IV. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Seminar mashg‘ulotlari mavzu bo‘yicha reja va tavsiya qilingan adabiyotlar asosida o‘tkaziladi. Talaba mustaqil tayyorgarlik ko‘rib, to‘plagan bilimlarini dars vaqtida himoya qiladi.
Seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish rivojlantiruvchi va muammoli ta’lim tamoyillari asosida ko‘rilishi lozim. Seminar mashg‘ulotlarining informatsion va pedagogik-texnologik ta’minoti: seminar mashg‘ulotlari an’anaviy va press-konferensiya diskussiya ko‘rinishlarida olib boriladi. Seminarlarni o‘tkazish davomida o‘qitish filmlari qo‘llanilishi mumkin.
Shuningdek seminar mashg‘ulotlarini mustaqil ravishda ishlab chiqilgan ma’ruzaning asosiy g‘oyalarini prezentatsiyasi tarzida ham o‘tkazish mumkin. Har bir talaba psixologiya bo‘yicha ma’ruzani auditoriyada o‘tadi. Ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borish uchun talabalarga (axborot metodik ta’minlanganlik) press-konferensiya ma’ruzasi, suhbat ma’ruzasi, diskussiya ma’ruzasi, konkret vaziyatlarni tahlili ma’ruzasi, vizualizatsiya ma’ruzasi, oldindan ko‘zda tutilgan xatolar ma’ruzasi, birgalikda ma’ruzasi kabilar tavsiya etiladi.
1. “Men – konsepsiyasi” va shaxsning o‘z o‘zini aktualizatsiya qilishi.
2. O‘zini o‘zi boshqarish – faoliyat sifatida.
3. Shaxs strukturasida o‘zini o‘zi boshqarish.
4. Hayotiy faoliyatni boshqarishning biologik va fiziologik (psixofiziologik) konsepsiyalari.
5. Psixik faoliyatning psixologik regulyasiyasi.
6. Insonning funksional holatini psixologik o‘zini o‘zi boshqarish usullarining umumiy xarakteristikasi.
7. Relaksatsion holatlarni o‘rganishda turli yondashuvlar va relaksatsiya holatining asosiy xususiyatlari.
Izoh: Mazkur mavzulardan seminar mashg‘ulotlari uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda foydalanish tavsiya etiladi. V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Talaba mustaqil ta’limni tayyorlashda fan xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi seminar mashg‘ulotlarga tayyorgarlik; darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish; tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish; maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bulimlari va mavzularini chuqur o‘rganish; faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari; masofaviy ta’lim.
1. Men obrazi va oʼz-oʼzini baholashda bolalarga tengdoshlari va katta yoshdagilarning taʼsiri.
2. Ijtimoiy tavakkalchi guruhlarda bolalarning “Men konsepsiyasi”, oʼsmirlarning oʼzini oʼzi anglashining oʼziga xos xususiyatlari.
3. Shaxsning psixosotsial identifikatsiyasi va rollarning anglashuvi.
4. Psixologik himoya va “Men konsepsiyasi”, yetuk shaxslarning o‘zini o‘zi baholashi.
5. Keksalik davrida “Men konsepsiyasi”ning o‘ziga xos xususiyatlari.
6. O‘zini o‘zi boshqarish rivojlanish jarayoni sifatida.
7. Psixik faoliyatni boshqarishning neyrogumoral konsepsiyasi.
8. O‘zini o‘zi boshqarish inson psixik faoliyatining tizimli tashkil etilgan jarayoni sifatida.
9. O‘zini o‘zi boshqarishning obyektlari, formalari, turlari va mexanizmlari.
10. Psixologik o‘zini o‘zi boshqarish usullarining umumiy maqsadli yo‘nalishi.
11. Relaksatsion holatning terminologik xususiyatlari.
12. Relaksatsiya holatining asosiy xususiyatlari va ulardan mehnat faoliyatida noqulay funksional holatni optimallashtirish uchun foydalanish imkoniyati.
13. Relaksatsiya holati jarayonida tiklanish effektlarini eksperimental tadqiq qilish.
14. Nerv-mushaklar relaksatsiyasi uslubning kelib chiqish va shakllanish tarixi.
15. Nerv-mushak relaksatsiyasining kasbiy tadbiqiy qo‘llanilishi.
16. Autogen mashqlarning yangi usullarini ishlab chiqish yo‘nalishlari.
17. Ideomotor mashqlar va obrazlarning sensor reproduksiyasi.
18. Funksional holatni optimallashtirish vositasi sifatida obrazlardan va "syujetli rasmlarni" foydalanish.
19. Psixologik o‘zini o‘zi boshqarish usullarini qo‘llashning samaradorligi eksperimental tadqiqotlarda.
20. Diagnostika va psixologik o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmalarini baholash usullari.