2.5-jadval
Rahbar faoliyatida kvalimetriyaning roli
№
Kvalimetriya
Rahbar faoliyatidagi roli
1
Tabiiy kо‘rsatkichlar о‘z navbatida:
о‘rganilayotgan obyektning fizikaviy,
kimyoviy va biologik miqdor
kо‘rsatkichlariga ajratiladi.
Xodimlarining tabiiy
holatini tahlil qiladi.
Boshqaruvdagi tabiiy
jarayolarni tahlil qilishda
muhim
2
Ijtimoiy kо‘rsatkichlar jamiyat
taraqqiyotining muayyan bosqichidagi
voqea-hodisalar, ishlab chiqarish va
iste’mol mahsulotlari, pedagogik
jarayonlar, shaxsning ijtimoiy va
mustaqil hayotdagi mavqeyi va о‘rni,
savodxonligi, tarbiyalanganlik darajasi,
shaxs kamolotiga qо‘llaniladi
Xodimlarining ijtimoiy
kelib chiqishi, uning
oilaviy munosabatlari
hamda moddiy hayotini
tahlil qiladi.
Boshqaruvdagi
shaxslararo
munosabatlarni
tartiblashga muhim
3
nazariy kvalimetriyada aniq obyekt
loyihalanadi (abstraksiyalanadi) va
uning sifat kо‘rsatkichlarining umumiy
qonuniyatlari va matematik modellari
о‘rganiladi. Nazariy kvalimetriyaning
tadqiqot obyekti jism, ishlab chiqarish
mahsulotlari, obyekt va subyektlarning
sifatini miqdoriy baholashning falsafiy
va metodologik asoslarini ishlab chiqish
sanaladi.
Har bir xodimi bо‘yicha
ma’lumotlar о‘rganiladi.
Boshqaruv faoliyatining
har bir qismining
funksiyalariga e’tibor
qaratiladi
4
Maxsus kvalimetriya turli xildagi va
har xil maqsadda foydalaniladigan aniq
obyektning sifatini baholashning aniq
metodikasi va matematik modelini ishlab
chiqadi.
har bir xodimining
maxsus tomonlari
baholanadi.
5
Amaliy kvalimetriya-texnika, ishlab
chiqarish, inson mehnati faoliyati,
turli loyiha va jarayonlarning sifatini
baholashni ishlab chiqadigan soha
sanaladi.
Boshqaruv faoliyatidagi
xodimlarining mehnat
faoliyati baholanadi.
47
О‘zbekiston Respublikasi «Maktabgacha ta’lim va tarbiya
tо‘g‘risida»gi qonunining 51-moddasida davlat maktabgacha
ta’lim tashkilotining rahbari berilgan. Direktor davlat maktabgacha
ta’lim tashkilotining rahbaridir. Direktor davlat maktabgacha ta’lim
tashkilotining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi. Davlat
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining huquq va majburiyatlari
normativ-huquqiy hujjatlar, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining
ustavi, shuningdek mehnat shartnomasi bilan belgilanadi [3].
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilishiga qadar mudira
tushuncha amaliyotda qо‘llanilgan. Mudira – maktabgacha ta’lim
muassasasining rahbari bо‘lib quyidagi vazifalarni bajarilgan:
1. Mudiraning tashkiliy, ma’muriy, pedagoglik faoliyati va unga
quyilgan talablar.
2. Mudira ishining mazmuni:
a) ma’muriy-xо‘jalik ishlarini boshqarish;
b) tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarlik;
v) ta’lim-tarbiya va metodik ishlarga rahbarlik;
g) ota-onalar bilan ishlash uslublari;
d) dastur talablarining bajarilishini nazorat qilish;
e) mudiraning maktabgacha ta’limi bо‘linmalari, ota-
onalar, jamoatchilik oldidagi mas’uliyati;
j) mudira ishini rejalashtirish;
z) mudiraning xuquq va vazifalari.
3. Maktabgacha ta’lim muassasasi uslubchisi, uning yutuqlari,
vazifalari va unga quyilgan talablar.
4. Uslubchining metodik ishlarga rahbarligi (2.6-jadvalga
qarang) [21; 65-b.]:
|