Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
chelak buloq suvi ichgan edi, ichayotgan damda ham ichi kuymagandi. Endi tashnalik 
kuch ko‘rsatdi. Beixtiyor suv, deb pichirladi. Yana yuziga suv tomdi, yana chelakdan 
simirdi. Birdan... chelakni tushirib yubordi. Seskandi. Shu seskanish asnosida ko‘zini 
ochdi. Xira parda ortida oq shiftni, oq shiftning bir parchasini to‘sib turgan opachoq 
burunli notanish yuzni ko‘rdi. 
— E, bormisiz paxan, ko‘zni oching. Shu yurak bilan yuribsizmi, paxanman, deb. 
Pachoq burunli yuz kulimsiradi. Bu yuz mana shu pachoq burunni ko‘tarib yurishdan 
boshqa narsaga yaramasdi. O‘lim chohidan iziga qaytgan Jahongir ko‘zini ochib, shu 
nojo‘ya kashfiyotni ko‘rdiyu ko‘ngli behuzur bo‘ldi. Yaxshi hamki bu pachoq burun 
shunchaki kulimsiradi, ishshaymadi. Uning ishshayganini ko‘rgan yuzlab odam necha 
kun, necha tun yo uxlamaydi, yo ovqat yemaydi — bunisi Yaratgangagina ma’lum. 
— Paxan, qutulib chiqqandan keyin bir eriydigan bo‘ldingiz. Jahannamning og‘zidan 
shart tortib oldim o‘zim. 
— Bekor... qilibsiz... 
Jahongirning og‘zidan bazo‘r chiqqan bu gapni eshitib pachoq burun unga g‘alati 
qarab oldi. 
— Odam zotiga yaxshilik yoqmaydi, — dedi u to‘ng‘illab. — Jahannamning og‘zidan 
tortib oldim, desam, «bekor qilibsiz» deydi. O‘, paxan, rahmat demasangiz ham mayli. 
Lekin o‘ladigan bo‘lsangiz, bu yerda o‘lmang, boshqa joyga bori-ib... yoki juda shu 
katakda o‘lgingiz kelsa, men chiqib ketgandan keyin bemalol jo‘nayvering, — u uzun 
hushtak chalib qo‘ydi, — o‘sha yoqqa. U yoqda oshna-og‘aynilar ko‘p, salom aytasiz 
bizdan. Shoqolning ishlari besh, yaqin orada bu yoqlarga kelmaydi, kutmalaring, deysiz. 
Shoqol — bu menman. Shoqosim desangiz it ham tanimaydi. Shoqol desangiz 
hammaning og‘zi ochilib qoladi. Bu dunyo hali Shoqolday o‘g‘rini ko‘rmagan. 
— O‘g‘rimisiz?.. — deb so‘radi Jahongir. 
— O‘g‘riman, paxan. O‘g‘ri bo‘lganda ham zo‘riman. Buni yashirmayman. Qo‘lidan 
kelsa ushlasin, qamasin. Bir zang‘arga ro‘baro‘ kelmaganimda ushlolmasdiyam, 
qamamasdiyam. Xitoydan kelganlardan bittasining iziga tushuvdim. Loyiniyam, 
tillasiniyam isini oluvdim. 
— Kim? — Jahongir bo‘g‘ilib, ko‘zi katta-katta ochildi. 
— Kimligini bilmayman, paxan. Oqdo‘ppi mahallada uyi. Tanishlardan bormi u yerda? 
— Yo‘q. 
— Xullas, payt poylab ketiga tushdim. Mo‘ljalim bo‘yicha uyda bir yigitcha qolishi 
kerak edi. Lekin u yigitcha emas, azroilvachchaning o‘zi ekan. Yarim kechada uyni ship-
shiydam qilib chiqayotsam, ro‘paramda turibdi. E, bunaqalarni bir kalla qilib enasinikiga 
jo‘natvorardim. Endi kalla qilaman, desam, qo‘lini bir balo qilib aylantirdi, bir balo deb 
chinqirdi, qo‘li aylanib turib, oyog‘i jag‘imga qanday tushdi, hayronman. Bir nafasda 
dabdalamni chiqardi. Urishga urdi-yu, anavilarga «hech narsa olmadi», dedi. Bu 
ahvolimni yengillashtiradi, ko‘p o‘tirmayman. Lekin «hech narsa olmadi», deb o‘zlari 
ham qutulib qolishdi-da. Tillayu «loy»lar bularning hujjatlariga tirkalsa, naq enasini 
ko‘rardi-da. U bo‘ldi, bu bo‘ldi, jag‘im singani qoldi. Mana, xudo, deb o‘tiribman. 
Hukumatimiz odil-da, avval tuzatadi, keyin qamaydi. Siz o‘lib ketaversangiz ham 
bo‘lardi, lekin sizni tuzatishadi. Chunki sizni otishlari kerak. O‘zingizdan o‘zingiz o‘lib 
qolsangiz kimni otishadi? Nima bilan tushganingizni eshitdim, paxan. Boradigan yeringiz 
tayin. Lekin xafa bo‘lmang. Bitta boshga bitta o‘q. Boshqasining keragi yo‘q. Menga ham 
atalgani bordir. Hozir yo‘q bo‘lsa, zavodda atay Shoqolga atab allambalo o‘q 
yasalayotgandir. Hali u tomonlarda ham uchrashib qolamizmi... — U ishshaydi. Jahongir 
uning aftini, sarg‘aygan so‘yloq tishlarini ko‘rib ko‘zlarini yumib oldi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin