233
Javob
kechikishi vaqti
10ms dan ko‘p emas
Tarmoq sig‘imi
Bir sotada abonentlar soni 200
tadan kam bo‘lmasligi kerak
(5MGs polosa uchun)
Radioqamrov zonasi (sotaning
o‘lchami)
5–100 km gacha, (ammo 30
km dan ortiq masofada og‘ish-
lar
boshlanishini hisobga olgan
holda)
Chastota kanali kengligi (ka-
nalning o‘tkazish polosasi)
1,4MGs; 3MGs; 5MGs;
10MGs; 15MGs va 20MGs
Jadvalda ko‘rsatilgan talablardan tashqari, LTE standarti oldi-
ga tizimning umumiy qiymatini va iste’mol
quvvatini kamaytirish
hamda tizimning aks moslashuvchanligini va UMTS tizimlaridan
samarali o‘tishni ta’minlash kabi talablar qo‘yilgan. Bunda LTE
texnologiyasi 3GPP
tarmoqlari bilan, “6-reliz”dan boshlab, (HS-
DPA, HSUPA, HSPA+ larni o‘z ichiga oladi) moslashuvchanlik-
ni to‘liq ta’minlashi kerak. “Broadcast” va “multicast” xizmatlari
(barcha yoki ko‘p sonli abonentlarga keng qamrovlik uzatish)ni
takomillashgan
turlarini, IP-protokollarining turli versiyalari (IPv4
va IPv6)ni, uzluksiz xizmat sifati – QoS ning takomillashgan usul-
larini qo‘llash, shuningdek, tarmoq arxitekturasida
variantlar soni
hamda rezervlash funksiyalarining qisqartirilishi kabi imkoniyatlar
ham LTE standartiga qo‘yiladigan talablar sirasiga kiradi.
LTE tizimlarining spektral samaradorligi “pastga” yo‘nalishda
HSDPA texnologiyasiga nisbatan 3–4 marta yuqori bo‘ladi, “yu-
qoriga” yo‘nalishda esa, HSUPA texnologiyasiga nisbatan 2–3 marta
yuqori bo‘ladi. LTEda “xendover” jarayoni ikkinchi avlod darajasida
kanal kommutatsiyasi asosida ishlaydigan
tarmoqlardagiga nisbatan
vaqt jihatidan ancha qisqa bo‘ladi. Bundan tashqari, LTE hamda
2G/3G tarmoqlari orasidagi “xendover” uzluksiz amalga oshadi.
234
LTE tarmoqlaridagi axborot xavfsizligi darajasi (autentifikatsiya,
identifikatsiya, ma’lumotlarni shifrlash) hozirda mavjud bo‘lgan
paketli va kanalli kommutatsiyaga asoslangan 3GPP
tarmoqlarni-
kidan past bo‘lmasligi kerak. Autentifikatsiya jarayoni tarmoqqa
ulanish texnologiyasi va turiga bog‘liq bo‘lmasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: