1-jadval
B guruhiga mansub bo’lgan vitaminlarga bo’lgan gigiyenik talab
Vitamin
|
Fiziologik ehtiyoj (mg)
|
Yetishmasligi
|
Manbalar
|
Tiamin (B1)
|
1,1-2,1
|
Beri-beri
|
Donli mahsulotlar, jigar, hamirturush
|
Riboflavin (B2)
|
1,5-2,4
|
Xeyloz, stomatit, glossit, anemiya
|
Sut, no’xat, non, hamirturish
|
Nikotin kislota PP
|
14-28
|
Pellagra
|
Yormalar, no’xat, non, hamirturush
|
Pantoten kislota B3
|
5-10
|
O’rganilmagan
|
Ko’pgina oziq-ovqat mahsulotlarida
|
Piridoksin B6
|
1,8-2
|
Polisimptomlar
|
Hamirturush, jigar, no’xot, bulg’or qalampiri, baliq
|
Biotin N
|
0,15-0,3
|
Dermatit
|
Ko’pgina oziq-ovqat mahsulotlarida
|
Foliy kislota B9
|
200 mkg
|
Anemiya
|
Hamirturish, jigar, poliz mahsulotlari, go’sht
|
Sianokobalamin B12
|
3 mkg
|
Anemiya
|
Jigar, buyrak, go’sht,
baliq, tuxum
|
Biotin - N - vitamini - organizmga kam miqdorda tushganda cheshuykali dermatit kasalligi belgilarini namoyon qiladi, uning kunlik iste’mol me’yori 0,15-0,3mg ga teng. Biotin deyarli hamma ovqat mahsulotlari tarkibida uchraydi.
Foliy kislotasi (B9) vitamini - organizmga kam miqdorlarda iste’mol qilinganda anemiyani keltirib chiqaradi va oxirgi ilmiy ma’lumotlarga ko’ra yurak- tomir kasalliklari- jumladan ateroskleroz, yurakning ishemik kasalliklarini oldini olishda ishtirok etadi. O’zida foliy kislotasini ko’plab tutuvchi mahsulotlar qatoriga duraja, jigar, ko’k sabzavotlar, go’sht va go’sht mahsulotlarini kiritish mumkin.
Vitamin B12 yoki Siankobalamin- bu vitaminga nisbatan organizmda tanqislik kuzatilsa, organizmda pernitsioz kamqonlik kasalligi rivojlanishi mumkin.
Vitaminlar deyarli sintez qilinmaydi va organizmda yig’ilmaydi, natijada ularning miqdori ovqat tarkibida bo’lmasa yoki kamayib ketsa, kasallikning kelib chiqishi muqarrar bo’ladi. Tabiiy vitaminlar o’simlik va hayvon mahsulotlari ozuqa moddalarida uchraydi. Vitaminlar suvda eruvchi va yog’da eruvchi guruhlarga bo’linadi. Organizm uchun amalda 20 vitaminnig ahamiyati katta bo’lib, ulardan 10 tasida fiziologik normalar belgilangan. Ovqat tarkibida vitaminlarning bo’lmasligi avitaminoz va ko’payib ketishdan gipervitaminoz holatlarini keltirib chiqaradi.
Suvda eruvchi vitaminlarningn eng tipik vakili C vitamini yoki askorbin kislotasidir. Bu vitaminga bo’lgan kunlik ehtiyoj uning biologik ta’siridan kelib chiqadi. Organizmga C vitamini kam miqdorda iste’mol qilinsa gipovitaminoz va tushmay qolgan taqdirda "Singa" kasalligi kelib chiqadi. Bunday kasallik holatini oldini olish uchun odam kunlik ovqat mahsulotlari orqali o’rtacha 30 mg askorbin kislotasini iste’mol qilsa kifoya deb qaraladi, ammo organizmning umumiy tonusini oshirish maqsadida kuniga 60-100 mg C vitaminini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Farmakologik ta’sirga erishish uchun esa kuniga 200-600 mg miqdorda iste’mol qilish kerak bo’ladi. Odam organizmida C vitamini hosil bo’lmaydi, shuning uchun uning asosiy manbai ovqat mahsulotlari hisoblanadi. C vitaminini o’z tarkibida ko’p miqdorda na’matak, qorag’at, sitrus mevalari, karam, kartoshka, ko’katlar-selderey, ukrop, petrushka, shovul kabilardir. C vitaminining biologik faolligini hisobga olib, uyushgan jamoalarda - bolalar muassasalari, shifoxonalar, sanatoriyalar, tug’ruqxonalar, nogironlar uyi, qariyalar uyi kabilarda ovqatlarni vitaminlashtirish tavsiya etiladi, jumladan sutni vitaminlashtirish yoki uchinchi ovqat hisobida meva sharbatlarini berish tavsiya etiladi.
Nazorat savollari:
Vitaminlar haqida tushuncha, ularning fiziologik roli va tasnifi?
Avitaminoz, gipovitaminoz, gipervitaminoz deganda nima tushuniladi?
Odamda C gipovitaminozi holatida namoyon bo’ladigan asosiy belgilar?
Vitaminlarga bo’lgan fiziologik ehtiyojlar;
Vitaminlarni to’liq saqlash uchun ovqat mahsulotlarga qanday ishlov beriladi?
Organizmning vitaminlar bilan ta’minlanganligini aniqlash usullari?
Tayyor ovqat mahsulotlarida vitamin «C» miqdorini aniqlash usullari?
Gipovitaminozlarning oldini olish choralari?
Dostları ilə paylaş: |