O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/61
tarix15.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128184
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q

 
1 - 
ma‘ruza. Mavzu: YER TO’G’RISIDAGI UMUMIY 
MA‘LUMOTLAR 
Reja: 
 
1.1.Yerning shakli va tuzilishi 
1.2.Yerning issiqlik rejimi 
1.3.Yer magnetizmi 
1.4.Yerning zichligi va bosimi 
1.
5.Yer po’stining kimyoviy tarkibi 
1.
6.Yerning paydo bo’lishi haqidagi gepotezalar 
Adabiyotlar: 3, 4, 10, 20, 21, 23, 24, 26, 30, 32, 33, 34, 37, 40,
43 , 49, 52, 54, 55, 56, 62, 67, 68, 70, 79, 81, 82, 83. 
Tayanch iboralar: 
burg’ qudug’i, atmosfera, gidrosfera, litosfera, 
radiaktiv elementlar, Yer landshafti, geliotermik mintaqa, geotermik 
gradient, geotermik bosqich, o’rtacha geotermik gradient, izogon, 
mantiya, yadro, geosfera. 
1.1. Yerning shakli va tuzilishi. 
Yerning shakli va o’lchamlari 
to’g’risida hozirgi davrdagi ilmiy tasavvurlar birdaniga paydo bo’lgan 
emas. Qadimgi hindlar Yerni fil ustida joylashgan tekislik ko’rinishida 
tasavvur qilgan lar. Yunonlar esa Yerni dengiz bilan uralgan dumalok 
baland tog’lik ko’rinishida tasavvur qilishgan va bu tog’likni qattiq 
to’ntarilgan osmonga tiralib turadi deb hisoblaganlar. 
Yer, shar shakliga ega degan xulosani birinchi bo’lib qadimgi 
yunon olimi Pifagor (eramizgacha bo’lgan 580-500-yillar) aytib o’tgan. 
Aristotel esa, eramizdan oldingi IV asrda bu xulosani ilmiy asosda isbot 
qilib berdi. Qadimgi yunon olimi Eratosfen Kirenskiy esa (eramizgacha 
II- 
asr) birinchi bo’lib bir muncha aniqlikda Yer sharining radiusini 
aniqladi. 
XVII-XVIII asr (1643-
1727) oralig’ida angliyalik olim Isaak 
Nyuton Yerning aniq shar shaklida emas ekanligini isbot qildi. 
Nyutonning hisoblari b
o’yicha Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi 
oqibatida, uning ekvatorida rivojlanadigan markazdan qochirma 
kuchning og’irlik kuchidan kattaligi hisobiga, Yer qutbda siqilgan 
ellipsoid shaklini egallaydi. 
I.Blisting (1873) Yerning shaklini geoid deb atashni taklif qildi. 
Geoidning yuzasi Dunyo okeanining mutloq tinch holatdagi yuzasi bilan 
xiralashib yaltirashini eslatadi (grafit). Ikkinchi guruhhga nometall 
yaltiroqligiga ega bo’lgan minerallar kiradi. Nometall yaltiroqlikning 
olmosdek yaltirash (olmos), shishadek yaltirash (slyuda), ipaksimon 
yaltirash (asbest), xira yoki yaltiramaydigan (kremen) va boshqa turlari 
bo’ladi. 
Minerallning ulanish tekisligi va sinish yuzalari. Minerall 
kristallarining, ular sindirilganda ma‘lum yo’nalish bo’yicha ajralib hosil 
qilgan tekis, yaltiroq yuzalariga ulanish tekisligi deb aytiladi. Bu 
xususiyat faqat kristallik minerallar uchun xos bo’lib uning faqat ichki 
tuzilishi bilan bog’liq. Bunday xususiyat faqat shu mineralning 
o’zigagina xos bo’lganligi uchun muhim diagnostik belgi bo’lib xizmat 
qiladi. Ma
salan: ortoklaz singanda to’g’ri burchakli ulanish tekisligi 
hosil qiladi. 
Ulanish tekisligining qay darajada namoyon bo’lishini ko’rsatish 
uchun besh darajali shkala qabul qilingan. 
1.Ulanish tekisligi qta mukammal (slyuda, xlorit) kristallar yupqa 
varaqachalarga ajralish qobiliyatiga ega. Ulanish tekisligidan boshqa 
yo’nalish bo’yicha sindirish juda qiyin. 
2.Ulanish tekisligi mukammal (kaltsit, galenit, galit). Bunday 
minerallar sindirilganda, ular ulanish tekisligi bo’yicha ajralib, ko’rinishi 
birlamchi 
kristallni eslatuvchi bo’laklar hosil qiladi. Masalan: Galenit 
sindirilganda mayda to’g’ri kubchalar, kaltsitni maydalaganda to’g’ri 
romboedrlar hosil 
bo’ladi. 
3.Ulanish tekisligi o’rtacha minerallar (dala shpatlari, magniyli-
kaltsiyli silikatlar). Mineral 
bo’laklarida ulanish tekisligi ham tasodifiy 
yo’nalishlar bo’yicha notekis yuzalar, ham aniq ko’rinib turadi. 
4.Ulanish tekisligi nomukammal (apatit, kassiterit, sof tug’ma 
oltingugurt, olivin) bo’lgan minerallar. Ulanish tekisligi yaqqol ko’rinib 
turmayd
i, uni mineral parchasi yuzidan qidirib topishga to’g’ri keladi. 
Singan yuzalari odatda notekis bo’ladi. 
5.Ulanish darajasi o’ta mukammal bo’lmagan (yoki ulanish 
tekisligi yo’q) minerallar (kvarts). 
Ko’pincha bitta minerallning o’zida bir necha yo’nalishlar 
bo’yicha o’tgan ulanish tekisliklari mukammallik darajasiga ko’ra har 
xil bo’ladi. Ulanish tekisliklari (yuzalari) bir yo’nalishli (slyuda), ikki 
yo’nalishli (ortoklaz) uch yo’nalishli (kaltsiy, galenit, galit) to’rt 
yo’nalishli (flyuorit), olti yo’nalishli (sfalerit) bo’ladi. 
Ulanish tekisligini makroskopik yo’l bilan aniqlash imkoniyati 
bo’lmagan hollarda sinish yuzalarining tuzilishi o’rganiladi. Singan 
yuzalar tuzilishi chig’anoqsimon (kremen, oltingugurt), tolasimon, 
zinasimon, g’adir – budur (notekis), uzun ustunsimon ko’rinishlarda 

23 


mos tushadi. Materiklarda esa bu yuza fikran o’tkazilgan kanal, daryo 
yuzalari bo’ylab tutashtiriladi. 
Keyinchalik Yerning shakli va kattaligi qator olimlar tomonidan 
aniql
andi. Ayniqsa, ishonarli ma‘lumotlar F.N.Krasovskiy va 
A.A.Izotovlar tomonidan olingan. Ularning hisobiga ko’ra Yer shakli 
uch o’qli ellipsoid aylanasiga yaqin va uning kichik (qutbiy) o’qi 
aylanish o’qi hisoblanadi. Yerning ekvatorial radiusi 6378,2 km qutbiy 
radiusi esa 6356,9 km. Yerning yuzasi 510 100 934 km
2
ga teng. 
Ko’rsatib o’tilgan ma‘lumotlarga ko’ra Yer planetasining shakli 
geoid va uch o’qli ellipsoid aylanasiga ega emasligi, uning asl shaklini 
aniqlash olimlar oldidagi muammo ekanligini ko’rsatadi. Kishilarning 
amaliy faoliyati uchun Yer sharining tuzilishi 14000 metr 
chuqurlikgacha o’rganilgan. Hozirgi vaqtda tog’ qazilmalari (shaxtalar) 
ning chuqurligi 3,5-4,0 kilometrni tashkil qiladi (Hindiston va Janubiy 
Afrika konlari). Dunyodagi eng chuqu
r burg’ qudug’i Kola yarim 
orolida joylashgan va uning chuqurligi 14,0 kilometrdan ortib ketgan. 
Ayrim yakka burg’ulash quduqlarining chuqurligi 8,0-9,5 kilometrga 
yetgan. Quduqlarning o’rtacha chuqurligi 4-5 kilometrdan oshmaydi, 
yoki yer radiusidan 1000 marotaba kichikdir. Yerning qolgan (katta) 
chuqurliklardagi tuzilishi va tarkibi esa bevosita usullar-seysmologik, 
gravimetrik astronomik, geodezik va geofizik usullar yordamida 
o’rganilgan. Geofizik ma‘lumotlarga ko’ra Yer shari bir necha 
kontsentrik qobiqlarga 
bo’linadi. Yer po’stining bevosita o’rganilishi 
mumkin bo’lgan to’rt tashqi geosferaga bo’lish mumkin (atmosfera, 
gidrosfera, biosfera va litosferalar) hamda seysmik to’lqinlar tarqalish 
tezligining keskin o’zgarishiga qarab qator ichki sferalarga bo’linadi (1-
rasm). 
Litosfera qalinligi va tarkibi jihatidan turli-
tuman bo’lgan Yerning 
ichki sferasidir. Yer po’sti pastdan mantiya bilan yuqoridan atmosfera, 
gidrosfera va biosferalar bilan chegaralangan. Uning qalinligi 
pasttekisliklarda (Rus pasttekisligi) 35-
40 kilometrni qadimgi tog’ 
tizimlari tumanlarida) 50-
65 kilometrni, yosh tog’ tizmalarida (G’arbiy 
Alp, Pomir, Tyan-
SHan) esa 80 kilometrni tashkil qiladi. Tog’lik 
tizmalarda yer qobig’i ildiz hosil qilganday bo’lib yer po’stlog’iga 
chuqur botganga 
(cho’kib to’rganga) o’xshab ko’rinadi. 
Atlantika okeanining ostida yer po’stining qalinligi 10-15 
kilometr. Tinch okeanining markaziy qismida 4-6 kilometr.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin