SO’Z BOSHI
Umumiy geologiya fanining 5850100-Atrof muhit muhofazasi
yo’nalishi bo’yicha ta‘lim olayotgan talabalarga o’qitilishidan
asosiy
maqsad atrof muhitni muhofaza qilishni geoekologik asoslashdan
iboratdir.
Bundan tashqari, talabalarga umumiy geologiyaning ba‘zi
masalalari: geologiya fanining tarixi, Yer haqida umumiy ma‘lumotlar,
tabiiy minerallar va tog’ jinslari, tabiiy xavfli
jarayonlar va ularning
atrof muhitga salbiy ta‘siri, Yer po’stining rivojlanish tarixi to’g’risidagi
asosiy ma‘lumotlar va geoxronologiyasi, injener-geoekologik tekshirish
ishlarining turlari va usullari, ya‘ni geoekologik qidiruv ishlari, tajriba,
kuzatish ishlari, olingan ma‘lumotlarni tahlil qilish, geoekologik xarita
va qirqimlar tuzish sohalarida talabalarning ilmiy dunyoqarashini
hozirgi kun talabida shakllantirishni o’z oldiga
maqsad va vazifa qilib
qo’yadi.
Fanni mukammal o’rganish maqsadida talabalarga ko’maklashish
uchun ma‘ruzalar matni, laboratoriya ishidan uslubiy ko’rsatma, test
savollaridan uslubiy qo’llanma, nazorat savollaridan uslubiy
ko’rsatmalar taqdim etiladi.
Umumiy geologiya fanidan olingan bilimlar «Ekologiya», «Suvni
tozalash texnologiyasi», «Tabiiy resurslardan mukammal foydalanish»,
«Atmosfera havosini muhofaza qilish»
va shu kabi boshqa fanlarni
o’rganishda foydalaniladi.
Fanni chuqurroq o’rgatishda zamonaviy texnologik vositalardan
biri sanalgan
–elektron darslikdan foydalanish nazarda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: