4-Mavzu. Hayotiy faoliyatni boshqarishning psixofiziologik konsepsiyalari. Psixik faoliyatning psixologik regulyasiyasi Psixik faoliyatni boshqarishning neyrogumoral konsepsiyasi. B.G.Ananyev tadqiqotlarida bioregulyasiya muammolari. Harakatlar qurilishining darajalari tavsifi (N.A.Bernshteyn bo‘yicha). Funksional tizim (P.K.Anoxin bo‘yicha). Ongsiz boshqaruv o‘zini o‘zi boshqarishning bir turi sifatida.
O‘zini o‘zi boshqarish inson psixik faoliyatining tizimli tashkil etilgan jarayoni sifatida. O‘zini o‘zi boshqarish strukturasi. Individual o‘zini o‘zi boshqarish uslubi konsepsiyasi (V.I.Morosinov bo‘yicha).
Inson psixik hayoti faoliyatida o‘zini o‘zi boshqarishning ahamiyati va roli. «O‘zini o‘zi boshqarish” terminining umumiyligi va ahamiyati. O‘zini o‘zi boshqarishning obyektlari. O‘zini o‘zi boshqarishning formalari va turlari (ixtiyoriy, ixtiyorsiz). O‘zini o‘zi boshqarishning mexanizmlari. O‘zini o‘zi boshqarish xususiyatlarining qisqacha xarakteristikasi.
5-Mavzu. Shaxsning funksional holatini psixologik (aqliy) o‘zini o‘zi boshqarish tushunchasi Tirik mavjudotlar faoliyatini boshqarish darajalaridan biri sifatida psixologik o‘zini o‘zi boshqarishning umumiy tushunchasi. Voqelikni aks ettirish va modellashtirishning psixik vositalaridan psixologik o‘zini o‘zi boshqarishning o‘ziga xos belgisi sifatida foydalanish. Psixik o‘zini o‘zi boshqarishning asosiy tiplari: subyekt faoliyatini (xatti-harakatlarini) o‘zini o‘zi boshqarish va subyekt aktual holatini boshqarish. Shaxsning holatini psixologik (psixik) o‘zini o‘zi boshqarishning taʼriflari. «Psixik o‘zini o‘zi boshqarish» va «Psixologik o‘zini o‘zi boshqarish» terminlarining farqlari. Mehnat subyektining funksional holatini psixologik o‘zini o‘zi boshqarish mehnat faoliyatini amalga oshirishning sharti sifatida.
6-Mavzu. Insonning funksional holatini psixologik o‘zini o‘zi boshqarish usullarining umumiy xarakteristikasi Psixologik o‘zini o‘zi boshqarish usullarining umumiy maqsadli yo‘nalishi. Mehnat qilayotgan insonning funksional holatini optimallashtirish uchun o‘zini o‘zi boshqarish usullaridan foydalanish.
Funksional holat optimizatsiyasi muammosiga psixoprofilaktik yondashuv. Insonning holatiga bevosita taʼsir qilish usullarining asosiy tasniflari. Funksional holatga taʼsir etuvchi psixoprofilaktik va psixokorreksion vositalari orasida psixologik o‘zini o‘zi boshqarish usullarining o‘rni. Subyekt faolligi – psixologik o‘zini o‘zi boshqarish usullaridan samarali foydalanish uchun zaruriy shart sifatida.