O‘zbekiston respublikasi sog‘



Yüklə 6,73 Mb.
səhifə26/35
tarix20.11.2023
ölçüsü6,73 Mb.
#133406
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
2. gigiyena Uslibiy qo\'llanma

Toksikoinfeksiyalar
Salmonella guruhiga kiruvchi tirik mikroorganizmlarni, patogen serotipiga kiruvchi ichak tayoqchasi mikroblari, protey, spora xillari kuchli ifloslangan sharoitda kelib chiqadi. Salmonellarning manbai bo’lib, hayvonlar, suvda suzuvchi qushlar (o’rdak, g’oz), tovuqlar, odam (bakteriya tashuvchi) hisoblanadi. Shartli patogenlik guruhiga kiruvchi mikroblarning manbai odam va hayvonlardir.
Toksikoinfeksiyalar ko’pincha go’shtdan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qilganda, kolbasani tez buziluvchan turlaridan kelib chiqadi. Bundan tashqari, toksikonfeksiyaning kelib chiqishiga sut mahsulotlari ham sababchi bo’lishi mumkin (agar u sterilizatsiya qilinmasdan tayyorlangan bo’lsa), baliq mahsulotlari, tuxum, ayniqsa suvda suzuvchi parranda tuxumlari, muzqaymoq, kremli konditer mahsulotlari.
Toksikoinfeksiyalar uchun quyidagi belgilar xosdir:
1.Qisqa, yashirin davrga ega bo’lgan va to’satdan sodir bo’ladigan (4-6 soatdan 24 soatgacha) va shu mahsulotni iste’mol qilganlarning barchasini kasallanishi;
2.Mahsulot tarqatilgan hududning o’zidagina kuzatilishi.
3.Mahsulotni iste’moldan chetlashtirilishi bilan kasallik tez pasayadi.
Salmonellezlar bilan zaharlanganlardagi klinik belgilar: to’satdan haroratining ko’tarilishi va harorat subfebrildan 39-400S gacha, gastroenterit belgilari (ko’ngil aynish, qusish, ich ketish, qorin sohasida og’riq), tilning qurishi va tilning oq parda bilan qoplanishi, kollaps holatlarida badanning bo’zarib ketishi, lablarning ko’karishi, bosh og’rishi, grippsimon shakllar kuzatilganda tashhis qo’yish juda murakkablashadi.
Tashhis: Kasallik chaqiruvchini ajratish (ekish), unining morfologiyasi va biologik xususiyatlarini aniqlash, serologik ta’riflash, bemorning qon zardobi bilan agglyutinatsiya reaksiyasini qo’yish.
Ovqatli mikotoksikozlar: Aflotoksikoz, fuzariotoksikoz, ergotizm. Aflotoksikoz mo’g’or zaxari orqali kelib chiqib, kuchli gepototoksik va gepatokonserogenli ta’sir xususiyatiga egadir. U mog’or ko’pincha yeryong’oq mag’izi talqonini ifloslaydi. Aflotoksikozlarni kimyoviy va biologik usullar bilan ham aniqlash mumkin.

Yüklə 6,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin