanish.

Agar xavfli deb kishi o’zi ajrala olish tokini hisoblasak, unda xavfli kuchlanish, 40 dan 200 V gacha, ayniqsa, 40 dan 100 V gacha diapazonda hisoblanadi.

Xavfsiz kuchlanish miqdori quruq xonalar uchun 40 V gacha, nam xonalar uchun 12 V gacha. SHuning uchun barcha tok bilan ishlaydigan qo’l asboblari 36 V ga mo’ljallangan bo’ladi. Tokli sim uzilib yerga teshganda yoki biro bir tok mavjud uskunadan tok yerga o’tib ketganda, shu atrofda 15-20 m masofada yerda tokli maydon hosil bo’ladi. SHu maydonga kirib qolgan kishi oyoqlari orasida qadam kuchlanishi (0,8m) paydo bo’ladi, bu esa xavfli.

Tokning turi va chastotasi.

Ishlab chiqarish chastotasidagi (50 Gts) o’zgaruvchan tok kishining asab sistemasiga kuchli tahsir ko’rsatadi va mushaklarni qisqartiradi. SHuning uchun kishi tokli qismlarga tegib ketsa (tok kuchi chastotaning ortishi bilan tokning xavfli tahsiri kamayib boradi. Lekin bu pasayish 1000 Gts gacha davom etadi. CHastotasi 50 Gts va 500 Gts bo’lgan tok bir xil xavlidir.

Tokning yo’li.

Bunda elektr tokining kishi tanasidan o’tish yo’li tushuniladi. Bu jarohatlanishda muhim rolg’ o’ynaydi. Organizmda tokning o’tish yo’li quyidagicha bo’lish mumkin:

Qo’ldan qo’lga. Qo’ldan oyoqqa. Oyoqdan oyoqqa.

Tok tanadan eng qisqa yo’l bilan o’tadi degan fikr noto’g’ridir. Har xil ahzolarning tokka qarshiligi har xildir. Bunda eng muhimi umumiy tokning necha foizi yurakdan o’tishidadir. Masalan: qo’ldan qo’lga o’tganda yurakdan 3,3%; chap qo’ldan oyoqqa o’tganda yurakdan 3,7%; o’ng qo’ldan yuyoqqa o’tganda yurakdan 6,7%; oyoqdan-oyoqq o’tganda yurakdan 0,4; tok o’tadi.

Tokning tahsir qilish vaqti.

Bu faktor ham tok orqali jarohatlanishdagi muhim faktorlardan hisoblanadi. Tok urish vaqti qancha katta bo’lsa, uning xavfi tahsiri ham shuncha katta bo’ladi. Amaliyotda kishi tanasiga tokning tahsiri 0,001 dan 2 sek. bo’lgan vaqtda ko’proq jarohat kuzatilgan.

Tok bilan jarohatlangan kishilarga dastlabki bir minut ichida yordam berganlarning 90% gacha saqlab qolishgan. Tokning tahsir vaqti uzaygan sari organizmning qarshiligi keskin kamayadi. Masalan 30 sek. dan keyin qarshilik 25% ga, 90 sek. dan keyin esa 70% ga kamayadi. Bu, tok tahsiriga tushib qolgan kishiga zudlik bilan yordam berish kerakligidan darak beradi.

Yurak fibrillyatsiyasi.

Odatda yurak bir minut davomida 60-80 marta qisqarib kengayib turadi, yahni taqriban har bir zarba bir sekundga to’g’ri keladi. SHu vaqt ichida yurak mushaklari ham taranglashgan va bo’shashgan holatda bo’ladi. Bu vaqtni tsikl deb ataladi. Bu tsikl davomida yurak mushaklari 0,1 s davomida bo’shashgan holatda bo’ladi. Bu esa faza deb ataladi. Agar tokning urish vaqti fazaga to’g’ri kelib qolsa yurak fibrillyatsiyasi deb atalgan hodisa ro’y beradi, yahni yurak urishdan to’xtab qoladi. Bu esa juda xavfli. Bunday hollarda vrachlar defibrillyator degan asbob bilan katta tok yordamida yurakni yana ishlatib yuboradilar.

Odam tanasining shaxsiy xususiyatlari.

Elektr toki bilan jarohatlanishda kishi organizmining fizik va psixik holatlari muhim rolg’ o’ynaydi. Ayniqsa yurak va oshqozon tuberkulez va asab kasalliklari bilan oQrigan kishilarga tokning tahsiri juda kuchlidir. SHuning uchun elektr toki bilan ishlaydigan ishlarga shu kasalliklari bor odamlar olinmaydi.

Xonaning xususiyati.

Elektr toki urishi xavfi mavjud barcha xonalar uch gruppaga bo’linadi:

1. Unchalik xavfli bo’lmagan - quruq, isitiladigan, juda ham issiq bo’lmagan (t=15-250S), tok o’tkazmaydigan changlar ajratib chiqaruvchi xonalar.

2. Yuqori xavfli nam, quruq, lekin isitilmaydigan va tok o’tkazuvchi changlarni ko’p miqdordp ajratib chiqaruvchi, odamlarni terlatadigan darajada issiq xonalar.

3. O’ta xavfli - juda nam xonalar, ularda devorlar, ship, pol va unda joylashgan barcha narsalarning ustki qismi bilan qoplangan, havo, bug’, o’tkir gaz va bug’lar bilan to’yingan va sh.o’. xonalar.


2.Elektr toki urganda dastlabki yordam.

Agar biror kishini elektr toki ursa, bir sekund ham ketkazmay, zudlik bilan uni tok tahsiridan ajratib olish kerak. Uni quruq va tekis yerga osmonga qaratib yotqizish kerak. Nafas olmayotgan va yuragi ishlamayotgan bo’lsa, yonga sunhiy nafas berish va yuragini massaj qilish kerak. Zudlik bilan vrachga xabar berish kerak.

Sunhiy nafas berish to vrach kelgunga qadar uzluksiz olib boriladi. Buning usullari ko’p, lekin eng samaralilari: oQizdan oQizga va oQizdan burunga. Bunda yuborilayotgan havo o’pkaga to’la yetib borishi uchun jabrlanuvchi tagiga kiyimlarni buklab yoki biror boshqa narsa to’shaladi. Bunda bosh biroz pasayib, daxan ko’tariladi va nafas yo’llari to’g’rilanadi.

Yurakni sunhiy massaj qilish uchun ko’krak qafasining dastlabki pastki qismida, oxirgi qobiQalarning uchrashgan nuqtasidan ikki enlik yuqoriroqqa o’ng qo’l panjasini va uning ustiga chap qo’l panjasini qo’yib 2-3 marta qattiq bosiladi, 2-3 marta nafas yuborib yana 2-3 marta qattiq bosiladi va h.k. shu yo’sinda to vrachlar kelgtsncha davom ettirilaveradi.



3. Elektr tokidan jarohatlanishning oldini olish.

Elektr tokidan jarohatlanishning oldini olish uchun profilaktik tadbirlar muhim rolg’ o’ynaydi. Bular quyidashilardir.

1. Tok yuruvchi qismlarni ishonchli ixotalash.

2. Tok yuruvchi qismlarni to’sish.

3. O’imoyalash maqsadida yerga ulash.

4. O’imoyalash maqsadida uzib qo’yish.

O’imoyalovchi yerga ulash - mashinaning tok yurmaydigan, lekin tasodifan kuchlanish ostida bo’lib qolishi mumkin bo’lgan qismlarini yerga o’tkazgich orqali ulab qo’yishga tushuniladi. Bunda tok ostida bo’lib qolgan mashina qismlaridan tok qarshiligi kam bo’lgan yerga o’tib ketadi.

O’imoyalash uchun nolg’ simiga ulash.

Bunda avvaldan yerga ulab qo’yilgan nolg’ simiga mashinalarning tok yurmaydigan qismlari o’tkazgich orqali ulanadi.

Sabablari: Mahlumki, tuproq har turlidir, qumloq, soQ tuproq, nam, quruq, toshloq, granitli va h.k. Albatta ularning qarshiligi har xil. SHuning uchun qarshiligi katta bo’lgan yerlarda bir yerdan (masalan transformatorda) nolg’ simni yerga ulab boshqa barcha mashinalarni shu nolg’ simiga ulash qulayroqdir.


O’imoyalash uchun uzib qo’yish.

Elektr uskunalarida kishini tok urish xavfi paydo bo’lganda avtomatik ravishda o’chirib qo’yish sistemasidir.


4. O’imoya vositalari va asboblari.

Elektr uskunalarini boshqaruvchi ishchini elektr toki urishdan himoya qilish uchun quyidagi vositalar va asboblar qo’llanadi.

1. Ixotalovchi - kishini tok o’tayotgan qismlardan to’sadi, ixotalaydi. Masalan, dielektrik qo’lqoplar, kalishlar, botilar, rezina gilamlar, poyondozlar, tagliklar, shtanga va qisqichlar, dastdagi tok o’tkazmaydigan qilib ishlangan asboblar.

2. Kuchlanish ko’rsatkichlar.

3. Ko’chma va vaqtinchalik yerga ulovchilar, to’sqichlar va ogohlantiruvchi plakatlar.

4.O’imoyalovchi vositalar: ko’zoynaklar, gazniqoblar, raspiratorlar va h.k.

5. Balandda ishlash mo’ljallangan moslamalar, stremyanka narvonlar, monterlar tirnoqlari (oyoqqa boQlab stolbga chiqadigan asbob), monter kamarlari va h.k.
5. Yashin qaytargichlar.

Atmosferada uchraydigan kuchli momaqaldiroq razryadlari - yashindan yerdagi obhektlarni saqlash maqsadida yashin qaytargichlar qo’llanadi.

Ular uch turli bo’ladi:

1. Sterjenli. 2. Trosli yoki antenna ko’rinishda. 3. To’rli.

To’qimachilik korxonalarida ko’pincha sterjenli yashinqaytargich-lar qo’llanadi.
6. Elektrostatik zaryadlardan saqlanish.

Mahlumki, elektrostatik zaryadlar dielektrik moddalarning ishqalanishi natijasida paydo bo’ladi. Paxta tolalari mashina qismlaridan o’tayotganda o’zaro hamda metall qismlariga ishqalanib zaryadlanadi. Tadqiqotlar terish mashinadan chiqayotgan mahsulot - prochesning 110-1600 V gacha zaryadlanishi va musbat belgiga ega bo’lishini ko’rsatadi. Zarayadlangan tolalar to’qimachilik sanoati texnologik jarayonlarda ko’pgina noqulayliklar keltirib chiqarishi mahlum. Masalan, tsexda changni ko’paytiradi, uzilish ko’payadi, notekislik ortadi, mahsulot bir tekis to’qilmaydi va h.k.

SHu bilan birga kishi salomatligiga, uning normal ishlashiga ham monelik qiladi. Kam miqdordagi toklar kishi organizmiga uzoq vao’t tahsir qilsa zararlidir. Bu hollarda kishining asab sistemasi shunchalik ishdan chiqadiki, u o’z vazifasini bajarolmay qoladi. Doimo zaryadlangan mahsulot bilan ishlagan ishchilarda bunday asab buzilishlari organizmning umumiy holatiga ham salbiy tahsir qilishi kuzatiladi. Sunhiy tolalardan to’qilgan po’stin - 20000 V gacha, poyondozlar 15000-20000 V gacha zaryadlanishi mahlum.

Elektrostatik zaryadlarni kamaytirish usullari.

1. Xom ashyo va mahsulotlarning tarkibiga antistatik moddalar qo’shish yoki ularga shu moddalar bilan ishlov berish.

2. Mashinalarning metall qismlarini yerga ulash.



3. Havodagi manfiy ionlar sonini ko’paytirish (namlikni oshirish).
Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin