322
Prezident Gonsalos Vidalaning xoinligini fosh etgan va politsiya
ta’qibi ostida bo‘lgan Pablo Nerudaning oddiy odamlarga bag‘ishlab
yozgan “Bashariyat qo‘shig‘i” (1950) epopeyasida Amerikaning eng
qadimgi davridan tortib to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixi aks etgan.
Epopeya 15 bobdan iborat bo‘lib, uning birinchi bobi (“yer nuri”)
da Amerikaning tabiati – o‘simliklar dunyosi, hayvonlari, qushlari,
yer osti va yer usti boyliklari hamda bu yerda istiqomat qiluvchi
qabilalar haqida hikoya qilinadi. “Istilochilar”
deb atalgan uchinchi
bobda Markaziy va Janubiy Amerikani zabt etib, xalqlarini qirib
tashlagan va qul qilgan ispan fotihlari haqida gapiriladi. Epopeyan
-
ing to‘rtinchi bobi – “Xaloskorlar”da chet el bosqinchilari zulmiga
qarshi otlangan mahalliy xalqlarning ozodlik urushi tasvirlangan.
Bunday kurashga Kuautemon (Meksika), Lautro (Chili), Tupok
Amaru (Peru) boshchilik qildilar.
Epopeyaning “Qochoq”(X), “Punitaka gullari” (XI), “Qo‘shiq
mavjlari” (XII), “Qayg‘uli vatanga yangi yil madhiyasi” (XIII),
“Buyuk ummon” (XIV) kabi so‘nggi boblarda shoirning turli mam
-
lakatlardagi darbadar kezishlari, oddiy
kishilar haqidagi taassurot-
lari aks etgan.
“Bashariyat qo‘shig‘i” epopeyasi “O‘zim haqimda”gi (XV) bob
bilan tugaydi. Bu qismdagi she’rlarda (“Uy”, “Yo‘ldagi do‘stlar”,
“Sayohatchi”, “Uzoq yerlarda”, “Urush”, “Sevgi”, “Meksika”, “Qa-
ytish”, “Hayot”, “Men kelajakman”) shoirning hayot mashaqqatlari
haqidagi qarashlar ifodalanadi.
Neruda hayotining so‘nggi 13 yili ijodiy kamolot yillari bo‘ldi,
deyish mumkin. Ushbu davr mobaynida shoir tomonidan yigirmaga
yaqin she’riy to‘plam yaratildi. 1967-yili XIX asr o‘rtalarida Ka
-
liforniyada “oltin vasvasasi”
davrida adolat uchun kurashgan, asli
chililik bo‘lgan adolatparvar qaroqchi haqida “Xoakin Muretan
-
ing yulduzi va o‘limi” deb ataluvchi she’riy dramasi paydo bo‘ldi.
Shoirning “Chili qushlar” (1966), “Osmon toshlari” (1970), “Qishki
bog‘” (1973), “Dengiz va qo‘ng‘iroq” (1973), “Sariq yurak” singari
she’riy to‘plamlarida erkin she’r imkoniyatlaridan keng foydalanil
-
gan.