Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarinining manbalarini o‘rgangan
bir qator olimlarimiz asarning asosiy sarchashmasi sifatida Qur’oni
Karim va
Hadislarni keltiradilar. “Asar Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Bo‘ston”
va “Guliston” asarlari ta’sirida yozilgan degan fikrlar ham ilgari suriladi.”
15
Yuqoridagi barcha asarlar falsafiy-didaktik asarlar bo‘lib, ularning hammasi
zamirida Qur’on oyatlari, qissa va timsollari yotadi.
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari matniga singdirilgan Qur’oni
Karim oyatlari, qissa va timsollarning fasl, bob, tanbehlar asosida tutgan axloqiy
masalalarini yoritishdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. ”Mahbub ul-qulub”
asariga ham, Sa’diy ijodi va “Guliston” asariga
ham bu muqaddas manbaning
ta’siri juda kattadir. Navoiy ham o‘zidan oldingi ustozlari qatorida o‘z
pandnomasini Qur’oni karim va Hadisi sharif timsollari bilan bezagan holda Shayx
Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston” asarlariga ham ixlos bilan qaragan, bu
ijodkorni o‘ziga ustoz deb bilgan hamda u haqidagi iliq fikrlarini o‘zining turli
asarlarida keltirib o‘tadi.
Shayx Sa’diy nafaqat she’riyati, balki pandnoma darajasiga ko‘tarilgan
“Guliston”, “Bo‘ston” asarlari bilan badiiy so‘z san’atining ustozi,
axloq-odob,
hikmat va donishmandlik mulkining muallimi unvoniga loyiq ko‘rilgandir.
“Yetti yuz yildan ziyodroq davr o‘tibdiki, badiiy so‘z mulki muhiblari
Shayx Sa’diy adabiy merosini o‘qiydi, uning rangin va zebo asarlaridan zavq
hamda ta’lim olishadi.”
16
Shayx Sa’diy kalomi o‘zining sehrgar qudrati bilan Alisher Navoiy qalbiga
ham
kirib borgan, uni qitiqlagan, badiiy shavqini junbushga keltirgan. Shuning
uchun ham Alisher Navoiyning Shayx Sa’diy haqidagi jumlalari tagdor, hayajonli,
samimiyatga yo‘g‘rilgan.
Shayx Sa’diyning nuroniy siymosi hamisha ulug’ o‘zbek shoirining ko‘z
o‘ngida mayin jilmayib turganday tuyuladi. Uning “Soqiynoma”, “Lison ut-tayr”,
“Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Nasoyim ul-
15
Ҳайитов Ш. Алишер Навоий “Маҳбуб ул қулуб” асарининг манбалари ва ғоявий бадиий хусусиятлари.
Филол.фан.номз.дис. ... автореферати. – Т., 1997.
16
R. Vohidov. Alisher Navoiyning ijod maktabi. Buxoro. 1994. 31-bet.
muhabbat” kabi asarlarida Shayx Sa’diyning nomi katta ehtirom va sadoqat bilan
eslanadi. U haqda lo‘nda va mazmundor obrazli mulohazalar aytadi.
Jumladan, Alisher Navoiy shoir she’riyati haqida yozadi: “
G‘azalgo‘y
Dostları ilə paylaş: