O‘zbekiston respublikasi sog‘



Yüklə 6,73 Mb.
səhifə2/35
tarix20.11.2023
ölçüsü6,73 Mb.
#133406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
2. gigiyena Uslibiy qo\'llanma

OVQATLANISH GIGIYENASI
Ovqatlanish gigiyenasining maqsadi aholida ovqatlanish bilan bog’liq kasalliklarning oldini olishga qaratilgan ko’nikmalarni shakllantirish, ularda oqilona ovqatlanishni tadbiq qilish, aholining salomatlik holati va ovqatlanish bilan bog’liq muammolarini o’rganish, oziq-ovqat mahsulotlarining oziqaviy qiymatini oshirishga qaratilgan kompleks tibbiy- profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Amaliy tadqiqotlar va ilmiy amaliy rejada ovqatlanish gigiyenasi ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib, bir tomondan oziqa mahsulotlari va energiyaning fiziologik ehtiyojini aniqlasa, oziq mahsulotlarining sifatini ta’minlashga qaratilgan chora- tadbirlar ishlab chiqarish bilan birgalikda aholining yoshi, jinsi, fiziologik ehtiyojlarini hamda ijtimoiy va ekologik omillarni inobatga olib ovqatlanish tartibi va sharoitlarni ta’minlasa, ikkinchi tomondan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash bo’yicha sanitar-gigiyenik va epidemiologik ekspertiza o’tkazish chora-tadbirlarni ishlab chiqaradan iborat.


Ovqatlanishning adekvatligini (mutanosibligi)
tekshirish va baholash
Umumiy amaliyot shifokorining asosiy vazifalaridan biri aholining oqilona ovqatlanish mahoratlarini shakllantirish.
Ratsional (to’g’ri) yoki adekvat ovqatlanish bu (lotincha rationalis - oqilona, mazmunli) degan ma’noni bildirib, sog’lom va fiziologik jihatdan to’liq ovqatlanishidir.
Ratsional ovqatlanish inson tanasining energiyaga bo’lgan extiyojini, qayta tiklanishini, biokimyoviy ehtiyojlarini hamda tananing ichki muhitining barqarorligini (gomeostaz) ta’minlaydi va funktsional faollikni saqlaydi.
Ratsional ovqatlanish o’zgaruvchan qiymat bo’lib, jins va yoshga qarab o’zgarib insonlarning etnik kelib chiqishi hamda jismoniy holatiga, psixo-emotsional faollik darajasiga, salomatlik holati hamda tashqi muxit omillariga bog’liqdir. Bu shuni anglatadiki, foydali ta’sirga erishish uchun barcha muhim oziq moddalar ma’lum nisbatda (muvozanatlangan) bo’lishi lozim. Nafaqat etishmovchilik, balki ozuqa moddalarining asosiy guruhlari (oqsillar, yog’lar, uglevodlar) va hatto individual oziq moddalar (aminokislotalar, mikroelementlar, vitaminlar va boshqalar) organizmdagi metabolik jarayonlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Ko’pgina oziq moddalar uchun ularning turli nisbatlari hisoblab chiqilgan va eksperimental sinovdan o’tkazilgan bo’lib, ratsiondagi tarkib va ​​optimal nisbatlari tanlangan.
Adekvat ovqatlanish nafaqat muvozanatli, balki almashinuvning tabiatiga ham optimal tarzda mos kelishi lozim bo’lib, bunga misol qilib: ichak mikroorganizmlari - saprofitlar, ularning massasi 1,5-2,0 kg dan oshishi mumkin. Oshqozon-ichak traktida ichak mikroorganizmlari tomonidan ishlab chiqarilgan va o’zgartirilgan oziq-ovqat substratlarining muhim qismi organizm tomonidan so’riladi va assimilyatsiya qilinadi. Bularga vitaminlar, uchuvchi yog’ kislotalari, lipidlar, aminokislotalar, uglevodlar, nukleotidlar hamda bakteriyalarning hayotiy faoliyati natijasida hosil bo’lgan moddalar kiradi.
Normal (to’g’ri) ovqatlanish ratsionida turli xil ovqatlar (ovqat maxsulotlari) bo’lishi lozim bo’lib, bu ovqatlar tarkibi kundalik ratsionida 6 ta mahsulot guruhi bo’lishi zarur:
1) sut va sut mahsulotlari;
2) go’sht, parranda go’shti, baliq, tuxum;
3) non, don, makaron va qandolat mahsulotlari;
4) yog’lar;
5) kartoshka va sabzavotlar;
6) mevalar, rezavorlar, tabiiy sharbatlar.
JSST va Diyetologlar ovqatlanish bo’yicha mutaxassislarning tavsiyalariga amal qilgan holda, quyidagilarni hisobga olish zarur bo’ladi:

  1. oqsillar tufayli iste’mol qilinadigan oziq-ovqat energiyasi yoshga va mehnat

intensivligiga qarab kunlik ovqatlanishning umumiy energiya qiymatining 11-15% bo’lishi zarur;

  1. oqsilning umumiy miqdoridan hayvonlardan olingan oqsillarning tarkibi 55-60% (og’irlik bo’yicha) bo’lishi lozim;

  2. yog’lardan iste’mol qilinadigan oziq-ovqat energiyasi 26-30% bo’lishi lozim bo’lib, o’simlik yog’larining miqdori 25-30% (og’irlik bo’yicha);

  3. o’simlik yog’lari umumiy oziq-ovqat energiyasining 4-6% ni ta’minlashi kerak;

  4. murakkab uglevodlardan organizm oziq-ovqat energiyasining 58-63% ni olishi zarur;

  5. oziq-ovqat energiyasi bo’yicha oddiy shakar dietaning energiya qiymatining 10% dan oshmasligi lozim.

Ko’pgina vitaminlar va minerallarga bo’lgan talab ham metabolizmning intensivligiga bog’liq. Masalan, B vitaminlariga bo’lgan ehtiyoj ularning energiya almashinuvining fermentativ reaktsiyalarida ishtirok etishi bilan bevosita bog’liq. Energiya almashinuvi qanchalik intensiv bo’lsa, erkin radikal aloqalar shunchalik ko’p hosil bo’ladi va antioksidant ta’sirning vitaminlari va mikroelementlariga bo’lgan ehtiyoj ortadi. Umuman olganda, metabolizm qanchalik yuqori bo’lsa, organizmdagi barcha hujayralarning yangilanish tezligi va plastik materialga - oqsil, yog’ kislotalari hamda ba’zi uglevodlarga bo’lgan ehtiyojlari shunchalik yuqori bo’ladi.
Ratsional ovqatlanishning asosiy tamoyillarini bilish shifokorga bemorning ovqatlanish holatini baholashga, to’yib ovqatlanmaslik bilan bog’liq kasalliklarning belgilarini aniqlashga, ovqatlanishni, ilmiy asoslangan dietani ya’ni parhezni tuzatish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishga imkon beradi.

Yüklə 6,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin