6 ona tili javobi docx


Mayl shaklining 3 ta turi bor: 1. Xabar



Yüklə 243 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/28
tarix28.02.2023
ölçüsü243 Kb.
#123672
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
6 - ona tili JAVOBI

Mayl shaklining 3 ta turi bor:
1. Xabar mayli – maxsus qo’shimchasi yo’q (zamon va shaxs-son olinadi)
2. Buyruq-istak mayli: -ay, -gin, -sin, -aylik, -ingiz, -sinlar
3. Shart mayli – sa
– sa edi/ekan = istak.
sa kerak = gumon
Shaxs-son shakllari. Fe’lda ifodalangan harakat yoki holatning bajaruvchi
shaxsini, bu shaxsning bitta yoki ko’p ekanligini bildiruvchi shakllari shaxs-son
shakllari sanaladi. Fe’llarning I va II shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi,
III shaxsda esa zamon qo’shimchalari shaxs ma’nosini ifodalaydi. O’tgan
zamonning -di hamda kelasi zamon shart mayli -sa shakllaridan so’ng -m, -ng, -
k, -ngiz qo’shimchalari; ravishdosh, sifatdosh shakllari hamda sof fe’lning hozirgi
zamon shakllaridan so’ng -man, -miz, -san, -siz qo’shimchalari qo’llaniladi.
Shaxs-son shaklining 2 ta turi bor:
1. –di va –sa qo’shimchasidan keyin: -m, -ng, --, -k, -ingiz, -lar
2. Boshqa hammasidan keyin: -man, -san, -di, -miz, -siz, -dilar


19
TESTLAR
1. O‘qiy boshlamoq, o‘qiy olmoq, o‘qib chiqmoq,
o‘qib tugatmoq, o‘qib turmoq, o‘qib yurmoq, o‘qib
tashlamoq. Ushbu so‘zlar haqidagi to‘g‘ri hukmni
chiqaring.
A) 2 ta mustaqil fe’l
B) qo‘shma fe’l
C) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi
D) so‘z qo‘shilmasi
2. Ravishdoshning -a, -y, -(i)b shakllariga qo‘shilib
o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotgan, asosdan
anglashilgan harakatning bosqichlarini va tarzini
bildiruvchi fe’llar qanday ataladi?
A) yetakchi fe’llar
B) ko‘makchi fe’llar
C) juft fe’llar
D) qo‘shma fe’llar
3. Harakat tarzi fe’llari qanday fe’llar?
A) yetakchi fe’llar
B) ko‘makchi fe’llar
C) juft fe’llar
D) qo‘shma fe’llar
4. Ko‘makchi fe’llar harakatning qanday
bosqichlarini bildira oladi?
A) boshlanish, davom etish, tugallanish
B) harakatning tezligi, imkoniyati
C) harakatning holati
D) A va B
5. Harakat tarzi deyilganda qanday ma’nolar
anglashiladi?
A) boshlanish, davom etish, tugallanish
B) harakatning tezligi, imkoniyati
C) harakatning holati
D) A va B
6. Ko‘makchi fe’l har doim o‘zidan oldin qanday
fe’lni talab qiladi?
A) yetakchi fe’llarni
B) ko‘makchi fe’llarni
C) juft fe’llarni
D) qo‘shma fe’llarni
7. O‘z mustaqil ma’nosini saqlagan ko‘makchi fe’l
bilan qo‘llanadigan fe’l qanday nomlanadi?
A) yetakchi fe’l
B) ko‘makchi fe’l
C) juft fe’l
D) qo‘shma fe’l
8. Qaysi fe’l yetakchi fe’lga qo‘shilib harakatning
boshlanishini bildiradi?
A) olmoq
B) boshlamoq
C) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq
D) yotmoq, yurmoq, turmoq
9. Qaysi fe’l yetakchi fe’lga qo‘shilib harakatni
bajarishga imkoniyat mavjudligini bildiradi?
A) olmoq
B) boshlamoq
C) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq
D) yotmoq, yurmoq, turmoq
10. Yetakchi fe’lga qo‘shilib harakatning tez va oson
bajarilishini bidiruvchi ko‘makchi fe’llarni keltiring.
A) olmoq
B) boshlamoq
C) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq
D) yotmoq, yurmoq, turmoq
11. Yetakchi fe’lga qo‘shilib harakatning
davomiyligini bildiruvchi ko‘makchi fe’llarni
keltiring.
A) olmoq B) boshlamoq
C) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq
D) yotmoq, yurmoq, turmoq
12. Qaysi fe’l yetakchi fe’lga qo‘shilib harakatning
tugallanganini bildiradi?
A) olmoq
B) chiqmoq
C) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq
D) yotmoq, yurmoq, turmoq
13. Qaysi qo‘shimchalar ham yetakchi, ham
ko‘makchi fe’l tarkibida kelishi mumkin?
A) nisbat va bo‘lishsizlik
B) zamon, shaxs-son
C) shaxs-son, nisbat
D) bo‘lishsizlik, zamon
14. Qaysi qo‘shimchalar faqat ko‘makchi fe’l
tarkibida keladi?
A) nisbat va bo‘lishsizlik
B) zamon, shaxs-son
C) shaxs-son, nisbat
D) bo‘lishsizlik, zamon
15. -la, -a shakllari qaysi so‘z(turkumlari)lardan fe’l
yasaydi?
A) ot, sifat, undov, ravish, taqlid, olmoshdan
B) ot va sifatdan, undovdan
C) faqat sifatdan
D) ot, sifat, taqlidiy, fe’ldan
16. Ot va sifatdan fe’l yasovchi qo‘shimchalarni
keltiring.
A) -ira, -illa
B) -(a)y, -i, -sira, -sa
C) -(a)r
D) -la, -a
17. Faqat sifatdan fe’l yasovchi qo‘shimchani
toping.
A) -ira, -illa
B) -(a)y, -i, -sira, -sa
C) -(a)r
D) -la, -a
18. Taqlidiy so‘zlardan fe’l yasovchi qo‘shimcha
qaysi?
A) -ira, -illa
B) -(a)y, -i, -sira, -sa
C) -(a)r
D) -la, -a
19. Odobli va adolatli inson qo‘lidagi qalam baxt-
saodat uchun xizmat qilib yurgan odamlarni
zavqlantiradi, bir-biriga yaqinlashtirib, do‘stlikni
mustahkamlaydi. Ushbu gapda nechta yasama fe’l
bor? A) 5 ta B) 3 ta C) 2ta D) 4 ta
20. Maktabimiz muzeyi yangi eksponatlar bilan
boyidi. Ushbu gapda nechta so‘z yasovchi
qo‘shimcha mavjud?
A) 1 ta B) mavjud emas C) 2 ta D) 3 ta
21. Qizlar o‘zaro sekin suhbatlashib turishardi.
Ushbu gapdagi yasama fe’l qanday fe’lning tarkibiy
qismi sanaladi?
A) qo‘shma fe’lning
B) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining
C) juft fe’lning
D) takroriy fe’lning
22. -a fe’l yasovchi qo‘shimchasi asosga
qo‘shilganida qanday fonetik o‘zgarishlar sodir
bo‘ladi?
A) tovush tushishi, tovush almashinishi
B) tovush tushishi
C) tovush almashinishi D) tovush tushishi, tovush
almashinishi, tovush ortishi


20
23. -a fe’l yasovchi qo‘shimchasi qaysi so‘zlarga
qo‘shilgani-da tovush tushish hodisasi sodir bo‘ladi?
A) o‘yin, qiyin
B) son
C) bor, past
D) A va B
24. -a fe’l yasovchi qo‘shimchasi qaysi so‘zlarga
qo‘shilganida tovush almashinish hodisasi sodir
bo‘ladi?
A) o‘yin, qiyin
B) son
C) bor, past
D) A va B
25. Past, sust kabi so‘zlarga qanday qo‘shimcha
qo‘shilsa, tovush tushishi sodir bo‘ladi?
A) -ay B) -la C) -a D) -illa
26. -illa qo‘shimchasi qanday hollarda -ulla tarzida
talaffuz qilinadi va shunday yoziladi?
A) bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganida
B) i yoki a unlisi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilsa
C) o va u unlisi bilan tugagan so‘zlarga
qo‘shilganida
D) u unlisi va v undoshi bilan tugagan bir bo‘g‘inli
so‘zlarga qo‘shilganida
27. Pastda esa odamni oqizadigan katta suv
xarsanglarga bosh urib shovullab oqayapti. Ushbu
gapda qaysi so‘z turkumiga oid so‘z xato yozilgan?
A) ot B) ravish
C) fe’l D) sifat
28. 1. Qitirlamoq. 2. Taraqlamoq. 3. Charaqlamoq.
4. Shovullamoq. 5. Chiyillamoq. 6. Uvullamoq.
7. Hayhaylamoq. 8. Qarsillamoq. 9. Chirsillamoq.
Ushbu so‘zlar tarkibidagi fe’l yasovchi
qo‘shimchalarni aniqlang.
A) 1, 2, 3, 7 – -la, 4, 5, 6, 8, 9 – -illa
B) 1, 2, 3, 4, 7 – -la, 5, 6, 8, 9 – -illa
C) 1, 2, 3– -la, 4, 5, 6, 7 8, 9 – -illa
D) barchasida -la
29. Fe’llar tuzilishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi?
A) 3 xil
B) 4 xil
C) 2 xil D) 9 xil
30. Bir asosli so‘z yasovchi qo‘shimchalar
yordamida hosil qilingan fe’llar fe’lning tuzilishiga
ko‘ra qaysi turiga kiradi?
A) sodda B) qo‘shma C) takror D) juft
31. Xadichaning uzunchoq sarg‘ish yuzi qizardi.
Ushbu gapdagi yasama fe’l qaysi turkumdan hosil
qilingan?
A) sifatdan
B) otdan
C) ravishdan
D) olmoshdan
32. Xadichaning uzunchoq sarg‘ish yuzi qizardi.
Ushbu gap tarkibidagi so‘zda qanday fonetik
o‘zgarish sodir bo‘lgan?
A) tovush almashinishi, tovush tushishi
B) tovush tushishi
C) tovush tushishi, tovush ortishi
D) tovush almashinishi
33. Fe’lning qo‘shma shakli necha xil yo‘l bilan
hosil qilinadi?
A) 4 xil B) 3 xil D) 1 xil D) 2 xil
34. Fe’lning qo‘shma shakli qanday yo‘llar bilan
hosil qilinadi? 1. Ot, sifat, son, olmosh, undov,
taqlid so‘zlarga fe’l qo‘shish yo‘li bilan.
2. Fe’lga fe’l qo‘shish yo‘li bilan.
3. Yordamchi so‘zlarga fe’lni qo‘shish orqali.
4. Oraliqdagi so‘zlarga fe’lni qo‘shish orqali.
A) 1, 2 B) 2, 3, 4
C) 1, 3 D) barchasi
35. Ot, sifat, son, olmosh, undov, taqlid so‘zlarga,
odatda, qaysi fe’llar qo‘shilsa, qo‘shma fe’l hosil
bo‘ladi?
A) kel, ket
B) qil, et, bo‘l
C) qil, et, bo‘l, ayla
D) barchasi
36. Ot, sifat, son, olmosh, undov, taqlid so‘z + fe’l
qo‘shili-shi bilan qo‘shma fe’l hosil bo‘lgan
fe’llarga misol keltiring.
A) parvoz qilmoq, ta’sir qilmoq, bir bo‘lmoq, eski
bo‘lmoq
B) chirs etmoq, tarbiya qilmoq, bunyod qilmoq, sayr
etmoq, taq etmoq, e’tiroz bildirmoq
C) sotib olmoq, borib kelmoq, kirib chiqmoq, olib
kelmoq D) A va B
37. Fe’l + fe’l shaklidan hosil bo‘lgan qo‘shma
fe’llarga misol keltiring.
A) parvoz qilmoq, ta’sir qilmoq, bir bo‘lmoq
B) chirs etmoq, tarbiya qilmoq, bunyod qilmoq
C) sotib olmoq, borib kelmoq, kirib chiqmoq, olib
kelmoq D) A va B
38. Qo‘shma fe’llarning ko‘makchi fe’lli so‘z
qo‘shilmalaridan nima farqi bor?
A) qo‘shma fe’llarga alohida so‘roq beriladi
B) qo‘shma fe’llarda bir fe’l o‘zining lug‘aviy
ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi
C) qo‘shma fe’l tarkibidagi fe’llar o‘z lug‘aviy
ma’nosini saqlagan bo‘ladi
D) A va C
39. Men bozordan kechga keldim va tezda uxlab
qoldim. Ushbu gapda qo‘shma fe’llar nechta?
A) 2 ta B) 3 ta С) 1 ta D) qo‘shma fe’l yo‘q
40. Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs,
kabobpaz kabob olib keldi.
Ushbu gapda nechta mustaqil so‘z bor?
A) 6 ta B) 7 ta С) 8 ta D) 5 ta
41. Fe’lning tuzilishiga ko‘ra qaysi turi ish-
harakatning tez va kutilmaganda ro‘y berishini
ifodalaydi?
A) sodda fe’llar
B) qo‘shma fe’llar
С) juft fe’llar
D) takroriy fe’llar
42. Oldi-berdi, bordi-keldi, ur-yiqit kabi so‘zlar
qaysi turkumga oid?
A) ot
B) fe’l
С) sifat D) olmosh
43. Ana, hech narsa bo‘lmaganday yayrab-quvnab,
ochilib-sochilib yurishibdi. Ushbu gapda ko‘makchi
fe’lli so‘z qo‘shilmasi-ning yetakchi qismi fe’lning
tuzilishiga ko‘ra qaysi turi bilan ifodalangan?
A) sodda fe’l
B) qo‘shma fe’l
C) juft fe’l
D) takroriy fe’l


21
44. 1. Aqliy faoliyat fe’llari. 2. Holat fe’llari.
3. Jismoniy faoliyat fe’llari. 4. Nutqiy faoliyat
fe’llari. Bular fe’lning qaysi xususiyatiga ko‘ra
turlari sanaladi?
A) tuzilishiga ko‘ra B) nimani atab kelishiga ko‘ra
C) tarkibiga ko‘ra
D) ma’nosiga ko‘ra
45. 1. Gapirmoq. 2. Pichirlamoq. 3. Yozmoq.
4. O‘qimoq. 5. Ijod qilmoq. 6. Kesmoq. 7. Ekmoq.
8. Termoq. 9. Yurmoq. 10. Nazar tashlamoq.
11. Isitmalamoq. 12. Chaqirmoq. 13. qimirlatmoq.
14. Fahmlamoq. 15. Xo‘rsinmoq. 16. Kiyintirmoq.
17. O‘rtoqlashmoq. 18. Sevinib ketmoq.
19. Tushuntirmoq. 20. Fikrlamoq. 21. Jilmaymoq.
22. Burilmoq. 23. Ko‘tarmoq. 24. Ovqatlanmoq.
25. Tekislamoq. 26. Parvarishlamoq.
27. Duduqlanmoq. 28. Kutmoq. Ushbu fe’llarni
fe’lning ma’no turlariga to‘g‘ri ajarating.
A) 1, 2, 12, 27 – nutqiy faoliyat, 3, 4, 6, 7, 8, 9, 13,
16, 22, 23, 24 – jismoniy faoliyat, 5, 14, 19, 20 –
aqliy faoliyat, 10, 11, 15, 17, 18, 21, 25, 26 – holat
fe’llari
B) 1, 2, 12, 27 – nutqiy faoliyat, 3, 4, 6, 7, 8, 9, 10,
13, 16, 22, 23, 24 – jismoniy faoliyat, 5, 14, 19, 20 –
aqliy faoliyat, 11, 15, 17, 18, 21, 25, 26 – holat
fe’llari
C) 1, 2, 12, 26– nutqiy faoliyat, 3, 4, 6, 7, 8, 9, 13,
16, 22, 23, 24 – jismoniy faoliyat, 5, 14, 19, 20, 27 –
aqliy faoliyat, 10, 11, 15, 17, 18, 21, 25, – holat
fe’llari
D) 1, 2, 12, 27 – nutqiy faoliyat, 3, 4, 6, 7, 8, 9, 13,
15, 16, 22, 23, 24 – jismoniy faoliyat, 5, 14, 19, 20 –
aqliy faoliyat, 10, 11, 17, 18, 21, 25, 26 – holat
fe’llari
46. Fe’l asoslariga qo‘shilib gapda kesim vazifasida
qo‘llani-shiga xoslovchi shakllar qanday fe’l
shakllari sanaladi?
A) fe’l nisbatlari
B) fe’lning mayllari
С) fe’lning shaxs-son shakllari
D) fe’lning munosabat shakllari
47.Fe’lning munosabat shakllariga qaysilar kiradi?
A) zamon, mayl, nisbat
B) zamon, mayl, shaxs-son
С) zamon, nisbat, harakat nomi
D) mayl, shaxs-son, egalik
48. Fe’lning munosabat shakliga ega bo‘lmagan
fe’llar qanday fe’llar sanaladi?
A) to‘liqsiz fe’llar
B) fe’lning noaniq shakli
С) fe’lning vazifaiy shakllari
D) fe’lning mayl shakllari
49. Fe’lning noaniq shakli qaysi qo‘shimchada
turadi?
A) -gan B) -di
С) -moq D) -adi
50. O‘tgan zamon qo‘shimchalarini sanang.
A) -adi, -ibdi, -gan
B) -di, -ib, -gan
С) -moqda, -gan, -ar
D) -yap, -moqda, -di
51. Hozirgi zamon qo‘shimchalarini sanang.
A) -adi, -ibdi, -gan
B) -di, -ib, -gan
С) -moqda, -gan, -ar D) -yap, -moqda, -yotir
52. O‘tgan zamon qanday harakat-holatni bildiradi?
A) harakat va holatning nutq jarayonida yuz
berayotganini yoki bermayotganini bildiradi
B) harakat va holatning nutq jarayonidan keyin yuz
berishi yoki bermasligini bildiradi
С) harakat va holatning ilgariroq, keyinroq ro‘y
berganini bildiradi
D) harakat-holatning nutq jarayonidan oldin
bo‘lganini yoki bo‘lmaganini bildiradi
53. -di qo‘shimchasidan so‘ng shaxs-sonning qaysi
shakli qo‘llaniladi?
A) -m, -ng, -k
B) -m, -ngiz, -lar
С) -siz, -dir, -lar D) -m, -man, -ular
54. -ib qo‘shimchasidan so‘ng shaxs-sonning qaysi
shakli qo‘llaniladi?
A) -man, -san, -dir, -m
B) -miz, -siz, -lar, -k
С) -man, -san, -miz, -siz
D) -ng, -ingiz, -dir
55. -gan (-kan, -qan) qo‘shimchasidan so‘ng shaxs-
sonning qaysi shakli qo‘llaniladi?
A) -man, -san, -dir
B) -m, -k, -ng
С) -miz, -siz, -lar
D) A va C
56. -di qo‘shimchasi qanday harakatni bidiradi?
A) harakat va holatning ilgariroq ro‘y berganini
B) so‘zlovchining bevosita o‘zi ko‘rgan, guvohi
bo‘lgan harakat va holatni
С) so‘zlovchining ilgari ro‘y bergan harakatni
eshitib bilganligini
D) harakat va holatning tez va kutilmaganda ro‘y
berganini
57. -ib qo‘shimchasi qanday harakatni bidiradi?
A) harakat va holatning ilgariroq ro‘y berganini
B) so‘zlovchining bevosita o‘zi ko‘rgan guvohi
bo‘lgan harakat va holatni
С) so‘zlovchining ilgari ro‘y bergan harakatni
eshitib bilganligini
D) harakat va holatning tez va kutilmaganda ro‘y
berganini
58. -gan (-kan, -qan) qo‘shimchasi qanday harakatni
bidiradi?
A) harakat va holatning ilga-riroq ro‘y berganini
B) so‘zlovchining bevosita o‘zi ko‘rgan guvohi
bo‘lgan harakat va holatni
С) so‘zlovchining ilgari ro‘y bergan harakatni
eshitib bilganligini
D) harakat va holatning tez va kutilmaganda ro‘y
berganini
59. Hozirgi zamon fe’llari qanday harakat-holatni
bildiradi?
A) harakat va holatning nutq jarayonida yuz
berayotganini yoki bermayotganini
B) harakat va holatning nutq jarayonidan keyin yuz
berishi yoki bermasligini


22
С) harakat va holatning ilgariroq ro‘y berganini
D) harakat-holatning nutq jarayonidan oldin
bo‘lganini yoki bo‘lmaganini bildiradi
60. Hozirgi zamon qo‘shimchalarini sanang.
A) -di, -b, -y, -gan
B) -yapti, -moqchi, -adi
С) -yap, -(a)yotir,-(a)yotib, -moqda
D) -a, -ajak, -ur, -ay
61. Qaysi zamon shakli morfologik yozuv shaklida
yoziladi?
A) o‘tgan zamon shakli B) hozirgi zamon shakli
С) kelasi zamon shakli D) har uchala zamon shakli
62. Hozirgi zamon qo‘shimchalarining qaysi shakli
talaffuzi va yozilishi har xil?
A) -yap B) -(a)yotir С) -(a)yotib D) -moqda
63. Kelasi zamon fe’llari qanday harakat-holatni
bildiradi?
A) harakat va holatning nutq jarayonida yuz
berayotganini yoki bermayotganini
B) harakat va holatning nutq jarayonidan keyin yuz
berishi yoki bermasligini
С) harakat va holatning ilgariroq ro‘y berganini
D) harakat-holatning nutq jarayonidan oldin
bo‘lganini yoki bo‘lmaganini
64. Kelasi zamon qo‘shimchalarini sanang.
A) -adi, -ur, -moqchi
B) -ajak, -yap, -ibdi
С) -yap, -yotir, -yotib
D) barchasi
65. Kelasi zamon shakllari-ning qaysilari ba’zan har
uchala zamonga oid voqeani bildiradi?
A) -a, -adi, -moqchi
B) -a, -y, -(a)r
С) -a, -adi, -ajak
D) -ur, moqchi
66. Qaysi qo‘shimcha kelasi zamon ma’nosini
taxmin va gumon yo‘li bilan ifodalaydi?
A) -adi B) -ur С) -ajak D) -(a)r
67. Fe’l asosida ifodalangan harakat va holat haqida
xabar, buyruq-istak, shart ma’nolarini ifodalovchi
fe’l shakllari qanday shakllar sanaladi?
A) munosabat shakllari
B) zamon shakllari
С) mayl shakllari
D) nisbat shakllari
68. Fe’l mayllarini sanang. 1. Xabar mayli.
2. Buyruq-istak mayli. 3. Shart mayli. 4. Maqsad
mayli. A) 1,2,4 B) 2,3,4
С) 1,2,3 D) 1,3,4
69. Xabar mayli qaysi qo‘shimchalar yordamida
hosil qilinadi?
A) egalik qo‘shimchalari
B) kelishiklar qo‘shimchalari
С) zamon va shaxs-son qo‘shimchalari D) A va B
70. Xabar maylidagi fe’l ishtirok etgan gap qanday
ataladi?
A) darak gap
B) buyruq gap
С) istak gap
D) so‘roq gap
71. Otasi Qo‘qonning «Madalixon» madrasasida bir
necha yillar mudarris bo‘lib ishlagan. Ushbu gapda
qaysi mayldagi fe’l ishtirok etgan?
A) xabar mayli
B) shart mayli
С) buyruq-istak mayli
D) maqsad mayli
72. Buyruq-istak maylidagi fe’l qanday ma’nolarni
ifodalaydi? 1. Buyruq. 2. Istak. 3. Iltimos.
4. Maslahat. 5. Shart. 6. Ishonch.
A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 2, 4, 6 C) 1, 2, 3, 4 D) barchasi
73. Buyruq-istak mayli fe’l asoslariga qaysi
qo‘shimchalarni qo‘shish bilan hosil qilinadi?
A) zamon va shaxs-son qo‘shimchalari
B) -(a)y, -(a)yin, -gin, -sa
С) -(i)ng, -sin, -(a)ylik, -(i)ng-lar
D) B va C
74. Ikkalang ham og‘zingni ochmay o‘tirgin. Ushbu
gapdagi fe’l qaysi maylda?
A) xabar maylida
B) shart maylida
С) buyruq-istak maylida
D) maqsad maylida
75. Koshki edi, o‘sha tog‘ga men ham borsam.
Ushbu gapdagi fe’l qaysi maylda?
A) xabar maylida
B) shart maylida
С) buyruq-istak maylida
D) maqsad maylida
76. Fe’lning zamonlarsiz, shaxs-sonlarsiz qismi
qaysi maylni hosil qiladi?
A) xabar mayli
B) shart mayli
С) buyruq-istak mayli
D) maqsad mayli
77. -gin qo‘shimchasi qanday fe’llarga qo‘shilganida
ma’noni kuchaytirish vazifasini bajaradi?
A) I shaxs
B) III shaxs
С) I va III shaxslar
D) II shaxs
78. Shart mayli shaklidan so‘ng shaxs-sonning qaysi
shakli qo‘shilmaydi?
A) -man, -san, -di (-dir)
B) -miz, -siz, -lar
С) -m, -ngiz, -lar
D) A va B
79. Ravishdosh, sifatdosh va sof hozirgi zamon
shakllaridan so‘ng shaxs-sonning qaysi shakli
qo‘shiladi?
A) -man, -san, -di (-dir)
B) -miz, -k, -lar
С) -siz, -ngiz, -lar
D) A va B
80. O‘tgan zamon shakli -di, shart mayli shakli -sa
qo‘shimchalaridan so‘ng shaxs-sonning qaysi shakli
qo‘shiladi?
A) -m, -ng, -k, -ngiz
B) -siz, -dir, -lar, -man
С) -man, -san, -ular, -dir D) -m, -siz, -ingiz, -lar



Yüklə 243 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin