1-jadval
Normal ovqatlanishning adekvatligini gigiyenik baholash
№
|
Ko’rsatkichlar
|
O’lchov birliklari
|
Fiziologik me’yorlar
|
1
|
Energiya qiymati
|
kkal
|
Erkaklar-2000–2400 kkal
Ayollar- 1800–2400 kkal
|
2
|
Hayvon oqsili
|
g
|
70-90
|
3
|
Yog’lar
|
g
|
80-100
|
4
|
Uglevodlar
|
g
|
400-450
|
5
|
Minerallar:
Са
Na
K
Мg
Fe
|
g
mg
|
1-1.2
5-10
1,2-3,5
3-5
10-15
|
6
|
Вitaminlar:
С
В1
А
Д
|
Mg
ME
|
60-100
1-2
1600-5000
400- 500
|
7
|
Kaloriya tarkibi quyidagilarga bog’liq:
Oqsil
Yog’
Uglevod
|
%
|
18
24
58
|
8
|
O’g’irlik bo’yicha nisbatlar O:Yo:U
|
g
|
1 : 1,2 : 4,6
|
9
|
Kaloriya tarkibi:
Nonushta
Tushlik
Tolmachoy
Kechki ovqat
|
%
|
4-maxal
20-25
35-40
10-15
15-20
|
3-maxal
30-35
40–45
–
25–30
|
Ovqatlanish sifatini gigiyenik baholash faqatgina alimentar kasalliklarni oldini olishdagi muhim profilaktik tadbir bo’lib qolmay, balki noto’g’ri ovqatlanish boshqa turdagi patologiya shakllarining kelib chiqishida hamda havfli omil rolini o’tashi mumkin. Shifokor ham sog’lom odamlarni va bemor odamlarning ovqatlanish sifatini baholay olishi kerak. Ovqatlanish sifatini muntazam tibbiy nazorat qilish, birinchi navbatda uyushgan jamoalar, jumladan shifoxonalar, sanatoriyalarda zarur bo’lib, bu yerda ovqatlanishni tashkil qilish maxsus tuzilgan taomnoma asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun shifokor faqat taomnoma tuzishni bilibgina qolmay, balki uni to’g’ri tahlil qila olishi va ovqatlanishni to’g’rilash bo’yicha tadbirlarni tavsiya eta olishi lozim.
Umumiy amaliyot shifokorining muhim vazifalaridan biri aholida oqilona va to’g’ri ovqatlanish ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha bajariladigan ish hisoblanadi.
Oqilona ovqatlanish deb organizmning faqat fiziologik ehtiyojini ta’minlabgina qolmay balki, shu shaxsda yuqori mehnat faoliyatini va organizmning tashqi ta’surotlarga qarshi kurashish qobiliyatini oshira oladigan, faol yashash va mehnat qilish davrini oshiradigan va uzoq umr ko’rishni ta’minlaydigan ovqatlanishga aytiladi.
Oqilona ovqatlanishga bir qator aniq gigiyenik talablar qo’yilib, ularning asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
1. Kunlik ratsion organizmning yoshi jinsi, mehnat faoliyatining turiga muvofiq oziqaviy moddalar va zaruriy energiyaga bo’lgan fiziologik ehtiyojini hamda ayollarning homiladorlik va bolalarini boqish bilan bog’liq bo’lgan talabni qondira olishi zarur;
2. Ratsiondagi ozuqli moddalar bir-biri bilan o’zaro nisbatda bo’lishi lozim. Mas., asosiy ozuqaviy moddalar (oqsillar, yog’lar va uglevodlar) o’rtacha 1:1,2:4,6 yoki yaxlitlanganda 1:1:5 bo’lishi lozim;
3. Kunlik ovqat ratsioniga kiritilgan taomlar yil faslini hisobga olgan holda kun davomida to’g’ri taqsimlangan bo’lishi lozim. Mas., yilning sovuqroq davrlarida nonushta 30-35% ga, tushlik 40-45% ga va kechki ovqatga 25-30% ajratilish zarur. Yilning issiq faslida esa nonushta uchun 20-25%, tushlik -35-40%, tolmachoy 10-15%, kechki ovqatga – 15-20% to’g’ri kelib, ovqat iste’mol qilish sharoiti uyquga yotishdan 2-2,5 soat oldin bo’lishi talab qilinadi;
4. Kunlik ratsiondagi taomlar to’plami turli xil bo’lmog’i zarur bo’lib, shu bilan birga ovqat ratsioniga albatta yil faslini hisobga olib sabzavot va mevalarni qo’shish tavsiya etiladi;
5. Mahsulotlar to’plamini tanlashda organizmning fermentlarga doir holatini, ovqatlanishdagi milliy an’analar inobatga olish zarur;
6. Ratsionga kiritiladigan ovqat mahsulotlari sifatli bo’lishi zarur bo’lib, tarkibida organizmga zarar keltiradigan moddalarni tutmasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: |