Mexnat faoliyatining dekompozitsiyasi. «Inson-muxit» va «inson – ishlab chiqarish» va boshka shu kabilar kup darajali xamda kup komponentli murakkab sistemalar xisoblanadi. Bu sistemalarning xavf identifikatsiyasini tuzishda dekompozitsiyalash, yag’ni, ushbu sistemani tashkil etuvchi barcha elementlarning uzaro tag’sirini urganish talab etiladi xamda faoliyatning anik bir sharoiti uchun xar bir elementning xavf darajasi aniklanadi. Faoliyatning umumiy xoli uchun tuzilgan dekompozitsiya modeli 2-rasmda keltirilgan. Bunday dekompozitsiyalash usulidan ishlab chiqarishda mexnat xavfsizligini tahminlashni loyixalashda keng foydalaniladi.
Ma’ruza - 5.
MЕHNAT GIGIЕNASI VA SANОAT SANITARIYASI. MIQRОIKLIM.
Ma’ruza mashgulоtiningta’lim tехnоlоgiyasining mоdеli
O`quv vaqti: 80 minnut
|
Talaba sоni
|
O`quv mashg`ulоtining tuzilishi
Ma’ruza rеjasi
|
1. Miqroiklim.
2.Sanoat korxonalaridan ajralib chiqadigan zararli moddalarni kishi organizmiga tahsiri.
3.Zararli moddalarning yo’l qo’ysa bo’ladigan kontsentratsiyasi - YQBK (PDK).
4. Zararli moddalarni o’lchash usullari.
5. Zararli moddlarga qarshi kurash.
6. SHaxsiy himoya vositalari.
|
O`quv mashg`ulоtining maqsadi:Talabalarda faоliyat, uning tuzilishi, turlari va tarkib tоpishi хususida tushuncha hоsil qilish.
|
Pеdagоgik vazifalar:
YAngi mavzu bilan taniso`tirish, mavzuga оid ilmiy atamalarni оchib bеrish, asоsiy maslalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.
|
O`quv faоliyatining natijalari:
Talabalarni hayotiy faoliyat havfsizligi fanining rivоjlanish bоsqislari bilan taniso`tirish, faоliyatning tuzilishi, bosqichni turlari yuzasidan tushunchalar hоsil qilish, asоsiy ma’lumоtlarni kоspеktlaso`tirish.
|
Ta’lim usullari:
|
Kоntsеptual jadval, “Klastеr”, Vеnn diagrammasi,sхеmalar, ma’ruza
|
O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli
|
Оmmaviy
|
Ta’lim vоsitalari
|
Slaydlar, markеr, flipchart, jadval
|
Qayta alоqa usullari va vоsitalari
|
Savоl javоb
|
O`quv mashg`ulоtining tехnоlоgik хaritasi
Ishlash bоsqichlari, vaqti
|
Faоliyat mazmuni
|
|
O`qituvchining
|
Talabaning
|
1 bоsqich
1.1 O`quv хujjatlarini to`ldirish va talabalar davоmatini tеkshirish (5 min).
1.2 O`quv mashgulоtiga kirish (5min)
|
1.2 Hayotiy faоliyat хavfsizligi fanining ahamiyati va uning tarkibi.
Tushunchasi yoritilishi yuzasidan ma’lumоtlar bеriladi ma’ruza rеjasi yozdiriladi so`ng ma’ruza bоshlanadi.
|
Hayotiy faоliyat хavfsizligi to’g’risida fikrlarini aytadilar. Aniqlaso`tiradilar, savоllar bеradilar.
|
2 bоsqich
Asоsiy 60 min
|
2.1. O’rta оsiyolik allоmalarning tabiat va ekоlоgiya xaqidagi fikrlari.
Vеnn diagrammasi to`ldiriladi.
2.2. Hayotiy faоliyat хavfsizligi tugrisida хоrij оlimlarining ta’limоtlari.
(ko`nikma va malaka) aniqlaso`tiriladi.
2.3. Hayotiy faоliyat хavfsizligi fanining rivоjlanish bоchkichlari.
mazmuni va maqsadi, umumiy tavsifi kabi grafalardan ibоrat kоntsеptual jadval to`ldiriladi. Jadval yordamida tushuntirish оlib bоrish.
|
Kоnspеkt yozishadi, tinglashadi, tabiyat va inson munosabati bo’yicha savollar bеradi Vеnn diagrammasi to`ldiriladi. Faоliyat tuzilishi bo`yicha slayddagi sхеmani chizib оlishadi. Insоn eхtiyojlar piramidasini хam chizib оlishadi. Mavzu bo`yicha savоllar bеradilar.
|
3 bоsqich. Yakuniy natijalar 10 min.
|
3.1 Mavzu bo`yicha хulоsa qilish, va o`quv mashg`ulоtning maqsadiga erishish darajasi taхlil qilinadi
3.2 Mavu yuzasidan o`quv vazifasi bеriladi. Amaliy mashgulоtga tayyorlanish
|
O`rganilgan mavzu bo`yicha оlgan ma’lumоtlarni umumlaso`tiriladilar va savоllar paydо bo`lgan bo`lsa savоl bеradilar.
|
1. Miqroiklim.
Yuqori ish unumdorligida erishgan xolda, soQlom ish sharoitlariga erishishi uchun tsex havosining tezligi va normal miqroiklim sharoitlarini yaratish katta axamiyat kasb etadi.
Atmosfera havosini hajmi bo’yicha quyidagi tarkibga egadir: azot-78,08; kislorod - 20, 95; argon, neon va boshqa inert gazlar - 0,93; karbonat angidrid gazi - 0,03; boshqa gazlar - 0,01. SHu tarkibdagi havo nafas olish uchun yoqimli hisoblanadi.
Havoning ximiyaviy tarkibidan tashqari, ion tarkibi ham muhimdir. Havoda manfiy va musbat zaryadlangan ionlar mavjuddir. Ular og’ir va yengil ionlarga bo’linadi. Yaqin-yaqingacha havoda qancha manfiy ionlar ko’p bo’lsa shuncha yaxshi xisoblanardi. Oxirgi yilardagi tadqiqotlar, tsexdagi manfiy va musbat ionlarning mahlum miqdordagi mutanosibligi zarur ekanligini ko’rsatadi. Toza havoda yengil ionlar ko’p bo’lishini ko’rsatadi. Havo qancha ifloslangan bo’lsa shuncha og’ir ionlar ko’p bo’lishi kuzatiladi.
Bug’ va gazlar havo bilan aralashma xosil qiladi. Qattiq va suyuq zararchalar - dispersion sistemalar - aerozollar deb atalib ular uch xil bo’lishi mumkin:
- chang (qattiq jismlarning o’lchami 1 km dan katta)
- tutun (o’lchamlari 1 km dan kichik).
- tuman (suyuq zarrachalar o’lchami 10 km dan kichik).
CHanglar to’qimachilik yengil, paxta va matbaa sanoat korxonalari uchun xarakterli zararli modda hisoblanib katta - kichikligi bo’yicha uch xil bo’ladi:
- yirik o’lchamlari 50 km dan katta bo’lgan zararachalar;
- o’rtacha kattalikdagi 50-10 mkm;
- mayda (10 mkm dan kichik).
2. Sanoat korxonalardan ajralib chiqadigan zararli moddalarning kishi organizmiga tahsiri.
Zararli moddalar kishi organizmiga asosan nafas yo’llari, teri va ovqat bilan kirishi mumkin. Zararli moddalar organizmga kirgach, biologik muxitda erib, ular bilan o’zaro reaktsiyaga kirishib normal hayotiy jarayonni buzadi. Buning natijasida kishida kasallik xolati - zaxarlanish paydo bo’ladi. Buning qanchalik havfliligi chang kontsentratsiyasiga va zararli moddaning tahsir qilish vaqtning uzun-qisqaligiga bog’liq.
Zararli moddalarning organizmiga tahsir qilsh xarakteri bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:
- umumiy tahsir qiluvchi - bular organizmini umumiy zaxarlaydi. (uglerod oksidi, tsiani birikmalari, qo’rQoshin, simob, margimush va uning birikmalari va boshqalar);
- qitiqlovchi - nafas yo’llari shilliq pardalarini qitiqlaydi, kichitadi, achshtiradi. (xlor, ammiak, olitngugurt gazi, vodorod ftorid, azot, ozon, atseton oksidlari va boshqalar);
- allergik tahsir qiluvchi - (formalg’degid, xar xil nitrobirikmalar asosida tayyorlangan bo’yoqlar, laklar);
- kantserogenlar - rak kasalligiga olib keluvchilar (nikelg’ va uning birikmalari, aminlar, xxrom, asbest va ularning oksidlari va boshqalar);
- mutagenlar - kishining nasliy xususiyatlarini o’zgartiruvchi (qo’rQoshin, marganets, radioaktiv moddalar va boshqalar);
- reproduktiv, yahni bola tuQish xususiyatiga tahsir qiluvchi moddalar (qo’rQoshin, marganets, stirol, radioaktiv moddalar va b.).
Zararli moddalarning kishi organizmiga tahsiri bo’yicha quyidagi klasslarga bo’linadi:
1 klass - o’ta xavfli
2 klass - yuqori darajada xavfli
3 klass - xavfli
4 klass kam darajada xavfli.
To’qimachilik, yengil, paxtachilik va matbaa korxonalaridagi texnologik jarayon zararli moddalarning tsexga tarqalishi bilan bog’liq. Bu korxonalarda asosiy zararli moddalar chang, yuqori harorat, namlik, shovqin, titrash va turli zararli gazlardir.
CHang deb, havoda uchib yuradigan, mayda, qattiq zarrachalarga aytiladi. CHang organik va mineral qismlardan iborat bo’lishi mumkin.
Organik chang zarrachalari:
1. O’simlik changlari - paxta, kanop, peng’ka, jut va boshqalar.
2. O’ayvonot changlari - ipak, jun tolalari changi.
3. Sunhiy tolalar changi.
Mineral chang zarrachalari tolalarni terish va ularni tashish paytida aralashib qoladigan tuproq va qum zarralaridir.
To’qimachilik, yengil, paxtachilik va matbaa korxonalari zararli, ular ko’p miqdorda bo’lganligi uchun odamning ichak-oshqozon faoliyatiga salbiy tahsir qilishi, ko’zning shilliq pardalarini yalliQlantirishi (konyuktivit), teri kasalliklariga olib kelishi mumkin.
CHangdagi moddalarning tahsiri natijasida kasbiy kasalliklar paydo bo’lishi mumkin. Masalan, changli havodan uzoq vaqt nafas olish natijasida pnevmokonioz kasalligiga uchrash mumkin. Buning og’ir formalaridan biri silikoz, kremniy ikki oksidining SiO2 o’pkaga tahsiri natijasida hosil bo’ladi. (Bissinoz haqida gapirish).
CHangning zararligini xarakterlovchi faktorlar ichida uning katta-kichikligi, yahni dispersiyasi muhim rolg’ o’ynaydi. Eng mayda chang zararli hisoblanadi. Ayniqsa kattaligi 5 mkm dan xxx gacha bo’lgan chang zarrachalari. CHunki ular o’pkaning alg’veollariga (ularning diametri o’rtacha 5 mkm ga teng (kirib ularni berkitib qo’yadi. Natijada ko’plab teshikchalari berkitilgan o’pkaning nafas olish hajmi kichrayadi. Odam tez-tez va oz-oz havo oladigan bo’lib qoladi. Katta zarrachalar yuqori nafas organlarining shilliq pardalariga yopishib, so’ngra organizmdan chiqarib yuboriladi. Kichik zarrachalar esa nafas orqali to’g’ri o’pkaga borib pnevmokonioz kasalligini keltirib chiqaradi.
Har xil changlarning dispersiya bo’yicha solishtirish jadvali.
№
|
Zarrachalar turlari
|
zarrachalar razmeri, mkm
|
1.
|
Atmosfera changi
|
1-30
|
2.
|
Tuproq changi
|
1-100
|
3.
|
Sanoat changi
|
1-4000
|
4.
|
SHaxta changi
|
1-60
|
5.
|
Soch tolasi
|
50-150
|
6.
|
Tamaki tutuni
|
0,01-0,1
|
7.
|
Tabiatdagi tuman
|
1-14
|
8.
|
YoQ tutuni
|
0,03-1,0
|
9.
|
YomQir
|
500-5000
|
3. Zararli moddalarning yo’l qo’ysa bo’ladigan kontsentratsiyasi (YQBK).
Ishlab chiqarish tsexlari havosidagi zararli moddalarning yo’l qo’ysa bo’ladigan kontsentratsiyasi Gost da belgilangan. YQBK chang tarkibidagi zarali moddalarning miqdoriga bog’liq. Masalan, sanitar nomiada ko’rsatilganidek, o’simlik va hayvonot tolalaridan ajralib chiqadigan changlar uchun YQBK, chang tarkibidagi kremnezem SiO2 ga bog’liq. Masalan:
Agar SiO2 ning miqdori chang tarkibida 10% dan ko’p bo’lsa, YQBK - 2 mg/m3; agar SiO2 ning miqdori chang tarkibida 2 dan 10% gacha bo’lsa YQBK - 4 mg/m3; agar SiO2 ning miqdori chang tarkibida 2% dan kam bo’lsa YQBK - 6 mg/m3 bo’ladi.
Zararli moddalarning YQBK turli mamlakatlarda turlicha bo’lishi mumkin. Bizda hozir 700 ga yaqin zararli moddalarga YQBK ishlab chiqilgan. AQSH da 630 tacha.
4. Havodagi chang miqdorini o’lchash usullari.
TSexlarning havo muhitini sanitariya jihatdan nazorat qilish usullari quyidagilardir:
- laboratoriya usuli;
- indukatsion usul;
- zudlik bilan o’lchash usuli;
- optik usul;
- elektrik usul;
- standart usul (og’irlik usuli).
Har bir usul o’z afzalliklari va kamchiliklariga ega, masalan laboratoriya usullari uzoq vaqt davom etadi, lekin aniq natijalar beradi. Indikatsion usul tez bajariladi, lekin noaniq. TSexlarda gaz miqdorini zudlik bilan o’lchash kerak bo’lganda universal gaz o’lchagich UG-2 dan foydalaniladi.
Havodagi turli gaz va bug’larning (xlor, ozon, benzol, spirt va boqalar) kam miqdordagi kontsentratsiyasini aniqlashda optik (fotoelektrik) kalorimetr qo’llaniladi.
Havodagi chang miqdorini aniqlash uchun eng keng qo’llaniladigan usul standart (og’irlik) usulidir.
Standart usul sxemasi.
1-chang yutgich, 2-reometr, rotametr, 3-patron, 4-rezina ichaklar; 5-qisqich, 6-filg’tr.
Yuqoridagi sxema bo’yicha kerakli asbob anjomlar yiQilib, tsexga olib kiriladi va avvaldan belgilangan joyga patronni o’rnatib filg’tr orqali changli havo, chang yutgich bilan so’rib olinadi. Butun namuna olish vaqtida o’tayotgan havoning hajmi bir xil bo’lishi uchun qisqich ishlatiladi. Havoning hajmini reometr asbobi orqali o’lchanadi.
Havodagi chang kontsentratsiyasi quyidagi formula bilan topiladi:
bu yerda: g1 - toza filg’trning massasi, mg. Filg’tr maxsus o’ta ingichka toladan qilingan, markasi AFA-10, AFA-18. A- analiticheskie, F-filg’trq, A-ahrozolg’nqe, 10,18 - filg’trning yuzasi, sm2;
g2 - filg’trning namuna olingandan keyingi massasi, mg;
v - filg’tr orqali so’rib olingan havoning hajmi, l/min;
t - namuna olish vaqti, min.
Mikroiqlim va uning kishi organizmiga tahsiri.
TSexlardagi mikroiqlim yoki meteorologik sharotlar quyidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi:
- havoning harorati - t (0S), (0K);
- nisbiy namlik - (%);
- ish joyidagi havoning harakat tezligi - v m/s;
- atmosfera bosimi - R (Pa.mm.simob ustuni).
Odamning normal hayoti odatda 734-1267 GPa (550-950 mm.sim.ust.) bosim diapaonida kechadi.
5. Zararli moddalarga qarshi kurash.
Odam doimo atrof-muhit bilan haroratning ´zaro tahsiri ostida bo’ladi. Organizmidagi fiziologik jarayonlar normal kechishi uchun, uning ortiqcha issiqligi atrof muxitga berib turilishi kerak. Organizmdan ajralib chiqayotgan issiqlik bilan atrof muhitning sovutaolish xususiyatining mutanosibligi qulay sharoit (komfort) xosil qiladi. Komfort sharoitida kishini bezovta qiluvchi organizmining qizib yoki sovub ketishi kuzatilmaydi.
Mahlum ish bajarish vaqtida normal xarorat xissiyoti issiqlik balansi tufayli tahminlanadi.
Issiqlik balansi formulasi.
Q=Qu+Qk+Qn+Qb+Qx
bu yerda: Qu - qiyimning issiqlik o’tkazuvchanligi;
Qk - tana (badan) atrofidagi konvektsiya;
Qn - atrofidagi yuzalarga nurlanish;
Qb - teri yuzasidan namlikning bug’lanishi;
Qx - nafas olishda so’rilayotgan havoning isishi.
SHu issiqlik balansi tufayli odam tanasining harorati atrof muhitning xar qanday sharoitida ham bir xil yahni 36,5 0S bo’ladi. Organizmining ajoyib o’z xaroratini doimo bir xil ushlab turaolish xususiyati (termoregulyatsiya) juda muximdir. (sovqotganda titrash va qizib ketganda terlash sabalarini tushintirish “Kavkaz asirasi” filg’mi). Kishi yuqori xarorat sharoitida ishlaganda ortiqcha issiqlik terlash natijasida teri orqali namlikning bug’lanishi tufayli yuz beradi va ter bilan birga organizm uchun zarur bo’lgan tuzlar xam chiqib ketadi. SHuning issiq tsexlarda ishlovchilar, sportsmenlar uchun shurroq suv beriladi.
Xavoning namligi organizm xaroratini o’z-o’zini boshqarishida muhim rolg’ uynaydi. Nisbiy namlikning yuqori bo’lib ketishi (=85%) ortiqcha issiqlikni ter orqali chiqib ketishiga to’sqinlik qilsa, past namlik (=20%) shilliq pardalarning qurib qolishiga va organizmning qiynalishiga olib keladi. Nisbiy namlikning eng mahkul (optimal) qiymatlari 40-60% ni tashkil qiladi.
Kishi uzini ish xonasida yaxshi xis qilishida yana havoning xaraqati muhim rolg’ o’ynaydi. Issiq tsexlarida havo harakati tezligi oranizmga ijobiy tahsir ko’rsatadi va aksincha past xaroratli tsexlarida esa havo xaraqati tezligining katta bo’lishi kishini shamollatib qo’yishi mumkin.
Kishi sezadigan havo harakati tezligi 0,2 m/s ni tashkil etadi. Havo xaraqati tezligi qish paytida 0,2-0,5 m/s dan oshmasligi, yozda esa 0,2-1,0 m/s oraligida bo’lishi kerak. Issiq tsexlarda havo xarakati tezligi 3,5 m/s gacha bo’lishi mumkin.
Yuqori xarorat bilan birga yuqori nisbiy namlik mavjud bo’lgan ish joylarida ayniqsa organizm qiynaladi. U qizib ketadi. TSexlarda havo xarakati keskin o’zgarib tursa, sovuq havo xarakati yuqori bo’lsa, yelvizaklar mavjud bo’lsa bu korxonada shamollash tufayli kasallanish ko’p uchraydi.
Barcha ishlar og’irligi bo’yicha IY kategoriyaga bo’linadi:
I - yengil ishlar - Energiya sarfi 172 Dj/s, (150 kkal /soat) gacha:
Engil, o’tirib yoki yurib bajariladigan ishlar;
II - o’rta og’irlikdagi ishlar - Energiya sarfi 172-232 Dj/s
(150-200 kkal/soat) yurib bajariladigan bo’lgan ishlar:
11b-o’rta og’irlikdagi ishlar - Energiya sarfi 232-293 Dj/s (200-250 kkal /soat), yurib bajariladigan va 10 kg dan ortiq yuk ko’tarish bilan boQlik bo’lgan ishlar:
III - og’ir ishlar - Energiya sarfi 293 Dj/s dan (250 kkal/soat) ko’p bo’lgan ishlar: Bunga og’ir jismoniy mehnat bilan bog’liq ishlar kiradi; pommaster, yuk tashuvchi, remontchi va x.k.
Davlat sanitariya inspektsiyasining axboroticha ish joylaridagi haroratga qarab havo tezligining quyidagi kiymatlari tavsiya etiladi.
Ish joydagi havo xaraqati 0S
|
Yo’l qo’ysa bo’ladigan havo xarakati, m/s
|
16-20
|
0,25 dan ko’p emas
|
22-23
|
0,25-0,3
|
24-25
|
0,4-0,6
|
26-27
|
0,7-1,0
|
28-230
|
1,1-1,3
|
Kishi organizmining imkoniyatlari juda cheksiz va xali to’la o’rganib bo’lingan emas. Masalan: organizm juda qisqa vaqt ichida +1600S ga chidayolar ekan +1700S ga esa bir soat davomida, qisqa vaqt ichida - 890S xaroratga chidashi mumkin.
Miqroiqlim kattaliklari o’lchash asboblari:
1. Bosim - barometr, barograflar;
2. Xarorat - termometr, termograf;
3. Nisbiy namlik - psixometrlar (Avgust, Assman), yezib boruvchi asbob - gigrograflari.
4. Havo harakatining tezligi - akemometrlar.
a) qanotli, b) kosachali, v) termoanemometrlar.
6. SHaxsiy himoya vositalari.
Avariya oqibatlarini yo’qotishda, tsexlarda ko’plab chang va gazlar ajralib chiqayotganda, kislota va ishqorlar tahsiridan organizmni himoya qilishda shaxsiy himoya avositalari muhim rolg’ o’ynaydi. Kishining badani maxsus korjoma, oyoqlari maxsus poyafzal, boshlari maxsus bosh kiyimlari, qo’llari esa himoya qo’lqoplari bilan himoyalanadi. Erigan va chuQ holatdagi metall zarrachalaridan badanni saqlash uchun kanop, brezent va jun matolardan tikilgan korjoma kiyiladi. Kislota va ishqorlar tahsiridan saqlanish uchun esa rezina yoki perxlorvinil matolar iglatiladi.
Ko’zni himoya qilish uchun, mexanik tahsiridan, issiqlik nurlanishidan kislota va ishqorlar tahsiridan va har-xil changlardan saqlaydigan turli xildagi ko’zoynaklar ishlatiladi. Nafas ahzolarini chang va gazlardan saqlash maqsadida respiratorlar va gazniqoblar ishlatiladi. Gazniqoblar ikki turli bo’ladi:
1. Filg’trlovchi: a) gazga qarshi, b) changgga qarshi.
2. Ixotalovchi: a) ichakli, b) balonli).
Respiratorlar esa maska (yarim maska) va filg’trdan iborat bo’ladi. Filg’trlari esa davriy ravishda almashtirib turiladi. Qo’l, bet va bo’yin terlarini turli o’yuvchi moddalar tahsiridan himoya qilish uchun turli pasta va surgichlar ishlatiladi. Ish boshlashdan oldin surilib, ishdan keyin yuvib tashlanadi. Bular ikki turli bo’ladi: 1-suvda yaxshi eriydigan (gidrofilg’trnqe), terini yoQlar, moylar, neft mahsulotlari tahsiridan saqlaydi, 2-O’zidan suvni qochiruvchi (gidrofobnqe), CHumakov pastasi, terini tuzlar, ishqor va kislotalar tahsiridan saqlaydi.
Ma’ruza - 6.
ELEKTR XAVFSIZLIGI ASOSLARI. ELEKTR XAVFSIZLIGI. ELEKTR SHIKASTLANISH. Ma’ruza mashgulоtiningta’lim tехnоlоgiyasining mоdеli
O`quv vaqti: 80 minnut
|
Talaba sоni
|
O`quv mashg`ulоtining tuzilishi
Ma’ruza rеjasi
|
1. Elektr tokining tahsiri turlari.
2. Elektr toki urganda dastlabki yordam.
3. Elektr tokidan jarohatlanishning oldini olish.
4. O’imoya vositalari va asboblari.
5. Yashin qaytargichlar.
6. Statik elektrdan saqlanish
|
O`quv mashg`ulоtining maqsadi:Talabalarda faоliyat, uning tuzilishi, turlari va tarkib tоpishi хususida tushuncha hоsil qilish.
|
Pеdagоgik vazifalar:
YAngi mavzu bilan taniso`tirish, mavzuga оid ilmiy atamalarni оchib bеrish, asоsiy maslalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.
|
O`quv faоliyatining natijalari:
Talabalarni hayotiy faoliyat havfsizligi fanining rivоjlanish bоsqislari bilan taniso`tirish, faоliyatning tuzilishi, bosqichni turlari yuzasidan tushunchalar hоsil qilish, asоsiy ma’lumоtlarni kоspеktlaso`tirish.
|
Ta’lim usullari:
|
Kоntsеptual jadval, “Klastеr”, Vеnn diagrammasi,sхеmalar, ma’ruza
|
O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli
|
Оmmaviy
|
Ta’lim vоsitalari
|
Slaydlar, markеr, flipchart, jadval
|
Qayta alоqa usullari va vоsitalari
|
Savоl javоb
|
Dostları ilə paylaş: |