228
•
chastota (FDD) va vaqt (TDD)
asosida dupleks rejimlarini
qo‘llab-quvvatlash;
•
qo‘shni tayanch stansiyalarga abonentga xizmat ko‘rsatishni
oshirishning yangi imkoniyatlari va mavjud mobil tarmoqlar bilan
o‘zaro “rouming”ni amalga oshirish.
14.2-rasm.
LTE tarmoqlarida mavjud bo‘lgan keng polosali
xizmatlar va yangi ilovalar.
3GPP loyihasi ishtirokchilari va jalb etilgan boshqa ishlab chiqa-
ruvchilar tomonidan o‘tkazilgan ko‘p yillik ilmiy-tadqiqot va taj-
riba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) natijasida LTE texnologiyasi
3GPP
talablariga javob beradigan, ayrim parametrlar bo‘yicha esa
ulardan oshadigan universal tizimga aylandi.
LTE standartida turli xil multiplekslash texnologiyalari hamda
modulyatsiya usullari qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan, xususan:
•
“pastga” yo‘nalishda uzatish uchun — ortogonal chastotali
multiplekslash texnologiyasi — OFDM hamda QPSK, 16-QAM
va 64-QAM modulyatsiya usullari;
•
“yuqoriga” yo‘nalishda uzatish uchun —
bir eltuvchi chastotali
multiplekslash texnologiyasi – SC-FDMA hamda BPSK, QPSK,
8-PSK, 16-QAM — modulyatsiya usullaridan foydalanilgan.
229
E-UTRA texnologiyasi radiointerfeysi juda moslashuvchan
bo‘lib, 1,4MGs dan 20MGs gacha (UTRAning 5MGs li o‘zgar-
mas kanallardan farqli ravishda) bo‘lgan turli xil ishchi kanal
kengliklaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, E-UTRA
texnologiyasining spektral samaradorligini UTRAga nisbatan
to‘rt marotabaga oshirishga erishildi.
Tarmoq arxitekturasi
va signalizatsiya usullarini takomillashtirish natijasida “past-
ga” hamda “yuqoriga” yo‘nalishlarda javob ushlanishi vaqti-
ni kamaytirishga erishildi. “Ko‘p sonli qabul qilish/ko‘p sonli
uzatish” — MIMO antenna texnologiyasini qo‘llash natijasida
LTE tizimida W-CDMA texnologiyasi asosidagi 3GPP tizim-
lariga nisbatan bir sotaga to‘g‘ri keladigan abonentlar sonini 10
barobarga oshirildi.
SAE tizim arxitekturasi rivojlanish dasturining bir qismi sifa-
tida LTE standartida IP-protokoli asosida qurilgan tarmoqning
“yassi arxitekturasi” taklif etildi. LTE/SAE
arxitekturasining
vazifasi har qanday IP-xizmatlarini tijoriy foydalanish nuqtayi
nazaridan samarali qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Ushbu arxitek-
tura mavjud bo‘lgan GSM/W-CDMA tizimlarining tayanch tar-
moqlari asosida qurilgan va rivojlangan, uni qurishdan maqsad
tarmoq ekspluatatsiyasini yanada soddalashtirish hamda keyingi
avlod tarmoqlarini bosqichma-bosqich va samarali yaratishdir.
LTE/SAE arxitekturasi tarmoqni qurish
va ekspluatatsiya qilish-
da sarflanadigan ekspluatatsion va kapital xarajatlarni sezilarli
ravishda kamaytiradi. Yangi “yassi arxitektura” modeli trafikni
oshib ketish hollarida faqatgina ikki tipdagi tarmoq tugunlarining
(tayanch stansiyalar va shlyuzlarni) o‘tkazuvchanligini oshirishni
talab qiladi. Bundan tashqari, tarmoqni
konfiguratsiya qilish-
da avtomatizatsiya darajasi borgan sari oshib borayotgani ham
kuzatilmoqda. Natijada, operatorlar ishlatayotgan tarmoqlari,
chastota spektrlari va o‘ziga xos tijorat xususiyatlarini hisobga
olgan holda keng polosali va multimediya xizmatlari taqdim
etuv chi LTE texnologiyasini juda moslashuvchan
ravishda tatbiq
etishlari mumkin.
230
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, 3GPP va 3GPP-2 loyihalari
ishtirokchilari CDMA-2000 va LTE tizimlarining o‘zaro ishlashi-
ni tashkil qilish yuzasida kelishilgan. Shunday qilib, CDMA-2000
operatorlari tarmoqlarini kelajakda LTE standarti asosidagi tar-
moqlarga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Dostları ilə paylaş: