bo’lmay mahsulotni yaratish va daromadlarni olishda faol qatnashadi.
Ularga patentlar, lisenziyalar, "nou-xau", erdan va tabiiy resurslardan
foydalanish huquqlari, brokerlik joylari, savdo markalari, programmali
dasturlar va boshqalar kiradi.
Yuqorida keltirilgan 4ta xususiyat nomoddiy
aktivlarning har xil
kategoriyalari uchun buxgalteriya hisobining usullariga ta’sir qiladi.
Nomoddiy aktivlarning hisobi moddiy aktivlarga, masalan, er, bino va
uskunalarga qo’llaniladigan xuddi shunday tamoyillar va tartiblarni o’z
ichiga mujassamlashtiradi. Bu tamoyillar o’z ichiga quyidagilarni oladi:
1.
Ushbu aktivlarni olish vaqtida tannarx tamoyilini qo’llash;
2.
Moslik tamoyilini, bu sarflangan xarajatlar va olingan daromadlar
ushbu hisobot davrida aks ettirilishini talab qiluvchi, ishlatish davri paytini
qo’llash.
3.
Chiqish paytida daromadlarni tan olish tamoyilini qo’llash, ya’ni
chiqimdan olingan foyda yoki ko’rilgan zarar olingan pul mablag’lari va
chiqib ketgan aktivning balans qiymati orasidagi farqining tan olinishi.
Nomoddiy aktivlarning hisobida 2ta asosiy masala mavjud:
hozirgi hisobot davrida ushbu aktivlar qiymatining
qaysi qismining
xarajatlar hisobiga qo’shilishini aniqlash;
balansda ko’rsatilgan qoplash qiymatini hisoblashning zarurligi.
Ushbu masalalarni echish uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatini to’liq, to’g’ri va o’z
vaqtida aniqlash;
nomoddiy aktivlar qiymatining tegishli qismini ulardan foydalanish
jarayonida xarajatlarning tarkibiga to’g’ri qo’shish;
nomoddiy aktivlarning ishlatilishi bilan bog’liq bo’lgan
xarajatlarning hisobini to’g’ri yuritish;
nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishini to’g’ri va o’z vaqtida
hisobda aks ettirish.
Dostları ilə paylaş: