Yangi dalillar, hayratomuz voqealar to‘g‘risida bilish qiziqarli
2.
Kishilarning hayoti va faoliyati to‘g‘risida bilish qiziqarli
3.
Voqealarning kelib chiqish sabablarini bilish qiziqarli
4.
Bu predmet bo‘yicha o‘qituvchining tushuntirishini tinglash qiziqarli
5.
Darsda va uyda masalalarni yechish, mashqlar va amaliy ishlarni bajarish, jadval, xarita va sxemalarni to‘ldirish qiziqarli
6.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘zing topish, xabarnoma tayyorlash, sinf oldida chiqish qilish qiziqarli
7.
Hodisalarning mohiyatiga tushuntirishlar topish, muammoni qo‘yish va uni hal qilish, tadqiqot olib borish qiziqarli
8.
O‘qituvchining g‘ayrioddiy dars berishi va o‘quvchilarni o‘ziga jalb qila olishi qiziqarli
9.
Men bu predmetni oson o‘zlashtiraman, u shuning uchun qiziqarli
10.
Bu predmet mening qiziqishlari doirasini to‘ldiradigan boshqa predmetlar bilan bog‘langan
11.
Bu predmetdan baho olish oson, shu sababli u men uchun qizqarli
12.
Predmet to‘liq irodali bo‘lishni va fikrlarni bir nuqtaga to‘lashni taqozo qilishi bilan men uchun qiziqarli
“O‘quv predmetlarini o‘zlashtirishga bo‘lgan motivatsiyalarni aniqlash” nomli anketa (N.A.Shamova)
Hurmatli, o‘quvchi! Jadvalda berilgan maktab o‘quv predmetlarini o‘zlashtirishingiz uchun sabab bo‘lgan motivlarini qayd qiling!
Predmetlar:Informatika Astronomiya Ekologiya Jismoniy tarbiya
Hayot xavfsizligi asoslari
Chizmachilik
“Iqtisodiy bilim asoslari” Jamiyatshunoslik Matematika
Motivlar:
Predmet mazmunining qiziqarli ekanligi Darslarning qiziqarli o‘tilishi
O‘quv predmetining amaliy ahamiyatga egaligi O‘qituvchini hurmat qilishim
Qo‘shimcha bilimlarni egallashni xohlashim
“O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyatlarini aniqlash” nomli anketa (N.A.Shamova)
Diqqatning dars vaqtidagi holati: doimo yuqori; ba’zan yuqori – ba’zan past; tez-tez bo‘linadi; diqqatni jamlash qiyin.
Darslarda topshiriqlarni bajaradi: to‘la holda; xohishiga qarab, qachonki, topshiriq qiziqarli, oson, tushunarli, o‘ziga xos bo‘lsa va ijodiy yondashuvni taqozo qilsa; qisman, onda-sonda.
O‘qituvchining tushuntirishini diqqat bilan tinglaydi.
Qiziqarli savollar beradi.
Yozma va og‘zaki matnlarda o‘ziga xos mulohazalarni bildiradi.
Ijodiy topshiriqlarni sidqidildan bajaradi.
O‘quv predmeti bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlarga qatnashadi.
Mikroguruh (sinf)dagi o‘rni: yetakchi rolini bajaradi, sustkash, muhokamalarda faol ishtirok etadi.
Sidqidildan: doskada javob beradi; ijodiy topshiriqni bajaradi; yozma ishlarni bajaradi.
O‘quv predmet o‘zlashtirganman deb hisoblaydi: chuqur; yetarlicha; qisman.
O‘quv predmeti bo‘yicha yuqori baholarni olishni yaxshi ko‘radi.
Bordi-yu, o‘qituvchi o‘quv faoliyatidan norzi bo‘lsa, u holda tashvishga tushadi.
O‘quv materiallarini kerakli sur’at (zarur vaqt)da o‘zlashtira olmayapman, shu sababli o‘qituvchining maxsus yordamiga ehtiyojim bor.
Topshiriqlarni bajara olaman: istalgan murakkablikdagi; yetarlicha murakkab bo‘lgan; o‘rtacha murakkablikdagi; oddiy masalalarni.
O‘quv topshiriqlarini va ularni bajarishni yoqtiraman: mustaqil; ota- onamning yordami bilan; o‘qituvchining yordami bilan; sinfdagi tengdoshlarim bilan birgalikda.
O‘qituvchiga assistent, yordamchi sifatida ko‘maklashadi.
Turli hayotiy va muammoli masalalar bo‘yicha o‘qituvchi bilan maslahatlashishni yoqtiradi.
Shunday qilib, pedagogik diagnostikaning muhim tarkibiy elementi, tashxislash natijasida aniqlangan salbiy holatlarni bartaraf etishning natijasi korreksiyalash (pedagogik tuzatish) sanaladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ko‘p kuzatiladigan salbiy hodisalar fanlarni o‘zlashtira olmaslik hamda xulqiy me’yordan og‘ish sanaladi. Pedagogik tashxislash natijalariga ko‘ra tashkil etiladigan korreksiyalash (pedagogik tuzatish) fanlarni o‘zlashtira olmaslik hamda xulqiy me’yordan og‘ish kabi salbiy holatlarni to‘liq yoki qisman bartaraf qilish imkonini yaratadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kuzatiladigan fanlarni o‘zlashtira olmaslik o‘quvchining o‘qish, hisoblash, tahlil qilish va sintezlash qobiliyatining pastligi, mantiqiy fikrlash olmaslik, fikrni og‘zaki hamda yozma bayon qila olmaslik kabilar bilan izohlanadi. Fanlarni o‘zlashtira olmaslik bir qator pedagogik, ijtitmoiy, psixologik va biologik sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Korreksiyalash (pedagogik tuzatish)da fanlarni o‘zlashtira olmaslikni keltirib chiqaruvchi sabablarni o‘rganish, uning darajasini tashxislash muhim ahamiyatga ega. Maqsaddan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtira olmasligini korreksion faoliyat bir necha bosqich (pedagogik tashxislash, pedagogik konsilium, tibbiy tekshirish va tahlil, ota-onalar uchun psixologik-pedagogik maslahat, korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar, pedagogik refleksiya, pedagogik strategiya)da amalga oshiriladi.