O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/61
tarix15.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#128184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q

 
KIRISH 
Qishloq xo’jalik melioratsiyasining tabiiy asoslaridan biri bo’lgan 
geologik fanlar zax qochirish tizimlari, gidrotexnik inshootlar loyihasini 
asoslash uchun lozim bo’lgan yerlarning tuzilishi to’g’risida kerakli 
ma‘lumotlar beradi. Shuning uchun meliorativ tizimlarni loyiha qilishda, 
qurishda va undan foydalanishda yerlarning geologik tuzilishi qanchalik 
to’liq o’rganilsa va e‘tiborga olinsa, meliorativ tadbirlar shunchalik 
yuqori samara beradi. 
Geologiya fani bir-
biri bilan bog’liq bo’lgan quyidagi qator 
bo’limlarga bo’linadi. Geologiya-er haqidagi fan bo’lib, yunoncha «geo-
er, logos fan» degan ma‘noni anglatadi. Geologiya fani Yerning 
tuzilishi, tarkibi, paydo bo’lishi va unda sodir bo’ladtgan turli geologik 
jarayon va hodisalarni hamda uning rivojlanish tarixini o’rganadi. 
Geologiya fani umumlashtiruvchi tabiiy fan bo’lib, hozirgi vaqtda 
geologiya fanining o’rganadigan masalalari juda keng bo’lganligi uchun 
bir nechta maxsus sohalarga bo’linadi. 
Mineralogiya-
er po’stida joylashgan minerallarning fizikaviy-
kimyoviy xossalarini va ularni hosil qiluvchi jarayonlarni o’rganadi. 
Petragrafiya-
er po’stini tashkil qilgan mineral birikmalarning, tog’ 
jinslarning tarkibi, tuzilishi, ularning yotish sharoiti, paydo bo’lishi, yer 
kesimida va maydonda tarqalishigi o’rganadi. 
Geokimyo-
er po’stining kimyoviy tarkibini, kimyoviy elementlar 
va ularning izotoplarini tarqalishini, fizikaviy-kimyoviy sharoitlarning 
ta‘sirini o’rganadi. 
Dinamik geologiya-
er po’stida va yuzasida sodir bo’ladigan 
geologik jarayonlarning (zilzila, vulkanizm, nurash, Cho’kindihosil 
bo’lish) va bu jarayonlarning tarixiy vaqt davomida rivojlanishini tiklash 
usullari
ni o’rganadi. 
Tarixiy geologiya-
er po’stining vaqt birligi ichida va fazoda 
o’zgarishi va rivojlanishini, organik dunyo rivojlanishi bilan 
bog’liqligini o’rganadi. Tarixiy geologiya fani-er po’stining to’rtlamchi 
davrdagi rivojlanish tarixini o’rganuvchi sohasi bo’lgan maxsus 
to’rtlamchi davr geologiyasiga ajratiladi. Bu juda ahamiyatli soha bo’lib, 
to’rtlamchi davrda hosil bo’lgan tog’ jinslari, kishilarning asosiy xo’jalik 
va injenerlik faoliyalari olib boriladigan muhit hisoblanadi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin