52
shinasi 32 –razryadli, 40 MGts gacha bo‘lgan protsessorning tezligiga teng.
Shunday qilib, tizimda optimal sozlangan VL-Bus shinasidan foydalanish orqali
katta tezlikka erishish mumkin.
1992 yilning iyulida Intel o‘zining ishlanmalarida
tashqi qurilmalarni
protsessorga maksimal yaqinlashtiruvchi PCI shinasini qo‘llay boshladi.
Ikkinchi talqinda mukammal tizimli shina ko‘rinishiga ega bo‘ldi. PCI-2
shinasida lokal shinasining tezligi va asosiy protsessordan ma’lum bir
mustaqillik mujassamlangan. PCI shinasi uchun mo‘ljallangan videoadapterlar,
platalar singari VL-Bus ga yo‘naltirilgan, va videotizimning unumdorligini
orttirishi mumkin; ular Plug and Play texnologiyasi bo‘yicha loyixalangan va
sozlashni umuman talab qilmaydi.
Shinani ishlab chiqish sohasidagi eng zamonaviy tizimli yangilik –bu, tezligi
yo‘qori grafik port (AGP). Bu Intel firmasi
tomonidan ishlab chiqarilgan,
maxsus ajratilgan videoshina. Shina PCI shinasiga qaranda 4 marta katta bo‘lgan
maksimal o‘tkazish qobiliyatiga ega. Umuman olganda, AGP shinasi PCI ning
kengaytmasi desa bo‘ladi va faqat videoadapterlar
bilan ishlash uchun
mo‘ljallangan. Bu shina ular uchun kompyuterning operativ xotirasiga yo‘qori
tezlikdagi kirisgni taminlaydi. Bu esa adapterga uch o‘lchovli tasvirlarning
ba’zi elementlarini, qayta ishlash uchun adapterning xotirasiga nushalamasdan,
bevosita tizimli xotirada qayta ishlashga imkon beradi. Bunda vaqt tejaladi va
uch o‘lchovli tasvirlarni qayta ishlash funksiyalarini qo‘llashni yahshilash uchun
videoadapter xotirasining hajmini kattalashtirish talab qilinmaydi.
AGP shinasi
Pentium II uchun maxsus ishlangan bo‘lsa ham, u protsessordanmustaqildir.
Dostları ilə paylaş: