Kimyo sanoatida suv va energiya manba’lari Tabiiy suvlarning manbalari va tavsiflari


havo sovutgichlariga almashtirish; 3. oqova suvlarni tozalash va qayta



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/11
tarix20.12.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#121520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kimyo sanoatida suv va energiya manba’lari Tabiiy suvlarning man

havo sovutgichlariga almashtirish; 3. oqova suvlarni tozalash va qayta 
ishlatish
Sanoatda foydalaniladigan suvning 45 % gacha miqdori issiq almashtirgichlarda 
sovutish maqsadida ishlatiladi. Bu suv u qadar ko`p ifloslanmaydi va ko`p martalab 
qayta ishlatilishi mumkin. Buning uchun har gal ishlatishdan oldin gradirlarda (issiq 
suvni yuqoridan sachratish orqali sovutadigan minorasimon qurilma) va suvni 
sachratib, sovutish havzalarida (bunda maxsus quvurlar orqali issiq suv yuqoridan 
ochiq hovuzlarga, dushdan suv oqqanidek sachratish yo`li bilan sovutiladi) 
sovutiladi. 
Ishlatilgan suv neftni qayta ishlash sanoatida keng qo`llaniladi. Masalan, 1965-
1970 yillarda 1 t neftni qayta ishlash uchun 10 m
3
suv sarflanar edi. Hozirgi paytda 
esa faqat 1.15-1.18 m
3
suv sarflanadi xolos. 
Yopiq sistemali suv ta’minoti asosida ishlovchi korxonalarning suvi ishlatilib 
bo`lgach, chiqarilib avval tindiriladi, aralashgan qattiq zarralar ajratib tashlanadi. 
Qisman tuz va reagentlarda tozalanadi, so`ngra yana texnologik jarayonga 
yuboriladi. Bunda faqat bug`lanib ketgan suv o`rni toza suv qo`shish bilan to`ldirib 
turiladi xolos. Yopiq sistemali suv ta’minoti asosida ishlaydigan korxonalar mis 
suyuqlantirib olinadigan kombinatning, misni boyitish fabrikasini misol qili keltirish 
mumkin. Sanoatda suv sarfini katta miqdorda kamaytirish imkonini beradigan 
yo`nalish suvni sovutgichlarni havo sovutgichlariga almashtirishdir. Kam chiqindi 
chiqaradigan texnologiyani suv ishlatilmaydigan texnologik jarayonlarni joriy 
qilishdir. 
 
 
 


Energiya. 
 
Kimyo sanoati juda ham ko`p energiya sigimiga ega. Shunday kimyoviy 
sanoatlar borki, energiya tannarxning 80-90% ni tashkil etadi (elektrolizda, xlor va 
H
2
larni olishda).
Hozirgi paytda energiyani asosan Organik moddalarni yondirish asosida 
oladilar. Bu juda ham xom ashyoni bekorga sarflanishiga olib keladi. Chunki tabiiy 
gaz, neft kimyo sanoati uchun yaxshi xom ashyo hisoblanib, undan sintetik 
mahsulotlar, plastmasalar, tolalar, organik mahsulotlar, kauchuklar, buyoqlar, 
erituvchilar va boshqa muhim mahsulotlar olinadi. 
Kimyoviy texnologiyada energiya katta miqdorda sarflanib, hozirgi paytda 
butun dunyo buyicha hamma sanoatda energiyaning sarflanishi 40% neft va neft 
mahsulotlari orqali, 19-20% tabiiy gaz orqali, 24-25 % ko`mir orqali va 7% 
gidroenergiya orqali bajariladi. Qolgan boshqa tipdagi energiyalar yadro 
energiyalari, quyosh energiyasi, geotermal energiyasi va shamol energiyasi qariyib 
4% ni tashkil etadi. Ko`p davlatlarda (Kanadada) elektroenergiya ishlab 
chiqarishning 60-70 % ni gidrostansiyalar tashkil etadi. hamdo`stlik davlatlarida esa 
elektroenergiya ishlab chiqarishning 20% gidrostansiyalar orqali bajariladi, 
O`zbekistonda gidrostansiyalar juda oz ular faqat Chirchiq (Chorvoq GESi), boshqa 
hamma stansiyalar issiqlik stansiyalaridir. O`zbekistonda energetikaning 
mavjudligi va rivojlanishi asosan gaz sanoati orqalidir. 
Bizga ma`lumki O`zbekistonda esa neft Farg`ona vodiysi va Qashqadaryo 
viloyatidan qazib olinadi. Ko`mir sanoati asosan Toshkent viloyatida rivojlangan, 
Angren tizmalarida uncha sifatli bo`lmagan ko`mir qatlamlari juda ko`p. SHuning 
uchun Angrenda katta elektrostansiyalar qurilib, ko`mirning o`zini tashimasdan 
elektroenergiya yuboriladi. Bundan tashkari shu stansiya yonida katta g`isht va blok 
ishlab chiqarish sexlari qurilgan. Hozirgi paytda Markaziy Osiyo davlatlarida 
quyosh energiyasidan foydalanish yaxshi natijalar beryapti. Masalan,issiqxonalarni 
isitishda, suv isitishda hamda cho`l zonalarida kichik muhim tarmoqlarni 
rivojlantirishda ishlatiladi. 
Hozirgi paytda shamol energiyasidan foydalanish ham yaxshi natijalar 
beryapti. Masalan, Bekobod tog` tizmalarida Tojikistonning Xo`jand xududlariga 
kirish joylarida shamoldan energiya olish uskunalari qurish mo`ljallanmoqda. 
Buning uchun bir necha mutaxassilar Gollandiya davlatiga borib kelishdi. Hozirgi 
paytda kimyoviy texnologiyada energiyani saklash va unumli ishlatish uchun 
kimyoviy reaksiyalarning energiyasidan foydalanish yaxshi natijalar bermokda. 
Bundan tashqari kimyoviy texnologiya jarayonida kimyoviy reaksiyalar oraligida 
ishlab chiqarilgan mahsulotni sovo`tish yoki reaksiyaga kiradigan xom ashyoni 
isitish uchun qaramakarshi yo`nalishlardan foydalanib xar xil asbob - uskunalar 
ishlatilmokda. Masalan,shunday asbob-uskunalardan biri ekonomayzer qozonla-
ridir. 


Kimyo sanoatida energiyani to`liq ishlatish uchun ekzotermik va endotermik 
reaksiyalarni o`z joyiga ishlatish kerak, ya`ni reaksiya natijasida hosil bo`lgan 
energiya to`g`ri dan-to`g`ri reaksiyani tezlashtirish uchun ishlatish kerak. Bundan 
tashkari ba`zi holatlarda alohida isitgich va sovutgich qurilmalari ishlatiladi. 
Masalan,sulfat kislota olish paytidagi sulfat angidridi olish uchun sulfid angidridini 
tozalab, uni 600- 700 C dan 30-40 C gacha tushirish kerak va yana tozalangan sulfid 
angidridini qayta isitish kerak. Bu uchun alohida moslamalarda ikkita gazni bir-
biriga qarshi yo`naltirib, moslamada esa issiqlik o`tkazish katta bo`lgan to`siklar 
ishlatish kerak. 
Hozirgi paytda kimyo sanoatida juda ham issiqlik talab qiladigan sanoatlarda 
shisha tolalardan qilingan (steklovolokno) g`ovak qoplamalar ishlatiladi. Bunaqa 
qoplamalar sovuq haroratli zonalarda ishlatadigan qurilma va uskunalarda bo`lishi 
mumkin. Masalan,havoni rektifikasiyalab kislorod va azotga ajratish paytida. 
Hozirgi zamon energetikasi kompleks ravishda rivojlanish kerak, ya`ni katta 
energiya ishlab chiqargan teploelektrostansiyalar. Bu elektrostansiyalar elektr 
energiya hosil qilishdan tashkari qayta ishlangan issiq suv, bug`, ikkilamchi 
bug`larni ishlatib alohida issiqxonalar qilinadi. Qayta ishlangan issiq suvlarni 
alohida ko`llarga jo`natib qish paytida ham baliqchilikni rivojlantiriladi. Ko`mirni 
yondirgandan keyin qolgan ko`l har xil aralashmalardan shlakoblok g`isht va qum, 
kurilish materiallar olish mumkin. O`zbekistonda bunday katta GRES lardan hozirgi 
Angren shaharida qurilyapti. Ko`mirga nisbatan elektroenergiyasini uzoq joylarga
yuborish ancha oson va qulaydir. 
Kimyoviy jarayonlar energiyaning yutilishi yoki chiqishi bilan boradi. 
Kimyoviy texnologiyada energiya, asosan, yordamchi operatsiyalarni (ishlarni): 
xom ashyo va tayyor mahsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga tashish, ashyolarni 
maydalash, bir agregat holatdan boshqa agregat holatga o`tkazish, filtrlash, sovutish 
yoki isitish, gazlarni siqish, tekshiruv – o`lchov xizmatlarini bajarish uchun 
sarflanadi. Kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda, ko`p energiya 
talab qiladi. Kimyo sanoati ishlab chiqarishida energiya sarfi kilovatt soat (kilo joul) 
yoki tayyor mahsulot birligida uni ishlab chiqarish uchun sarflangan yoqilg`i 
miqdori bilan (kvt.s/t, kj/kg, t/t, kg/m
3
) baholanadi. Masalan: sintetik ammiak 3200 
kvt.s/t, alyuminiy – 19000 kvt.s/t, fosfor 16500 kvt.s/t, ammoniyli selitra – 11 kvt.s/t 
va hokazo. 
Energiya turlari va manbalari: kimyo sanovtida turli xil: elektr, issiqlik, yadro, 
kimyoviy va nur energiyalaridan foydalaniladi. Bulardan eng ko`pi issiqlik 
energiyasi bo`lib, shartli yoqilg`iga aylantirib hisoblaganda u 50 % ni, bevosita 
issiqlik sifatida 10 % ni tashkil etadi. Qolgan 40 % energiyani esa elektr energiyasi 
tashkil etadi. Boshqa tur energiyalarning ulushi juda kam bo`ladi. 
Elektr energiyasi: elektrokimyoviy jarayonlarni (suyuqlanma va eritmalarni 
elektroliz qilish va boshqalar) amalga oshirish uchun, elektrotermik (qizdirish 
uchun) va elektromagnitli (rudalarni elektromagnit usulida boyitishda) jarakyonlar, 
hamda elektr energiyasi talab qiluvchi boshqa operatsiyalar (changlarni, tumanlarni 
elektrofiltrlarda cho`ktirish uglevodorodlarni elektrokrening qilish va boshqalar) 


uchun sarflanadi. Turli fizikaviy operatsiyalarni: maydalash, yanchish, aralashtirish, 
tsentrifugalash, tashish, qadoqlash, ventilyatorlarni, kompressorlarni ishlatish uchun 
va boshqalarni amalga oshirish uchun sarflanadi. Elektr energiyasi, asosan, issiqlik 
elektrostantsiyalari 
(IES), 
gidroelektrostantsiyalari 
(GES) 
va 
atom 
elektrostantsiyalarida (AES) hosil qilinadi. 
Issiqlik energiyasi sanoatda reaksiyaga kirishuvchi reagentlarni qizdirish 
uchun ishlatiladi. Yana u har xil texnologik operatsiyalarni bajarishda (qurilish, 
bug`latish, suyuqlantirish, distillash va boshqalar) foydalaniladi. Ko`pgina ishlab 
chiqarishlarda (masalan, tsement, shisha, keramik buyumlar va boshqalar) issiqlik 
energiyasining manbai sifatida qattiq, suyuq va gazsimon yoqilg`ilarni yonishidan 
hosil bo`lgan gazlar ishlatiladi. Ko`pgina kimyoviy korxonalar, ayrim tsexlar issiqlik 
energiyasini issiq suv va bug` shaklida oladi. Qaysikim, ular maxsus bug` qozon 
qurilmalari yoki IES larida hosil qilinadi. 
Yadro energiyasi bevosita radiatsion kimyoviy jarayonlarni o`tkazishda 
foydalaniladi. Bunda radioaktiv nurlantirish (γ va ß – nurlar, yoki neytronlar bilan) 
orqali polimerlanish reaksiyalarini amalga oshirish, polimerdan yasalgan 
buyumlarni mustahkamligini oshirish, qotirish, fenol, onilin va boshqa 
mahsulotlarni sintezlash kabi jarayonlarda amalga oshiriladi. Ammo, yadro 
energiyasi, asosan, elektr energiyasi olish uchun foydalaniladi. Hozirgi paytda 
dunyoda 300 dan ortiq AES lar bo`lib, ularda 8 % energiya hosil qilinadi. 
Kimyoviy energiya ekzotermik reaksiyalar paytida ajralib chiqadi. Bu 
energiyadan issiq suv yoki bug` hosil qilish uchun yoki dastlabki materiallarni 
taxminiy qizdirish uchun foydalaniladi. Ba’zan, elektr energiyasiga aylantirishda 
(galvanik elementlarda va akkumlyatorlarda) ham ishlatiladi. Energiyaning bu 
turidan keng foydalanish yirik ishlab chiqarish korxonalarida juda katta iqtisodiy 
samara beradi. Masalan: ayrim ishlab chiqarishlarda (sulfat kislota va ammiak va 
boshqalarda) ular ehtiyoji uchun talab qilinadigan energiya to`liq kimyoviy energiya 
hisobiga qoplanadi. Hatto, ba’zan ortib ham qoladi. Ortiq energiya esa, boshqa 
korxonalar talabini qondirish uchun issiq suv yoki bug` ko`rinishida ularga 
yuboriladi. Masalan: sulfat kislota ishlab chiqarish korxonasini (1 t.H
2
SO
4
ishlab 
chiqarganda) energiya bilan to`la ta’minlash uchun 0.36 MJ (mega joul) energiya 
talab qilinadi. 1 t. sulfat kislota ishlab chiqarganda ajralib chiqadigan kimyoviy 
energiya esa, 5 MJ ni tashkil etadi. Talabni qondirish uchun bu energiyaning atigi 7 
% i kifoya qiladi. 
Nur energiyasi, elektr energiyasiga aylantirilib beruvchi fotoelektrik qurilma 
texnologik jarayonlarni avtomatik nazorat qilish va boshqarishda: binolarni isitishda 
va kosmik texnikani energiya bilan ta’minlashda qo`llaniladi. Quyosh energiyasidan 
foydalanishning fotokimyoviy usullari ishlab chiqilmoqda. Masalan: suvni 
fotokimyoviy parchalash va undan vodorod, kislorod ajratib olish usuli kabilardir. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin