2Mg (HCO
3
)
2
= MgCO
3
+ Mg (OH)
2
+ 3CO
2
+ H
2
O
Doimiy (karbonatsiz) qattiqlik suvda kaltsiy va magniyning gidrokarbonatlaridan
boshqa barcha tuzlarining borligi bilan xarakterlanadi. Ular suv qaynatilganda
cho`kmaga tushmaydi.
Muvaqqat va doimiy qattiqlik birgalikda
umumiy qattiqlikni hosil qiladi.
Tabiiy suv qattiqligiga qarab quyidagi sinflarga bo`linadi:
Suvning qattiqlik darajasi: 1 l suvda Ca
2+
va Mg
2+
ionlarining mg.-ekv. miqdori
Juda yumshoq 0 – 1,5
Yumshoq 1,5 – 3
O`rtacha qattiq 3 – 6
Qattiq 6 – 10
Juda qattiq 10
Suvning qattiqligi juda muhim ko`rsatkich bo`lib, suv qizdirilganda kaltsiy va
magniy karbonatlari cho`kib idish devorlarida cho`kindi (qasmoq) hosil qiladi.
Kaltsiy va magniy sulfatlari esa, suv qaynatilganda cho`kmaga tushmaydi, ammo
suvda eruvchanligi kam bo`lganligidan, suv bug`langanda o`ta to`yingan eritmaga
aylanib idish devorlariga qattiq qatlam hosil qilib cho`kadi. U cho`kma issiqlikni
yomon o`tkazganligidan (masalan, bug` qozonlarida 1 mm. qalinlikdagi qasmoq
cho`kindi yoqilg`i sarfini 5 % gacha oshiradi) bug` qozonlarida va issiq
almashtirgichlarda unumdorlikni keskin kamaytirib yuboradi. Undan tashqari bug`
qozonlarning devori qattiq qizib ketadi, natijada po`lat oksidlanib o`z
mustahkamligini yo`qotadi, kuyib teshiladi, hatto portlab ketadi. Qattiq suv ko`pgina
texnologik jarayonlar uchun yaroqsiz hisoblanadi. Masalan: eritmalarni elektroliz
qilishda sodani ammiakli (solve) usulida olishda, to`qimachilik, oziq-ovqat
sanoatlari va boshqalarda.
Tabiiy suvni tozalamay foydalanib bo`lmaydi. Suv manba’laridan keladigan suvni
sifatini yaxshilash,
suvni tayyorlash
deyiladi. Suvni tayyorlash bu suvning
tarkibidagi begona aralashmalardan tozalash uchun kompleks operatsiyalarni
qo’llashdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: