www.ziyouz.com kutubxonasi
43
nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn».
Imom Molik, Bayhaqiy va boshqalar rivoyati
139/7.Molik Nofe’dan, u kishi ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qiladilar:
«Ibn Umar (r.a.) tashahhudni quyidagicha aytar edilar:
«Bismillah, attahiyyatu lillah, assolavatu lillah, azzakiyatu lillah, assalamu ‘alan nabiyyi
va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Shahidtu
alla ilaha illallohu. Shahidtu anna Muhammadar rosululloh». Imom Molik va Bayhaqiy
rivoyatlari
Mana shu zikr qilganlarimiz turli tashahhud duolari bo’lib, avvalgi uchtasi, ya’ni Ibn
Mas’ud, Ibn Abbos, Abu Musolardan (roziyallohu anhum) qilingan rivoyatlar
Rasulullohdan sobit bo’lgandir. (Bizning mazhabimiz, ya’ni Imom A’zam (rahmatullohi
alayh) mazhablarida Ibn Mas’uddan rivoyat qilingan birinchi hadis ixtiyor qilingan. –
Tarjimon.)
140/8. Tashahhudni maxfiy o’qish sunnat amaldir. Bunga Abdulloh ibn Mas’udning
(r.a.): «Tashahhudni maxfiy qilish sunnatdir», deb aytgan gaplari dalil bo’ladi. Abu
Dovud, Termiziy, Bayhaqiy rivoyatlari
45-bob. Tashahhuddan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish Namoz oxirida tashahhuddan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish
Shofe’iy mazhablarida vojibdir. Kim uni tark etsa, namozi namoz emas. Nabiyning ahliga
salovot aytish vojib emas, balki mustahabdir. Ammo vojib deganlar ham yo’q emas.
(Imomi A’zam mazhablarida namoz tashahhud miqdorida o’tirish bilan tugallanadi.
Tashahhuddan keyin ushbu salovotni aytish esa, sunnatdir.--Tarjimon.)
«Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala ali Muhammad, kama sollayta ‘ala Ibrohiyma
va ‘ala ali Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd. Allohumma barik ‘ala Muhammadin va
‘ala ali Muhammad, kama barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka hamiydum
majiyd». (Ma’nosi: Allohim, Ibrohim alayhissalomni va u zotning oilalarini yaxshilik va
rahmatda qilganing kabi, Muhammad alayhissalomni va u zotning oilalarini ham
yaxshilik va rahmatda qil. Albatta, Sen maqtovli ulug’ zotsan. Allohim, Ibrohim
alayhissalomni va u zotning oilalarini barakotli qilganingdek, Muhammad alayhissalomni
va u zotning oilalarini ham barakotli qil. Albatta, Sen maqtovli ulug’ zotsan.)
Tashahhuddan keyin mana bu salovotni o’qish afzaldir:
«Allohumma solli ‘ala Muhammadin ‘abdika va rosulikan nabiyyil ummiyyi va ‘ala ali
Muhammadin va azvajihi va zurriyyatihi kama sollayta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali
Ibrohiyma va borik ‘ala Muhammadin nabiyyil ummiyyi va ‘ala ali Muhammadin va
azvajihi va zurriyyatihi kama barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiyma fil ‘alamiyna
innaka hamiydum majiyd». (Ma’nosi: Allohim quling, rasuling, omi nabiyying
Muhammad alayhissalomni, ayollari va zurriyotlarini rahmat va yaxshilikda qil, xuddi
Ibrohim alayhissalomni va oilalarini rahmat va yaxshilikda qilganingdek. Omi nabiy
Muhammad alayhissalomni, u zotning ayollari va zurriyotlarini barakotli qil, xuddi