– 62 –
– 63 –
«peshdasturxon», «oqsoqol tovoq», «yigit og‘a tovoq»,
«ot yasatti», «ulush», «bola berkitdi», «qo‘l bog‘ladi»,
«bog‘landi puli», «chukron», «chukron oshi», «chukron
noni», «keskilik», «kulola», «kalish berkitdi», «sovrin haqi»,
«to‘ylik», «o‘pka urushtirdi», «xo‘roz so‘ydi», «kurash»,
«bola ko‘rdi», «shavla yedi», «ketar shavla», «mehmon
oshi», «usta yo‘qladi», «hormasin»
singari udum, marosim,
rasm-rusum va odatlar mavjud.
Sunnat to‘yida maxsus jarchi tomonidan qishloq-mahalla
ahlini to‘yga chorlash udumi «jar» deb atalgan. Chortoq
tumanidagi Hadikent qishlog‘ida yashagan Qo‘yvoshboy
polvon degan kishining o‘g‘liga qilgan sunnat to‘yiga jarchi
shunday deb chaqirgan:
Qo‘yvoshboyning oshi bor,
Oltmish qo‘yning boshi bor,
Bola-chaqang ola bor,
Qil jo‘rjinni sola bor.
Boysun tumanining To‘da qishlog‘ida uzoq yillar
mobaynida jarchilik qilgan Boynazar Mustafoqulovdan yozib
olingan ma’lumotga ko‘ra, xatna to‘yidan avval to‘y egalari
jarchini mehmonga chaqirib, kichikroq ziyofat berib, sarpo
(odatda, chopon) kiygiziladi. To‘ydan bir kun burun jarchi
otga minib yurib, qishloqni aylanib chiqadi va quyidagi jar
aytimini ijro etib, odamlarni to‘yga chaqiradi:
Odamlar-o, odamlar,
Bog‘da bitgan bodomlar,
Chupron to‘yi chachalab,
To‘y qilarlar kechalab,
To‘ydan keltirdim xabar,
Kelinglar xesh-u tabar!
– 63 –
Yer o‘choqlar o‘yildi,
Chorqirra qo‘ylar so‘yildi,
Ko‘pkarining solimiga,
Qo‘shalab qo‘chqor qo‘yildi,
Kimning bo‘lsa tulpori,
Qolmasin, kelsin bari!
Odamlar-u, odamlar,
Eshitmadim demanglar.
Qani, naqshni olib chiqinglar,
«Naqsh» bazmini boshlaymiz, e-he-hey!
– deb hammani bazmga chorlagan ovozi boshlab bergan.
Dostları ilə paylaş: |