www.ziyouz.com kutubxonasi
151
«Allohumma lakash sharafu ‘ala kulli sharafin va lakal hamdu ‘ala kulli hol», deb
aytardilar. ( Ma’nosi: «Har balandlikda Seni ulug‘lash va har holatda Senga hamd aytish
bor».) Ibn Sunniy rivoyatlari.
177-bob Takbir va shunga o‘xshash narsalarda ovozni balandlatib, mubolag‘a etishdan man qilish haqida Yuqoridagi bobdagi Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) qilingan rivoyat mana shu bobimizga
ham dalil bo‘ladi.
178-bob Tuya tez yurishi va rohatlanishi hamda yo‘li ravon bo‘lishi uchun xirgoyi qilib haydab borish to‘g‘risida Bu haqda ham mashhur hadislar ko‘pdir.
179-bob Hayvon qochib ketganda aytiladigan narsalar 542/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar sizlardan biringizning ulovi cho‘lda yechilib qochib ketsa,
«Ya ibadalloh ahbisu ya ibadalloh ahbisu» (ya’ni, ey Allohning bandalari, ushlanglar),
deb aytsin. Chunki Allohning yerda to‘suvchilari bordir. Ushalar uni ushlab berishadi»,
dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
Ilmdagi ba’zi ulug‘ shayxlarimizning menga hikoya qilishlaricha, ularning xachirlari
qochib ketdi. Bu hadisni bilishar edi. Shu hadisdagi so‘zni aytishganida, o‘sha zahoti
Alloh taolo uni hibs ettirdi.
Men ham bir jamoa bilan ketayotgan edim. Ulardan birining hayvoni qochib ketdi. Uni
tutishdan ojiz qolganda mana shu duoni o‘qidim. Shu duoim sababli haligi hayvon o‘sha
zahoti to‘xtab qoldi.
180-bob (Minilishi) qiyin bo‘lgan ulovda aytiladigan duo 543/1. Mashhur tobe’inlardan Abu Abdulloh Yunus ibn Ubayd ibn Dinor al-Basriy
aytdilar: «Kishi (minilishi) qiyin bo‘lgan ulovning qulog‘iga
«Afag‘oyra diynillohi yabg‘una valahu aslama man fissamavati val arzi tov’an va karhan
va ilayhi yurja’un», desa, Allohning izni bilan to‘xtab qoladi». Ibn Sunniy rivoyatlari.