Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
6.1.11. agar Avtorizatsiya amalga oshirilganidan so‘ng sotuv sodir bo‘lmasa Avtorizatsiyani bekor
qilish uchun Bank PM bilan zudlik bilan bog‘lanish va SSK ushbu shartlarni bajarmagan holatda
Bankka yetkazilgan zararni qoplab berish;
6.1.12. har bir xonasida Bank taqdim etadigan reklama belgilarini joylashtirish va istisno tarzida
Karta SSK tomonidan to‘lov vositasi sifatida qabul qilinishini ko‘rsatish uchun Bank ruxsat bergan
nom va tasvirlardan foydalanishi;
6.1.13. Yo‘riqnomani bajarish, Umumiy shartlar predmetiga tegishli xalqaro to‘lov tizimlarining
qoidalariga rioya qilish;
6.1.14. Kvitansiya/Kredit Vaucherlarning uchinchi nusxalarini ular rasmiylashtirilgan ondan 3 yil
Ichida saqlash va Bankning birinchi talabi bo‘yicha ularni 3 kun Ichida Bankka taqdim qilish;
6.1.15. agar Avtorizatsiya vaqtida Bankdan mos keluvchi buyruq olingan va Terminalning
Chekida “Pick Up Card (Kartani olib qoling)” turdagi xabar chiqsa to‘lov sifatida taqdim qilingan
shubhali Kartani barcha qonuniy usullarda to‘xtatib qolish. Bunda Sotuvchi Karta olib qolinganligi
to‘g‘risida Banka zudlik bilan xabar qilishi lozim;
6.1.16. Tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun faqat Bank o‘rnatgan Qurilmadan foydalanish;
6.1.17. Bankning birinchi yozma talabi bo‘yicha 3 bank ish kuni Ichida Qurilmani unga qaytarish;
6.1.18. Bankdan xabar olgandan so‘ng 5 bank kuni ichida Bank Umumiy shartlar va
Yo‘riqnomaga muvofiq, shuningdek agar amalga oshirilgan Tranzaksiyalar SSK ko‘rsatgan
faoliyat turiga mos emasligi qayd etilgan holatda SSK dan talab qilish huquqiga ega bo‘lgan har
qanday Tranzaksiya bo‘yicha summani qaytarish;
6.1.19. Bank SSK ga bergan Qurilmaning saqlanishi va vazifasiga ko‘ra ishlatilishini ta’minlash;
6.1.20.
Bankka Qurilmaning buzilishi, zarar yetishi va ishdan chiqishining barcha holatlari
bo‘yicha o‘z vaqtida xabar berish;
6.1.21. taqdim etilgan Qurilma yo‘qotilgan yoki unga zarar yetkazilgan holatlarda uning qiymatini,
shuningdek barcha jarimalarni Bank Tarifiga muvofiq to‘lab berish;
6.1.22. Bankning talabiga ko‘ra, SSK ga Bank tomonidan vaqtincha beg‘araz foydalanishga
berilgan Qurilmaga zarar yetgan-singan holatda qurilma uchun xarajatlarni 1-Ilovaga
muvofiq
stavkalarda to‘lab berish;
6.1.23. Bankka uning talabi bo‘yicha 1-Ilovaga muvofiq stavkalar bo‘yicha Qurilma
yo‘qotilganligi yuzasidan kompensatsiyani to‘lab berish.
6.1.24. Bankdan yozma so‘rov olgan onidan 3 bank kuni ichida Bankka SSK qo‘l ostida bo‘lgan
barcha hujjatlarni Tranzaksiyalar bo‘yicha tergov o‘tkazish uchun taqdim qilish;
6.1.25. Kartalardan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish va ularni aniqlash uchun
vaqti-vaqti bilan Bank so‘rovi bo‘yicha Bankni ikkala tomonning fikricha oqilanona bo‘lgan
yordam bilan ta’minlash;
6.1.26.
SSK ning rekvizitlari, faoliyat turi, Qurilmaning joylashgan joyi va h.k. bilan bog‘liq
barcha o‘zgarishlar to‘g‘risida Bankka zudlik bilan, yozma ko‘rinishda xabar berish;
6.1.27. Karta Egasiga Kredit-Vaucherlar bo‘yicha barcha summalarni to‘lab berish.
6.1.28. Bankning mas’ul xodimlariga SSK sotadigan tovar va xizmatlarning xarkateri va turi
haqidagi ma’lumotlarni
taqdim etish, shuningdek Kartalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha SSK
faoliyatini nazorat qilish imkoniyatini taqdim etish.
6.1.29. SSK amaldagi qonunchilik, mazkur Umumiy shartlar va xalqaro to‘lov tizimlarining
qoidalariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega.
Dostları ilə paylaş: