O‘zbekiston respublikasi sog‘


OVQAT MAHSULOTLARINING SIFATINI GIGIYENIK BAHOLASH



Yüklə 6,73 Mb.
səhifə15/35
tarix20.11.2023
ölçüsü6,73 Mb.
#133406
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
2. gigiyena Uslibiy qo\'llanma

OVQAT MAHSULOTLARINING SIFATINI GIGIYENIK BAHOLASH
Umumiy amaliyot shifokorining asosiy vazifalaridan biri ovqatdan zaharlanish xodisalarini oldini olish bo’yicha ishlar va aholida oqilona ovqatlanish mahoratlarini shakllantirish, xususan sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishga o’rgatish hisoblanadi. Bu ishlar asosan tez buziluvchi ovqat mahsulotlariga taaluqli bo’lib, birinchi navbatda sut, sut mahsulotlari, go’sht va go’sht mahsulotlari hisoblanadi. Bu mahsulotlar ham sog’lom va ham bemorlar uchun eng asosiy ovqat mahsulotlari qatoriga kirib, ular muayyan sharoitlarda juda og’ir kechadigan ovqatdan zaharlanish xodisalariga sababchi bo’lib qoladi, xususan - konservalar, botulizmning kelib chiqishidagi asosiy sababchi mahsulot bo’lib qoladi.
Inson ovqatlanishi uchun foydalanadigan ovqat mahsulotlari, bu mahsulotlarning to’plami miqdor va sifat jihatdan to’la qiymatli, turli tuman va yaxshi ta’m ko’rsatkichlariga ega bo’lishi kerak. Iste’mol qilinadigan ovqatlar hayvon mahsulotlari (go’sht, baliq, sut, tuxum) va o’simlik mahsulotlari (don-dun, sabzavot va mevalar)ga bo’linadi. Har qanday ovqat mahsuloti muayyan ovqatli qiymati bilan ta’riflanadi. Mahsulotning ovqatli qiymati uning tarkibidagi u yoki bu ko’rinishdagi oziqali moddalarning miqdoriga bog’liq holda o’zgaradi. Ovqat mahsulotlari tarkibidagi oziqali moddalarning miqdoriy ko’rsatkichlari organizmning ehtiyojini qondira olishi lozim. Ko’pgina ovqat mahsulotlari turli xildagi oziqali komponentlarni o’z tarkibida tutadi. Shuning uchun u yoki bu turdagi mahsulotning ustunligi uning energiya manbai, plastik materialligi, vitaminli va mineral moddalarga boyligi bilan ahamiyatlidir.
Hayvon mahsulotlari avvalam bor plastik materiallar manbai, non va yorma mahsulotlari, yog’lar esa energetik manba, sabzavot va mevalar bo’lsa, organizmga faol komponentlarning kirish manbai hisoblanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari yangi, mikroblar bilan zararlanmagan, ifloslanmagan, tabiiy tarkibi qoniqarli, sanitariya qonunlariga zid bo’lmaydigan va taqiqlangan qalbakilashtirish hollari bo’lmasligi, tarkibi mexanik qo’shimchalardan holi bo’lishi kerak.
Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida O’zbekiston respublikasida ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, etishtirish, ularga ishlov berish, ularni tashish, saqlash realizatsiya jarayonlarining sifatli bo’lishini muntazam nazorat qilish uchun sanitariya-veterinariya nazorati tashkil etilgan bo’lib, Sanitariya epidemiologik osoyishdalik va jamoat salomatlik xizmati (SEO va JS) xodimlari tomonidan nazorat qilinadi.

Yüklə 6,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin