Raqamli mobil aloqa


-bob. MOBILLIKNI BOSHQARISH



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   289
Raqamli mobil aloqa

15-bob. MOBILLIKNI BOSHQARISH
MODULI – MME
15.1. Mobillikni boshqarish moduli – MME.
 Yo‘ldoshli aloqa tizimlarida ko‘p stansiyali foydalanish
MME moduli E-UTRAN tarmog‘ida asosiy boshqaruv tu-
guni hisoblanadi. U kutish rejimida turgan AUni kuzatish, uni 
joylashuvini aniqlash va AUni faol rejimga o‘tkazuvchi qisqa 
xabarlarni yuborish, shuningdek, trafikni qayta jo‘natish jara-
yoniga javobgar hisoblanadi. Shu bilan birga, MME moduli 
bir tomonlama yo‘naltirilgan kanalni aktivatsiya/deaktivatsiya 
jarayoni va AU uchun birinchi S-GW shlyuzini tanlash uchun 
ham javobgardir. LTE tarmog‘i ichidagi “xendover”da esa, 
ushbu modul tayanch tarmoq tugunlari orasidagi trafikni qay-
ta manzillash (ya’ni boshqa manzilga yo‘naltirish) jarayonida 
ishtirok etadi.
MME moduli NSS serveri bilan AUni o‘zaro ulanishida AUni 
autentifikatsiyasini amalga oshiradi. NAS 
(ingl. Non Access Stra-
tum)
— ulanishga bog‘liq bo‘lmagan sath signallari MME modu-
lida tugashi tufayli unda AUlarga vaqtinchalik idantifikator — ID 
hosil qilinadi va belgilanadi. Shunday qilib, MME moduli AU 
avtorizatsiyasini tekshirish, provayder tarmog‘ida mavjud umumiy 
foydalanishdagi mobil xizmatlarga va “rouming”ga ulanishni 
cheklashga javob beradi.
Shuningdek, MME moduli tarmoqdagi sathlar chegarasi 
(ingl. termination point)
hisoblanadi va NAS sathidagi signal-
lar butunligini himoya qilish va shifrlashni ta’minlab beradi 
va himoya kalitlari bilan boshqaruvni amalga oshiradi. Sig-
nallarni qonuniy ushlab olish (Tezkor qidiruv tadbirlar tizimi 
(rus. COPMga taalluqli) 
ham ushbu modulda amalga oshiriladi. 
MME moduli SGSN (GPRS tarmog‘idagi qo‘llab-quvvatlov-
chi tugun) orqali LTE va 2G/3G tarmoqlari orasida boshqaruv 
sathidagi mobillik funksiyalariga ham javob beradi. Va nihoyat, 
MME HSS serveri bilan o‘zaro hamkorlikda AU “rouming”ini 
qo‘llab-quvvatlaydi.


238
Tarmoq qurilmasini soddalashtirish, mustaqil texnologiyaga 
o‘tish va tarmoq o‘tkazuvchanlik qobiliyatini o‘zgartirishni o‘ta 
qulay qilish maqsadida MME moduli funksional jihatda shlyuz-
lardan ajratilgan.
Ba’zan, ayrim manbalarda MME moduli ikki mantiqiy ele-
mentlarga ajratiladi: bevosita MME moduli hamda abonent-
ni boshqarish moduli — UPE
 (ingl. User Plane Entity)
(MME/
UPE). O‘z navbatda UPE abonent darajasidagi funksiyalar: IP 
protokol sarlavhalarini siqish, mobillikni ta’minlagan holda pa-
ketlarni marshrutlash hamda qayta jo‘natish, AUning joriy sta-
tusini saqlab qolish, “pastga” yo‘nalishdagi ulanishlarni amalga 
oshirish va ma’lumotlarni shifrlash; bevosita MME moduli bosh-
qaruv sathidagi funksiyalari: eNB tugunlariga chaqiruv xabarlarini 
jo‘natish 
(ingl. paging)
, AU larga ID belgilash, tarmoq xavfsiz-
ligini ta’minlash, abonentlar xabarlari haqiqiyligini tekshirish va 
“rouming”ni boshqarish kabilardir. 
Ko‘p stansiyali foydalanish – bu yerdagi ko‘p sonli stansi-
yalarning yo‘ldoshli retanslyator orqali bir vaqtning o‘zida baravar 
ishlashidir. U shunday aloqa tarmog‘ini tuzishning imkonini be-
radiki, bunda ham magistral aloqa tarmog‘ini ham tuzishni tashkil 
qilish mumkin. Magistral tarmoqda markaz bilan ham bitta va 
ko‘p kanalli aloqa tizimni o‘rnatish mumkin. Umumiy holatda bu 
masalaning yechimi TLF aloqa tarmoqlari masalalari yechimiga 
o‘xshash, ya’ni abonent tarmoqqa erkin va mustaqil kirish imko-
niga ega bo‘lib, nomer terish yordamida bog‘lanishni boshqaradi.
Yerdagi tarmoqlar kabi, YAT foydalanish usulining har xil tur-
larini qo‘llaydilar va ularni uchta guruhga bo‘lish mumkin. Bi-
rinchi ikkitasi ko‘p stansiyali kirishning klassik usullari bo‘lib, 
kanallarni chastotali (FDMA) va vaqtincha (TDMA) bo‘lishdir. 
Uchinchi guruhga esa kanallarni kodli bo‘lish (SDMA) texnologi-
yasiga asos langan usullar kiradi.
Ko‘p stansiyali foydalanish tizimlariga qo‘yiladigan asosiy ta-
lablar: 
1. Retranslyator quvvatidan samarali foydalanish.
2. Retranslyator chastota polosalaridan maksimal imkoniyatda 
foydalanish.


239
3. O‘tuvchi holatlarning yo‘l qo‘yilgan darajasi.
4. Kanallarni qaytadan tarqatish va iqtisodiy omillarini hi-
sobga olgan holda tarmoqni boshqarishga moslashganligi. Mos-
lashuvchanlikni ta’minlash uchun mustahkamlanmagan kanallar 
bilan ishlashni ta’minlash maqsadga muvofiqdir. Bunday kanallar 
abonentlarning talablari bo‘yicha yerdagi stansiyalarning xohlagan 
juftlikga bog‘lash uchun vaqtincha tashkil qilinadi. Tabiiyki bu 
qurilmaning murakkablashishiga olib keladi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin