-
suv bilan yuvish. Sanoatda xom-ashyoni va mahsulotlarni yuvishda
foydalanilgan suvlar.
-
suvli eritmalar. Bunday eritmalar mahsulotlarni suvli muhitda olish yoki qayta
ishlash jarayoni natijasida hosil bo`ladi. Kristallash natijasida hosil bo`lgan chiqindi
suvlari mineral birikmalar va boshqalar bilan ifloslangan bo`ladi. Suvni ekstragent
yoki absorbent sifatida ishlatilishi natijasida ma`lum
konsentrasiyadagi kimyoviy
birikmalarga ega bo`lgan eritmalar hosil bo`ladi.
Chiqindi suvlarni quyidagi usullar bilan tozalash mumkin: fizik-mexanikaviy
usullar (tindirish, filtrlash,...); fizik-kimyoviy usul (adsorbsiya, ekstrasiya, suv
bug`i bilan haydash,…); termik usul (Masalan,quruq qoldiq holidagi organik qismni
yondirish yoki bug`latish); kimyoviy usul (neytrallash, cho`ktirish) va biokimyoviy
usul.
Tindirish jarayoni yordamida suv tarkibidagi dag`al
dispers moddalar suv
tubiga cho`ktiriladi. Bu jarayon to`xtovsiz ishlovchi tindirgich (betonli rezervuar)da
olib boriladi.
Kimyoviy usullar yordamida kalsiy va magniy tuzlarni yo`qotish bilan suvning
yumshoqligini ta`minlash mumkin. Bu usulda erimaydigan, cho`kmaga tushadigan
kalsiy va magniyning tuzlarini hosil qiluvchi reagentlar suvga qo`shiladi.
Qo`llanilayotgan reagentga qarab: so`ndirilgan ohak usuli, sodali usul,
fosfat
(trinatriyfosfat) usuli, natron (o`yuvchi natriy) usullariga bo`lish mumkin.
Jarayon davomida quyidagi reaksiyalar boradi:
1. So`ndirilgan ohak yordamida ishlash (vaqtinchalik qattiqligini yo`qotishda)
Ca(HCO)
2
+ Ca(OH)
2
→ CaCO
3
↓+ 2H
2
O
2. Soda bilan ishlanganda (suvni doimiy qattiqligini yo`qotishda)
Na
2
CO
3
+ CaSO
4
→ CaCO
3
↓+ Na
2
SO
4
3. Trinitriyfosfat bilan ishlanganda (Sa
2+
va Mg
2+
kationlari, 3 mg∙ekv/dm
3
gacha miqdorda cho`ktiriladi)
Na
3
PO
4
+ Ca
2+
→ Ca
3
( PO
4
)
3
↓+ 2 Na
+
Na
3
PO
4
+ Mg
2+
→ Mg
3
( PO
4
)
3
↓+ 2 Na
+
Kalsiy va magniy fosfatlarining eruvchanligi nihoyatda kichkina bo`lganligi,
fosfat usulini yuqori samaradorligini belgilaydi.
Hozirgi kunda chiqindi suvlarning jonli tabiat uchun zarari tobora ortmoqda.
Har bir korxona ajratadigan chiqindi suvlarning tarkibida tutiladigan zaharli
moddalarni tegishli korxonalar uchun ma`lum bir sanitar normalari mavjud. Hozirgi
davrgacha va bundan keyin ham chiqindi suvlarning tozalashni yangi,
samarali
usullarini yaratish, kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarida yuqori darajada
tozalashni ta`minlovchi, suv tozalashga mo`ljallangan
uskunalarni yaratish xalq
xo`jaligini asosiy muammolaridan biri bo`lib qolmoqdi.
Shunday muammolar O`zbekiston sharoitida ham mavjud va dolzarb
vazifalar qatoriga kiradi. Orol muammosi asrimiz muammosi bo`lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: