275
BSS
ning vazifalariga mobil aloqa operatorining
biznes-jarayon-
larini qo‘llab-quvvatlovchi vositalari, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan-
dek — “billing” (abonentlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga
oshirish, hisob varaqalarini yaratish, to‘lovlarga
ishlov berish, ta-
rifikatsiya), CRM (abonentlar haqidagi ma’lumotlarni boshqarish,
ular bilan o‘zaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xizmatlarni so-
tish, marketing tahlillarini o‘tkazish) hamda ERP-tizimlari (moli-
yaviy menejment jarayonlarini ta’minlash, buxgalteriya hisobi, per-
sonalni, loyihani va asosiy jamg‘armalarni boshqarish) kiradi.
Shunday qilib, “billing” mobil aloqa tarmog‘ining boshqa-
ruv tizimida umumiy OSS/BSSlarining muhim
tashkil etuvchi-
si hisoblanadi va telekommunikatsiya xizmatlaridan foydala-
nish to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, ularni tarifikatsiyalash,
abonentlar hisoblarini yaratish, to‘lovlarga
ishlov berish va shu
kabi qator vazifalarga mas’ul qarorlar qabul qiladi va kompleks
jarayonlarni amalga oshiradi. Amalda “billing” jarayonlarini
qo‘llab-quvvatlash uchun “billing tizimi” deb nomlanuvchi max-
sus amaliy dasturiy ta’minot qo‘llaniladi. Ta’kidlash joizki, “bil-
ling tizimlarini” yaratish yuqori daromad
keltiradigan biznes deb
hisoblanadi.
Odatda “billing” xizmati uch asosiy bloklarga bo‘linadi: hi-
sob-kitob operatsiyalari, axborot xizmatlarini ko‘rsatish va iqti-
sodiy xizmatlar ko‘rsatish.
Kengroq miqyosda, “billing” xizmati
daromadlarni boshqarish
xizmati
(ingl. Billing and revenue management)
bilan birgalikda
ko‘rilganda qo‘shimcha quyidagi vazifalargaham mas’ul: daromad
olishni kafolatlash
(ingl. Revenue assurance)
,
abonent foydaliligini
boshqarish
(ingl. Profitablity management)
hamda tarmoqda qal-
loblikni nazorat qilish
(ingl. Fraud management).
Dostları ilə paylaş: