Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
qo‘rqmang. Men Burgutman, o‘laksa yeydigan quzg‘un emasman. Tozidullinning qarzi 
bor edi. Shuni berdi. Qarib, xotirasi parishon bo‘lib qolgan ekan, o‘zim qistab keldim. 
— Men-chi? Meni nimaga sudradingiz, uni qo‘rqitish uchunmi? 
— Hamshahar, har bir tirik jonga hamroh kerak. Baribir bekor o‘tirgan edingiz, 
bahonada olam-jahonni ko‘rdingiz, qorinni to‘qlab oldingiz. 
Jahongirga bu gap malol kelib to‘xtadi. Xaltani ochib tugunchani oldi-da, Burgutga 
uzatdi: 
— Mang, men haromga toqat qilolmayman. 
— Nimasi harom? Cho‘chqa go‘shti aralashmagan bularga. 
— Birovni norozi qilib olingan non menga botmaydi. 
Burgut Jahongirga sinchkovlik bilan nazar tashladi. 
— Bolshevik desam, basharang o‘xshamaydi, — dedi u sensirab, — lekin gapingdan 
bosheviklarning isi kelib turibdi. Sen oliftagarchilik qilma, og‘ayni. O‘lib yotgan odamlarni 
ko‘rmadingmi? Hammasi bir tishlam nonga zor bo‘lib o‘lgan. Sen bola-chaqangning 
oldiga tirik yetib olishingni o‘yla. 
Jahongirning tuguncha uzatgan qo‘li muallaq qoldi. 
— Xaltangga solib qo‘y, tura tursin, senga yoqmasa o‘zim yeyman, — u shunday deb 
yurdi. Jahongir tugunchani xaltasiga noiloj joylab, unga ergashdi. Burgut oldinda, 
Jahongir yarim qadam orqada borardi. Chetdan qaragan kishi mansabdor odam 
xizmatkorini boshlab ketyapti, deb o‘ylardi. 
— Sen Tozidullinga achinyapsan, shekilli? — dedi Burgut Jahongirga qaramay, — u 
noninigina emas, jonini ham berishi kerak edi. Joni siylovga qoldi. U hozir seni ham, 
meni ham duo qilib o‘tiribdi. Sendan yashirmayman, bilib qo‘y: men o‘g‘riman. 
O‘zimning ishimga halolman. Bu marazi g‘irromlik qilib qochgan edi. O‘zbekning nonini 
tuya qilmasin, deb izlab keldim. Bu pulni o‘sha yoqda topsam ham bo‘lardi, lekin 
g‘irromga toqat qilolmadim. 
— O‘g‘rilik gunoh, birovning moliga ko‘z tikish gunoh, — dedi Jahongir. 
— Nima-a? — Burgut yana to‘xtadi. — Hey, esing joyidami o‘zi? Bu zamonda gunoh-
savob degan narsa qolibdimi? Necha yil o‘tirganingni bilmayman-u, ammo aqling 
kirmabdi. Sen qamoqda o‘tirmagansan, bolsheviklarning maktabida o‘qigansan. 
Bolsheviklaringizni bilmayman, ammo islomda o‘g‘rilik gunoh. 
— Nima, sen mullamisan? Mulla bo‘lsang peshonangga nima uchun yozdirib olding? 
— Mulla emasman, musulmon farzandiman. Yozuv... shayton yo‘ldan urdi. Nima deb 
yozilganini bilasanmi? 
— Menga buning qizig‘i yo‘q. 
— «Alqasosu minal haq» deyilgan. Bu «Qasos Haqdandir» degani. 
— Tushunarli. Demak, kimdadir qasding bor. Lekin, og‘ayni, sening ishing chatoq. 
Hozir hamma xudosiz bo‘lib ketgan. Bu gaplaringni birov sariq chaqaga ham olmaydi. 
Shuning uchun boshimni og‘ritma. Men o‘zimning qonunimga bo‘ysunaman. 
Bolsheviging bilan ham, isloming bilan ham ishim yo‘q. Hozir machitlarda mol boqadigan 
zamon. 
— Machitga til tekkizma! — Jahongir shunday deb uning yoqasini changalladi. 
— Qo‘lingni tort, ahmoq, — dedi Burgut uni siltab tashlab, — borarsan, o‘zing 
ko‘rarsan ahvolni. — Burgut shunday deb yurdi. 
— Shunga yo‘l qo‘yib yuribsizlarmi? 
— Menga nima? Men o‘zimga yarasha mustaqil davlatman. Boshqa davlat bilan ishim 
yo‘q. Menga Nekolay poshsho bo‘ldimi, Kerenskiymi, Leninmi, Stalinmi — farqi yo‘q. 
Menga ov ovlaydigan ovloq bo‘lsa, bas. Poshsholar ham, bolshevik ham menga toqat 
qilolmaydi. Men ham ularni birday yomon ko‘raman. Sen poshsholikni yaxshi ko‘rasan. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin