317
individual uslubiga xos ravishda qayta ishlangan, sayqallangan er-
tak, afsona unsurlari keng o‘rin egallay boshladi.
Bu yerda Lotin
Amerikasi adabiyotiga katta ta’sir o‘tkazgan ikki muhim manba
– qachonlardir Afrikadan qul qilib olib kelingan qora tanlilarning
adabiy merosi(kubalik N.Gilen, braziliyalik Jorji Amadu,
puerto-
rikalik Manuel del Kabaral ijodida yorqin namoyon bo‘lgan) hamda
hindularning qadim milliy an’analari (X.E.Riveraning “Girdob” ro
-
manida, O.Kirogi, A.Varela asarlarida) haqida bilish lozim bo‘ladi.
Argentina, Chili, Braziliya singari mamlakatlarda yirik shaha
-
rlarning paydo bo‘lishi, sanoatning rivojlanishi natijasida ushbu
mamlakatlar adabiyotida urbanistik elementlar muhim rol o‘ynay
boshladi. Lotin Amerikasidagi sinfiy, milliy-ozodlik kurashi ushbu
qit’a adabiyotini 2
0–40 yillardan boshlab ijtimoiy xarakter kasb
etishini belgilab berdi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda
janubiy amerikaliklarda
bashariyat taqdiri, dunyo madaniyati uchun mas’ullik hissi yanada
yuqori darajaga ko‘tarildi. Ushbu vaziyat san’at va madaniyatda
ham o‘z aksini topdi. 50–90-yillar Lotin Amerikasi nasri Asturias,
Kartenter, Rulfo, Fuentes, Argades, Varges Losa, Garsiya Markes,
Kortasar, Paolo Koelo nomlari bilan uzviy bog‘liqdir. Ko‘p yillar
davomida hukm surgan naturalistik nasrga xos unsurlar – mahalliy
muammolardan chetga chiqmaslik, etnografizm, faktografiya, bay
-
onchilik va publitsistikaga moyillikdan voz k
echish birdaniga ro‘y
bermadi, albatta. Asta-sekin Lotin Amerikasi adiblarining ijodiy yu
-
tuqlari haqida Ovrupa, AQSh adabiyotshunoslari o‘z fikrlarini bildi
-
ra boshladilar. 1967-yili adabiyot sohasidagi ulkan yutuqlari uchun
Migel Anxel Asturias(1899–1974)
Gvatemala adabiyotini dunyo
miqyosiga olib chiqdi. Uning Lotin Amerikasi nasrida yangi davrni
boshlab bergan “Janob Prezident” romani ko‘p yillar ilgari yozila
boshlangan bo‘lsa-da, faqat 1946-yili nashr etildi. Hech qanday ism
-
siz janob Prezident nafaqat Gvatemalaning sobiq diktatori, balki Lo
-
tin Amerikasi diktatorlarining ramziy obrazi sanaladi.
Yana bir taniqli adib Alexo Karpanter (1904–1980) romanlari
-
dagi voqealar turli tarixiy davrlarda nafaqat Lotin Amerikasi, balki
318
Ovrupada ham bo‘lib o‘tadi. Kubalik adibning “Yo‘qotilgan izlar”,
“Ma’rifatparvarlik asri”, “Barokko konserti” singari asarlarida faqat
Karpanterga xos o‘zgacha uslub yorqin namoyon bo‘ladi (epitet, an
-
iqlovchi, mufassal tasvirlarga boy bo‘lgan murakkab gap qurilma
-
laridan keng foydalanish). Asturias va Karpanter XX asr ikkinchi
yarmi Lotin Amerikasi adabiyotidagi o‘ziga xos oqim – “maftunkor
realizm”ning darg‘alaridan hisoblanadi. “Maftunkor realizm” uc-
hun boy mifologik meros, o‘ziga xos tabiiyligini
saqlab qolgan ta-
biat manzaralari tasvir ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda har
ikki adib ham hayotining ma’lum bir qismini Ovrupada o‘tkazgani,
u yerdagi turli adabiy yo‘nalishlar, xususan syurrealizm ta’siridan
bebahra qolmaganini ham ta’kidlash lozim bo‘ladi.
Braziliyalik adib Paolo Koelo (1944-yilda tug‘ilgan)ning
1990-yilda nashr etilgan “Alkimyogar” romani hozirgacha dunyon
-
ing 120 ga yaqin mamlakatida chop etildi. Romanda insonning umri
mobaynida amalga oshiradigan ishlari nimalardan iborat, o‘z taqdiri
yo‘lidan borib, ko‘nglidagi orzu-umidlarni amalga oshirish uchun
nima zarur degan falsafiy, mohiyatan esa, oddiy insoniy masalalar
haqida fikr yuritiladi. Bosh qahramoni 16–17 yoshlardagi cho‘pon
yigit bo‘lgan ushbu asarda realizm, sarguzasht, mistika, detektiv va
didaktika an’analari uyg‘unlashib ketgan.
Lotin Amerikasi adabiyotida oltmishinchi yillarda sodir bo‘lgan
kuchli “portlash”(uning tub mohiyati tanqidchilar tomonidan turli
-
cha baholanmoqda) ning aks-sadosi dunyodagi deyarli barcha adabi
-
yotlarda o‘z aksini topdi.
Umuman, XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib Lotin Amerikasi
adabiyoti betakrorligi va o‘ziga xosligi
bilan jahon adabiy jarayo-
nining muhim bir bo‘lagiga aylandi.
Argentinalik buyuk yozuvchi
Dostları ilə paylaş: