18 Mayl shakllari. Fe’l ifodalagan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-istak, shart ma’nolarini
ifodalovchi fe’l shakllari mayl shakllari sanaladi. Fe’llarning uchta mayl shakli
mavjud:
1) xabar mayli; 2) buyruq-istak mayli; 3) shart mayli.
Xabar mayli. Harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi haqidagi xabar,
darakni bildiruvchi fe’l shakli xabar mayli shakli hisoblanadi. Xabar mayli shakli
maxsus qo’shimchaga ega emas. Zamon va shaxs-son qo’shimchalarini qabul
qilgan fe’llar xabar maylidagi fe’llar sanaladi.
Buyruq-istak mayli. Harkat va holatni bajarish yoki bajarmaslik haqidagi
buyruq, istak, iltimos, maslahat ma’nolarini bildirgan fe’l shakli buyruq-istak mayli shakli sanaladi. Buyruq-istak mayli shakllari fe’l asoslariga quyidagi
qo’shimchalarni qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi: -(a)y, -(a)yin, -gin (kin, -qin), -(i)ng, -sin, -(a)ylik, (i)inglar. II shaxs buyruq-sitak mayli qo’shimchalarining qo’llanilishi va ma’nolari. Fe’lning zamon, shaxs-son qo’shimchalarisiz qismi II shaxs (yoz, tur, bor) buyruq-
istak maylini ifodalaydi. Bu qismga buyruq-istak ma’nosini kuchaytirish uchun - gin qo’shimchasini (yozgin, turgin) qo’shish ham mumkin, shuning uchun bu ikki
shakl ma’nodosh sanaladi.
Shart mayli. Boshqa bir harakat va holatning bajarilish yoki bajarilmasligi uchun
shart bo’lgan harakat va holatni, shuningdek, istak-xohishni bildirgan fe’l shakli
shart mayli shakli sanaladi, u -sa qo’shimchasi yordamida yasaladi. Shart mayli
edi, ekan to’liqsiz fe’llari bilan kelganda, orzu-istak ma’nosini bildiradi. -sa edi shakli ba’zan -saydi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Shart mayli
shakli kerak so’zi bilan kelganda, taxmin-gumon ma’nosini bildiradi.