O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi


Buyumning fazoviy holati butunlay o’zgartirilganda



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə15/18
tarix21.06.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#117108
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
CHIZMACHILIKNI О’QITISHDA INTRAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH MAVZUSI

Buyumning fazoviy holati butunlay o’zgartirilganda:
1) buyumning yangi holatidagi fazoviy munosabatlarini va o’zgartirishlarini aniqlash;
2) buyumning yangi holatidagi bosh ko’rinishini chizish;
3) boshqa ko’rinishlarni ham bosh ko’rinish bilan proеktsion bog’lanishda chizish va chizmani tеkshirib uni rasmiylashtirish.
Yangi buyumlar ixtiro qilinayotgan yoki amaldagilarni takomillashtirish jarayonida javobi ikki va undan ortiq, ya’ni ко’р turli bo’lsa, unda masala ijobiy hisoblanadi.
Konstruktor loyihalash jarayonida shunday ko’p turli yechimga duch kelib qolsa, o’zining eng oliy darajasi — ijodiy faoliyatini ishga solib texnik, texnologik hamda iqtisodiy masalalar shartlarini hisobga olgan holda eng optimal variantni tanlaydi. Shunda turli grafik tasvirlar chizish orqali o’z maqsadiga erishadi.



Buyumning shakli o’zgartirilganda:
1) buyum dastlabki holatining tasvirini yasash;
2) buyumning olib tashlanadigan qismining shaklini tasavvur etib, uning o’r­nini chizmada ingichka chiziq bilan bеlgilash;
3) bеlgiga ko’ra o’zgargan shaklni tasavvur qilgan holda uning fazoviy holatini chizmada ko’rsatish.
Xalq xo’jaligining turli sohalarida yangi buyumlarni ixtiro qilish, amaldagilarni takomfflashtirish yoki qayta ishlab chiqish loyihalash deyiladi. Loyihalashga doir ishlar har doim grafik tasvirlar, ya’ni chizmalar, eskizlar, texnik rasmlar chizish bilan bog’liq bo’ladi. Har qanday buyumga yangi konstruktiv element kiritilsa, unda qanday o’zgarish ro’y berishini ko’z oldingizga keltirib ko’ring. Konstruktiv elementlar, ya’ni teshiklar, o’yiqlar shaklini biroz o’zgartirish. burchaklarni yumaloqlash kabilar kiritilib, yangi foydali sifatlar berish orqali buyumning og’irligini kamaytirish, pishiqligini oshirish, ishlov berishni soddalashtirish, foydalanishda qulaylik, ko’rinishini chiroyli bo’lishligi nazarda tutiladi.

O’quvchilar loyihalashni o’rganish maqsadida turli ijodiy masalalarni yechishni mashq qilishlari zarar.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin