Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari



Yüklə 10 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/311
tarix11.11.2023
ölçüsü10 Mb.
#132369
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   311
Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari

AGP shinasining tezligi 
Hozirgi vaqtda uch turdagi AGP shinasi mavjud, ular: 1x, 2x i 4x. AGP ning 
1х original talqini 66 MGts chastotasida ishlaydi va, taxminan, 32 razryadli PCI 
videoadapterning ikkilangan tezligiga teng bo‘lgan 266 Mbayt/s ma’lumotlarni 
uzatishning maksimal tezligini ta’minlaydi. AGP ning keyingi 2x rusumi 
133MGts chastotada ishlaydi va 533 Mbayt/s ma’lumotlarni uzatish tezligini 
ta’minlaydi. AGPning 
eng so‘nggi talqini 4x rejimni qo‘llaydi va 1Gbayt /s ma’lumotlarni uzatish 
tezligini ta’minlaydi. 
3D akselerator 
Uch o‘lchovli ob’ektlarning tasviri katta miqdordagi elementdan tashkil 


53 
topgan bo‘lishi mumkin. Uch o‘lchovli grafikani yaratish dasturlarida xotirada 
tasvirning o‘zini emas, shu tasvirni tashkil qiluvchi abstrakt grafik 
elementlarning 
to‘plamini 
saqlash 
texnologiyasi 
foydalaniladi.Yaqin 
vaqtlargacha bu abstrakt elementlarning 
,,tirik’’obrazlarga o‘zgartirish, uch o‘lchovli grafikani yaratish dasturlaridan 
tashqari maxsus ilovalarni talab qilar edi. Ular protsessorni yuklab qo‘yar va 
buning natijasida barcha boshqa ilovalarning ishini sekinlatib qo‘yar edi. 
Zamonaviy 
videoadapterlarning 
ko‘pchiligiga 
o‘rnatilgan 
grafik 
tezlashtirgichlarning yangi avlodi bu masalaning yechimi bo‘ldi.Ular uch 
o‘lchovli ob’ektlarning tasvirini rasshifrovka qilish va ekranga chiqarish kabi 
vazifalarni o‘zlari bajarganligi sababli protsessor yuklamasi kamayadi va 
tizimning unumdorligi ortadi. Uch o‘lchovli grafikani yaratish dasturlarining 
bosh funksiyasi grafik abstrakt ob’ekt’larni kompyuter ekranidagi tasvirga 
aylantirishdir. Odatda abstrakt ob’ektlar quyidagi uch tarkibiy qismdan 
iboratbo‘ladi 
Uchlar 
.Uch o‘lchovli fazoda ob’ektning o‘rnini belgilaydi. Ularning o‘rni
X, Y va Z koordinatalari orqaliberiladi. 
Primitivlar
. Bular soda geometrik ob’ektlar bo‘lib, ular yordamida 
murakkabroq bo‘lgan o‘b’ektlar quriladi. Ular joylashish o‘rnini aniqlovchi 
nuqtalar orqasli beriladi. Uch o‘lchovli ob’ektlarlarning tasvirini yaratish uchun 
primitivlarni tuzishda perspektiva effekti e’tiborgaolinadi. 
Tekstura
. Primitivlarga qo‘uiyladigan ikki o‘lchovli tasvir yoki sirtlardir, 
dasturiy ta’minot primitivning joylashish o‘rniga qarab tekstura ko‘rinishini 
o‘zgartirish natijasida uch o‘lchovlilik effektini kuchaytiradi; bu jarayon 
perspektiv korrektsiya deb ataladi. Ba’zi ilovalarda MIP akslantirish deb 
ataluvchi protsedura qo‘llanadi; bu holda aynan bir teksturaning turli 
talqinlaridan foydalaniladi. Uzaqlashayotgan ob’ektlarning tasvirini yaratishda 
tekstura ranggining to‘yinganlik va ravshanligikamayadi. 
Bu abstract matematik tavsiflar vizuallashtirilgan, ya’ni ko‘rinadigan
shaklga o‘zgartirilgan bo‘lishi lozim. Vizuallashtirish protsedurasi, alohida
abstraktsiyalardan ekranga chiqariladigan butun bir tasvirni tuzish uchun 
mo‘ljallangan qat’iy standartlashgan funksiyalarga asoslanadi. Quyida ikki 
abstrakt funksiyakeltirilgan. 

Yüklə 10 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   311




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin