O‘zbekiston respublikasi sog‘



Yüklə 6,73 Mb.
səhifə6/35
tarix20.11.2023
ölçüsü6,73 Mb.
#133406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
2. gigiyena Uslibiy qo\'llanma

2-jadval

Taomlar
nomi

Mahs-t
nomlari

Mahs.miqd., g

Oqsil
g

Yog’, g

Karbon-
suv, g

Vit,
mg

Min.mod, mg

Kaloriya
kkal

Nonushta:

Sut

200

6,4

7,8

9,6

126

703

132

Guruchli

Guruch

30

3,8

0,5

19,2










Kasha

Qant

10

-

-

9












AMALIY KO’NIKMALAR
a) Ovqatlanish adekvatligini gigiyenik baholash tartibi:
- Organizmning yoshi, jinsi, ish faoliyati xarakteriga ko’ra jadval bo’yicha oziq-
ovqat moddalari va energiyaga bo’lgan fiziologik ehtiyojini aniqlash;
-1 hafta mobaynida amalda iste’mol qilingan ovqat mahsulotlari haqida ma’lumot
olish;
- ovqat tarkibidagi mahsulotlaming o’rtacha sutkalik miqdorini hisoblash;
- olingan ma’lumotlarni yig’ib, taomnomaga kiritish;
- ovqat mahsulotlaming kimyoviy tarkibi haqidagi jadval bo’yicha ozuqaviy va
energetik qiymatlarni hisoblash;
- olingan natijalarni fiziologik me’yorlarga solishtirish va tekshiriluvchining
ovqatlanish adekvatligi haqida xulosa qilish.
b) Mustaqil ish materiallaridan foydalanib shaxsiy loyihalarning bajarilishi natijalarini rasmiylashtirish:
Hisobot shakli:
-Kirish qismi - oqilona ovqatlanish haqida tushuncha va unga bo’lgan gigiyenik
talablar;
- jins, yosh va jismoniy yuklamalar darajasini hisobga olib talabaning shaxsiy
fiziologik ovqatlanish me’yorlari;
- barcha zaruriy hisob-kitoblar bilan amaldagi taomnomani tuzish;
- gigiyenik talablarni taqqoslash orqali shaxsiy ovqatlanishni baholash;
- oqilona ovqatlanish haqida xulosa va uning kamchiliklari;
- ovqatlanishni muvofiqlashtirish bo’yicha tavsiyalar berish.
Traktor zavodining ishchi va xizmatchilarini davolash va sog’lomlashtirish sanatoriyasida ovqatlanish ratsionining o’rtacha kunlik energiya qiymati va ovqatli moddalarning tutishini hisoblaganda (ishchilarning o’rtacha yoshi -35-45) har bir odamning jinsini hisobga olmaganda, har bir odam uchun kuniga quyidagicha miqdorlar aniqlangan; oqsillar -45g, yog’lar -124g, uglevodlar-590g, С vitamini - 6 mg. Ovqatlanishning kaloriyaliligini o’rtacha - 3500-3800kkal ni tashkil etadi.
Shifoxonada terapevtik bemorlarning kunlik ovqat ratsionidagi ovqat tarkibidagi moddalarni o’rtacha miqdori: oqsillar - 90g, yog’lar -105g, uglevodlar-390g, “C” vitamini -100mg ga teng, shifoxonada uch martalik ovqatlanish tashkil etilgan bo’lib, kaloriyaliligi bo’yicha quyidagicha taqsimlangan; nonushta - 35%, tushlik - 48%, kechki ovqat -17%.
Oqilona ovqatlanishning asosi fiziologik ovqatlanish me’yorlari hisoblanadi. Fiziologik ovqatlanish me’yorlari nutritsiologiya mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, aholining turli guruhlari uchun mo’ljallangan bo’lib, fiziologik ovqatlanish me’yorlari tavsiya maqsadida taklif etiladi.
Ovqatlanishning fiziologik me’yorlari - bu ovqatli moddalar va energiya miqdorlari bo’lib, organizmning yoshi, jinsi, mehnat faoliyatining turiga muvofiq organizmning fiziologik ehtiyojini qondirish uchun belgilangan me’yorlardir. Ovqatlanishning fiziologik me’yorlari quyidagi aholi guruhlari uchun ishlab chiqilgan:
1.18 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlar. Ular 9 ta yosh guruhiga bo’lingan bo’lib, 11 yoshdan so’ng ularning jinsi ham inobatga olinadi. Kundalik ovqat ratsionining energetik qiymati ularning yosh ko’rsatkichlariga muvofiq 1450-1550 kkaldan (1-3 yoshli), 2800-3000 kkalgacha (14-17 yoshli o’smirlar) hisoblanadi;
2. Mehnatga qobiliyatli bo’lgan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan aholi. Ular bajaradigan mehnatning jadalliligi bo’yicha jinsni hisobga olgan holda 5 ta kasbiy guruhga bo’linadilar. Har bir mehnat guruhning o’zi aholini yosh ko’rsatkichlari bo’yicha yana 3 ta guruhga 18-29 yosh, 30-39 yosh va 40-60 yoshdagi aholi guruhiga bo’linadilar.

Yüklə 6,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin